2006
YURT QO'SHIG'I
Bobomning bayti bor yaproqlaringda,
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Momomning tafti bor chorbog'laringda.
Onamni eslatar rayhoning, yurtim,
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.
So'lim Xonoboddan Kiyiksoygacha
Qutlug' ostonadan suyuk oygacha
Chiroqlar yulduzdek porlar har kecha,
Mudom o't gurlasin o'choqlaringda!
Tog'laring bag'rida limmo-lim tilsim,
Ming yilkim mo'ysafid SHohimardon jim.
Sangardak qo'shig'in sharhlay olar kim?
Tillo qumlar o'ynar buloqlaringda!
Mavlono Lutfiylar ulfatdir menga,
She'r lutfi eng totli suhbatdir menga
Ulug'lar ismi ham quvvatdir menga,
Tug'yonim - o'ynoqi toychoqlaringda.
Bir kuychi o'g'lingman,bayotim o'zing,
Tilimning ostida novvotim o'zing,
Bag'rim, jonim o'zing, hayotim o'zing,
Dil torim qalampirmunchoqlaringda.
Qizg'aldoqzoringda ko'milib yotdim,
Billur shabnamlarda cho'milib yotdim,
Dunyoni unutdim, o'zni yo'qotdim,
Men ham vatan bo'ldim quchoqlaringda!
2006
SHOIR
Lo'ttivoz jo'ralar, satang xonimlar,
Tashakkur! Hayotning fahmiga etdim!
Dalamni sog'inib yuragim yig'lar,
Men sizdan zerikdim. Qishloqqa ketdim!
Shoirlik urf emas hozir, bilaman,
Ne qilay, ko'ngilni qo'ymaydi havas.
Bugun savdogarning davri gullagan:
Pesi bo'lsa hamki "Mers"i bo'lsa bas!
Ivigan ipakdek chuvalar mezon,
Dimog' o'rilgan o't hidini tuyar.
Dovon o'ngirida jaydari dehqon
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Oldimga to'rlagan qovunni qo'yar.
Guvala o'choqda habashday qumg'on
Tomog'ini yirib qilar g'arg'ara.
Hijolat aralash kamsuqum mezbon
Belbog'in to'shaydi: noni qop-qora.
Adabiy gaplarni tushunmaydi u,
Faqatgina, rahmat, ota, deyoldim.
Dilimda uyg'ondi tug'ishgan tuyg'u:
Olifta she'rlarim uchun uyaldim.
Qishloqda qo'shqo'llab ko'rishar bari,
Begona hurmat bor nigohlarida.
Toraygan bo'tanasuv ariqlari,
Ajriqlar hurpaygan qirg'oqlarida.
Uzoqqa ketgandim o'zimni izlab,
Behuda ish ekan, angladim, bildim.
Bir payt nazarimga kirmagan qizlar,
Iqbolim axtarib sizlarga keldim.
Siz menga ishoning, siz meni seving,
O'ylagani qo'rqqan o'y - siringizman.
Erka bolasiman shu og'ir elning,
Men sizlarning oshiq shoiringizman!
Bitta qo'shig'ini kuylar bedana,
Qovoqdan jonsarak izlaydi qo'noq.
Men sizni kuylayman yana va yana,
Mayliga, desinlar: maddoh va no'noq.
Ko'sakqurtdek semiz, tanbal, yaltiroq
Shunday toifa bor - bo'lganman ulfat.
Yeganda o'z g'amin eydilar ko'proq,
Men ichu etim eb, chekkanman kulfat.
Mayli, omon bo'lsin yomon bo'lsa ham,
Shular bor, zerikib qolmaysan sira.
Faqat basharasin eslaganing dam
Ko'ngil g'ash tortadi, dil bo'lar xira.
Siz zahmat farzandi, mehnat asiri,
Ukangiz, akangiz, do'stingizman men.
Kattamning ketmonda bitgan asari,
Sizning aytolmagan so'zingizman men.
Bugun qoshingizda dardim dasturxon,
Yuragim qovundek so'yaman hozir.
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Ming hijolat chekib, g'o'ra va nordon
She'rimni non kabi qo'yaman hozir.
Ijozat, bo'z tuproq kechayin men ham,
Bo'yinbog'im otib kelganman atay.
Sopol kosada choy ichayin men ham,
Kitobimni yoqib qumg'on qaynatay.
O'zing baho bergil, yaratguvchi el!
Sening farmoning haq, sening amring haq.
Ovozsiz, qog'ozsiz dardlashaylik, kel,
Men sening shoiring, jabrdiyda xalq!
2006
Do'stlaringiz bilan baham: |