Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi



Download 0,78 Mb.
bet10/126
Sana16.01.2023
Hajmi0,78 Mb.
#899907
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

2. Sanitar-gigiyenik rejim.
Sog‘lom va bemor bolalarni parvarish qilish
Sog‘lom bola deb yoshiga nisbatan jismoniy va ruxiy rivojlanishi mos keluvchi, kam va og‘ir kasal bo‘lmagan (1 yilda 3 martagacha kasal bo‘lgan) anamnezida va obʼektiv ko‘rilganda kasallikka olib keluvchi, xech qanday belgilari kuzatilmagan bolalar tushuniladi. Ko‘rilganda terisi toza, och pushti rangda, yelastik, gipovitaminoz belgilarisiz teri osti yog‘ qavati normal qalinlikda, teri turgorligi va muskullarining xam tonusi normada, skelet rivojlanishi yoshiga xos bo‘ladi (raxit belgilari yo‘qligi).
Yoshiga xos psixomotor rivojlangan, yaxshi ishtaxali, barcha aʼzolari meʼyorida ishlaydi. Infeksiyalarga yaxshi chidaydi. Tana vazni, bo‘yi, jismoniy rivojlanishi, indekslari meʼyordan 5% gacha farq qiladigan bolalar kiradi. Oxirgi ko‘rsatilgan belgilar bolalarda turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ular sog‘lik tushunchasini ifodalashda nisbatan qatnashadi. Bu salomatlik tushunchasi va uni xayoti davomida qay darajada ifodalanib borishi va kechishida asosan shu bolani onasi va uni atrofidagi insonlarni unga bo‘lgan munosabati va parvarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolalar gigiyenasi xam tibbiy gigiyenani bir bulagi bo‘lib, bunda bola yashayotgan muxiti, atrofdagi shaxslarni o‘zaro munosabati, bolaga bo‘lgan mexr va parvarishini bola sog‘ligiga va rivojlanishiga taʼsir qiluvchi faktorlarni normal taʼsir ko‘rsatishini ifodalaydigan bo‘limdir.
Parvarish qilishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
Bolalar kiyimi - bola xayotidagi birinchi oylarida quyidagilardan iborat bo‘ladi: paxta matoli kiyim kechaklar, dokali tagliklar, turli ro‘molchalar, qalpoqchalar ko‘rpa va yostiq jildlari, yoping‘ichlar kiradi.
Tug‘ruq uyida 4-5 kunlari va uyida bolani qo‘llarini erkin xolatda qilib yo‘rgaklanadi (uyg‘oq va uyqu paytlarida xam). Bu esa bolada motorikani rivojlanishini stimullaydi, nafas olganda ko‘krak qafasini o‘raydi, ustidan issiqrog‘i kiygiziladi. Bu rasposhyonkani qo‘llari uzunrok bo‘lib, bolani barmoqlarini yopib turishi kerak (yoki qo‘lqopchalar kiydirib qo‘yiladi). Rasposhyonkani pastki cheti bolani kindigini urashi kerak. So‘ngra bola yo‘rgaklanadi. Tagliklari yuqori qirrasi bolani qo‘ltiq ostiga to‘g‘ri kelishi kerak. Yupqa pleyonka taglikdan keyin uraladi, bolani oyoqlari orasiga o‘raladi (sababi bichilishlarni oldini olish uchun). 30x30 sm li kleyonka bolani taziga (tos) o‘raladi. Yuqorisi beliga to‘g‘ri keladi, pasti tizzasigacha turishi kerak. So‘ngra bola issiq plenkaga o‘raladi. Kiyim va tagliklar oddiy, yengil, qulay va issiq saklovchi, toza, sintetik bo‘lmagan matodan bo‘lishi kerak. Ichki ko‘ylak va rasposhyonkalarni choklari tashqariga qaragan yoki teskari kiydirilgan bo‘lishi kerak. Sababi ichida bo‘lsa choklari botib turli bichilishlarga olib keladi. Ichki o‘rta o‘lchamli pleyonka uchburchak shakliga keltiriladi va keng tomoni bola dumgazasiga, qirrasi esa bola oyog‘i orasiga tushadi. So‘ngra oyoq orasiga uchli qismi bukiladi, ikkala chetlari ikkala oyoqni o‘raydi. Bu o‘ziga namni yaxshi tortuvchi matodan bo‘lishi kerak. Ustidan esa bamazet (bamazet) pleyonka bilan o‘rab qo‘yiladi. Agar bola chala tug‘ilgan bo‘lsa, yoki tug‘ruk jaroxatlari bo‘lsa bolani qo‘llari bilan yoki bosh va qo‘llarini ko‘shib uchinchi pleyonka bilan uraladi.
Bolani tirnoqlari doimo toza olingan bo‘lishi kerak (tagidan kilib olinmaydi). Yopinchig‘i faqat kechasiga yoki sovuq paytida yopiladi xolos. Xonada agar bola sog‘lom tug‘ilgan bo‘lsa boshiga qalpoqchasi yoki ro‘moli kiydirilmasligi kerak. (Uyg‘oq va uyqu xolatlarida). Ishlatilgan taglik va kiyimlari qaynatiladi va yuvib dazmol qilinadi (ichidan).
Bolani 1-oylarida karovatga yonboshi bilan tekis joyga yotqiziladi. Sababi: bola qayt qilish va kekirganda nafas yo‘llariga ketib qolmasligi uchun.
2-3 oyligida pleyonkalarni va ishtonchalarga almashtiriladi. Bunda bolada oyoqlarida xarakat materikasi shakllana boshlaydi. Uni xam dastlabki paytlarda teskari qilib kiydirish kerak. Agar sovuq bo‘lsa ustidan junli paypoqlar yoki pinetkalar kiydiriladi.
3-5 oyligida bolada ko‘p so‘lak ajralishi kuzatiladi, shuning uchun issiq ko‘ylakcha ustidan ko‘krak oldi to‘sikchalari bog‘lab ko‘yiladi. Bosh kiyimni iloji boricha faqat cho‘miltirilgandan keyin qisqa vaqtgagina kiydiriladi (yoki sayr kilinganda). 8-9 oydan sovuq paytlarda tunchalar yoki kamzirchalar kiydirish mumkin. Yozda erkin yengil matoli ko‘ylak ishtoncha yoki shortikchalar bilan yurishi mumkin. 9-10 oydan rasposhyonkalar ko‘ylaklarga almashtiriladi, polzunkasi ishtoncha va paypoklarga aytiladi.1 yoshdan 3yoshgacha bolalar ochik kombenizonlar kiydiriladi. Maktab yoshida turli kiyimlar kiydirila boshlaydi. Kuz va ayniqsa qishda bolani og‘zini sharf bilan o‘rash kerak. Sababi burunda qon tomirlar ko‘p xavo iliq xolda kiraveradi. Og‘izdan esa sovuq xolda kiradi. Bolaga bir oz sovuq tushsa darxol sintetik matoli kiyim bilan uralmasdan, aksincha erkin paxta matoli kiyimlarni kiydirish kerak. Kiyimlari kattalarnikidan alohida yuviladi. Toza tutish bolada shartli refleksni shakllanishiga olib keladi.
Oyoq kiyimi: yumshoq, erkin bo‘lishi kerak. Tor oyoq kiyimda bolani oyoq barmoqlari kiyshayadi,bola birinchi marta emaklaganda tufli kiydiriladi. Toki o‘zi mustaqil turib yurmaguncha oyoq kiyimi yumshoq taglikli bo‘lishi kerak. Yoki to‘qilgan bo‘lishi kerak. Uchlari yumaloq, tagi silliq, poshna qattiq, charmli bo‘lishi kerak. 6-7 oyligida bolani ko‘p turg‘izishga xarakat kilinmasligi kerak, sababi bolani yassi tovonlikga va qomatini buzilishiga olib keladi.
Xonasi: toza, tartibli bo‘lishi kerak. Xona devorlari yorkin rangli bo‘lishi, pollari taxtali, buyoqlari o‘tkir xidli bo‘lmasligi kerak. Bu bolada allergik kasalliklarga olib keladi. Gilam va paloslar soni juda kam bo‘lishi kerak (changdan extiyot qilish uchun). Xona temperaturasi dastlabki 3 oyda 21-22 gradus, 3 oydan keyin 18-19 gradus bo‘ladi. Xonani kunda 5 bora xavosi almashtiriladi.
Karovatchasi: xonani yorug‘ yerida, lekin shabadali yerda emas. Bosh qismi oynaga karatilgan. Ko‘krak yoshidagi, erta va maktabgacha yoshdagi bolalarni yonbosh to‘siqli karovatchaga yotqiziladi. Ortikcha narsalar bulmasligi kerak. To‘shak yarim qattiq bo‘ladi. Yumshoq yostiq bulmaydi, chunki qomati buzilishiga olib keladi. To‘shak ustidan kleyonka, keyin prostina yopiladi, 1-1,5 oydan bola manejlarga solib qo‘yilishi kerak. Xayotini 2-yarmidan 1sm li qalinlikda yostiq qo‘yiladi. 1 marta bola ovqatlantirilgandan keyin bolani ung yonboshga yotqiziladi, keyingisida esa chapga yotqiziladi. 1 chi 3 oylikda bola o‘ng va chapga tez-tez alishtirib turiladi (raxitning asoratini kamaytirish uchun). Bola boshi devorga qaratilmasligi kerak (sababi: turli yorug‘lik tovushlarga qaray olmaydi). 3-4 xaftadan bolani manejda oldin qorin bilan yotqizib turiladi. Bola krovati yonboshdan to ko‘kragigacha uyinchoqlar osishi uchun moslamasi bo‘lishi kerak.
Cho‘miltirish: bola 1-gigiyenik vannani tug‘iliboq oladi. Vannada suv qaynatilgan, xarorat-35 gradus bo‘lishi kerak. Toza steril sochik bilan artiladi. Suv okar tipida bo‘lishi kerak. Uyda bola xonani yorug‘ yerida, shabadasiz yerida cho‘miltiriladi. Boshi oynaga karatilgan bo‘lishi kerak. Kindigi bitgach xona temperaturasi 22-23 gradusda cho‘miltiriladi. Yotishdan oldin oxirgi emizishdan keyin qilinadi (sababi bola kechasi yaxshi uxlay olmasligi mumkin). Barcha idishlar yaxshilab yuvilgan toza, pokiza bo‘lishi kerak. 1-oylarda qaynagan suv ishlatiladi. Dastlabki 6 oygacha temperaturasi 36,5-37 gradus, keyin esa 36 gradusda cho‘miltiriladi. 1-yoshgacha xar kuni, 1-3 yoshgacha kun ora, kattalarida xaftada 2 bora utkazdiriladi. Jomni tubiga sochik qo‘yiladi. Bosh va ko‘krak qismini chap qo‘lda ushlanadi, pastki qismlarini o‘ng qul bilan ushlab olinadi. O‘ng ko‘l bilan bolani yuvintiriladi. Turli allergik kasalliklarda va teri bichilish va kepaklanishlarda bolani chereda damlamasi bilan chayiladi. Qolgan xolatlarda iliq suv bilan oxirida chayiladi. (Vanna suvidan 1-2 gradus pastrok bo‘lishi kerak) Yuz va boshini boshqa toza suv bilan yuviladi. 1-yoshgacha 5-7 minut, 2 yoshda 8-10 minut cho‘miltiriladi. Artilgandan keyin terini bolalar kremi bilan ishlov beriladi. Gigiyenik vannalarga qarshi ko‘rsatmalariga o‘tkir kasalliklar, xarorat ko‘tarilgan bo‘lsa, teri va kindikni yiringli kasalliklari kiradi.
Agar bola boshida kepaklanish bo‘lsa, cho‘milgandan keyin paxtani vazelinga shimdirib artib tashlanadi. Shunda xam ketmasa keyingi safar dastlab shimdirib, so‘ng cho‘miltirib, mayin tarok bilan taraladi. 1-yarmidan 6 oyligigacha yotqizib, keyin esa utirg‘izib cho‘miltiriladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish