Soliq qarzini to‗lashni kechiktirish va (yoki) bo‗lib-bo‗lib to‗lashning amal qilishini tugatish. Soliq qarzini to‗lashni kechiktirish va (yoki) bo‗lib-bo‗lib
to‗lashning amal qilishi u (ular) berilgan muddat o‗tganidan keyin tugaydi.
Soliq qarzini to‗lashni kechiktirish va (yoki) bo‗lib-bo‗lib to‗lashning amal
qilishi soliq to‗lovchi kechiktirilgan va (yoki) bo‗lib-bo‗lib to‗lanadigan soliq
qarzining jami summasini kechiktirish va (yoki) bo‗lib-bo‗lib to‗lash muddati
o‗tguniga qadar to‗lagan yoki soliq to‗lovchi kechiktirish va (yoki) bo‗lib-bo‗lib
to‗lash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.