Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir.
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir.
Xayollar qo'ymaydi o'z holimizga -
Lo'livachchalardek yopishqoq kir-chir.
Qanotlar bog'lovchi iqbolimizga
Hislar unutdilar bizlarni bir-bir.
Ey, dil, o'ksimaysiz, chekmaysiz alam,
Yerdan uzilganning jazoyi shuldir.
Endi qaytolmaysiz Farg'onaga ham,
Izlar unutdilar bizlarni bir-bir.
Qismat muhabbatni bizga ko'p ko'rgan...
Yig'lamang, dunyo ham bevafo, axir.
Ming va'dalar bergan, hatto o'ptirgan
Qizlar unutdilar bizlarni bir-bir.
1992
Do'stlaringiz bilan baham: