Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

AYLANAYIN
Atrofingda  aylanadi to'rt fasl,
Gul  aylanar,  o'rgiladi  qor sendan.
Oy aylanar,  yer aylanar muttasil,
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
Tomirida  gulob oqqan  guloyim,
Guldek yashnab tur baxtimga,  iloyim. 
Meni  yaxshi  ko'rarkanda  xudoyim,
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
O'n  oltida  oqqush  bo'lding  shaylanding, 
Yigirmada taqdirimga  boylanding. 
O'ttizingda  alangaga  aylanding,
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
Qul  podshoga  borsa  shohning  izzati, 
Podsho qulga  kelsayam  shoh  himmati. 
Neki  qilsang  o'zgarmaydi  qiymati,
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
Hamma  oshiq  bugun  menda jam  bo'ldi, 
Ko'zlaringni  o'psam  ko'zing  nam  bo'ldi. 
Qancha  o'psam yana  shuncha  kam  bo'ldi, 
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
Atrofingda  aylanadi to'rt fasl,
Gul  aylanar,  o'rgiladi  qor sendan.
Oy aylanar,  yer aylanar muttasil,
Endi  o'zim  aylanayin,  yor,  sendan.
2006
QANI
Ko'nglimday  bo'sh  ko'chalar, 
Farg'ona,  Mashrab qani?
Pul  sochgan  boyvachchalar, 
Devona  Mashrab qani?
Kunlar o'tar bema'ni,
Hech  kim  tushunmas  mani. 
Ishonib sir aytgani,
Devona  Mashrab qani?
Etagin  tutay,  desam, 
Ko'zimga  surtay,  desam,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qo'llarin  o'pay,  desam,
Devona  Mashrab qani?
Bitmadim  shohbayt hali,
Lekin yo'l  yo'q  qaytgali, 
She'rlarimni  aytgali,
Devona  Mashrab qani?
To'nimni  echay,  desam, 
Dunyodan  kechay,  desam, 
Birga  may  ichay,  desam, 
Devona  Mashrab qani?
Baxtimga  teng  kulfat yo'q, 
Do'st yo'q,  yor yo'q,  ulfat yo'q, 
Yuragimda  quvvat yo'q, 
Devona  Mashrab qani?
2006
AZIZ
Kimga  sahro aziz,  kimga  bog'  aziz,
Kimga  daryo aziz,  kimga  tog'  aziz.
Kimdir hayvonlarni  aziz tutmishdir,
Kimga  muhtoj  bo'lsang,  shu  ko'proq  aziz.
Azizam,  dardlaring  azizdir menga,
Ginali  xatlaring  azizdir menga.
Anduh,  hasratlaring  azizdir menga, 
Maktub  qatidagi  gul-yaproq  aziz.
Xudo,  aziz qilgin  yolg'iz  bolamni,
Duosi  tinmaydi  munis onamning.
Qatim  nur yoritib turar olamni  - 
Onam  sochidagi tolim  oq  aziz.
Yurakda  pok tutib  mudom  niyatni, 
Insonlikka  chorlab odamiyatni,
Ustozlar quchdilar abadiyatni... 
Muhammadlar o'tgan  yo'l,  so'qmoq  aziz.
Shu  oyning  nurida  she'r bitgan  bobom, 
Shu  kunning  qo'rida  er yetgan  bobom, 
Ko'klarga  termulib,  yer ketgan  bobom, 
Menga  shu  ko'k aziz,  shu tuproq  aziz.
2006


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
HURON
Boshim  bukib qo'yib o'lim-azasiz,
To'yga  borgan  o'yinchidek shod  hijron.
Yorsiz  mazmunsizman,  yorsiz  mazasiz...
Balki  unga  begona  va  yot hijron.
Yer yuzida  yulduzdan  ko'p  bandalar, 
Hammasining  lablarida  handalar.
Nega  hadeb  bitta  odam  tanlanar?
Nega  faqat meni  aylar yod  hijron?
Meni  xazon  qilgudayin  shashding  bor, 
Imkonimdan  ming  bor uzun  dasting  bor,
Nima  qildim,  menda  nima  qasding  bor!
Sen  ham  go'yo  bir odamiy zot,  hijron!
Hiyla  qilib chiqib  bo'lmas yo'lingdan,
Urib qochib  ketolmayman  qo'lingdan. 
Tutquningman,  mahkumingman,  qulingman, 
Osgil  meni,  otgil  meni,  sot,  hijron!
Toleimga  yozilgani  qarg'ishday,
Boshqalarga  visol  oddiy  bir ishday...
Men  zamondan  ortda  qolgan  darvishday... 
Dod  dastingdan,  dod  dastingdan,  dod,  hijron!
2006

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish