Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/103
Sana19.12.2020
Hajmi0,86 Mb.
#53529
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

8-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining 
qo‘llanishi
1. Ko‘chirma gaplar alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan 
emas, balki ketma-ket qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa 
olinadi. Masalan, I.  Karimov  «Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas 


38
kuch» asarida ta’kidlaganidek: «Insonni, uning ma’naviy olamini 
kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z 
san’ati, abadiy adabiyodir». Ammo, agar ko‘chirma gap alohida 
abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa 
olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi:
–  Telefon  qildilar!  Indinga  kelyaptilar,  samolyotda!  –  dedi 
Saltanat entikib.
– Qaysi reysda?
– Nima?
– Reysini so‘rayapman, qaysi reys? (O‘. Usmonov. «Girdob»)
2. Agar ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif 
gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma gap bosh 
harf bilan boshlanadi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, 
nuqta qo‘shtirnoqdan tashqarida, so‘roq mazmunida yoki 
emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, 
shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi: 
To‘rtinchisi dedi: «Aytganlarimdan ko‘ra, aytmaganlarimni rad 
qilish menga osonroq…» (G‘azzoliy. «Til ofatlari kitobi»).
3. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan 
oldin tire qo‘yiladi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, 
qo‘shtirnoqdan keyin vergul qo‘yiladi, so‘roq mazmunida yoki 
emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, 
shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi, 
muallif gapi esa kichik harf bilan boshlanadi: «Barakalla, 
o‘g‘lim!» – dedi Hasanali. (A. Qodiriy. «O‘tkan kunlar»).
4. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelganda, muallif 
gapi ikki tomonidan tire bilan ajratiladi; bo‘laklangan ko‘chirma 
gap qismlarining har biri emas, balki yaxlit ko‘chirma gap 
qo‘shtirnoqqa olinadi: «Meni  ma’zur  tuting,  ustod,  –  dedi 
G‘iyosiddin,  –  kelayotgan  edim,  masjidi  jomeda  Husayn 
Voiz  Koshifiy  nutq  so‘zlayotgan  ekan,  shunga  mahliyo  bo‘lib 
qolibman».


39
5. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi 
bo‘laklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma 
gapning ayni uzilgan joyida vergul qo‘yiladi va muallif gapi 
kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qoyiladi; ko‘chirma 
gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: «Yo‘q, savolni 
noto‘g‘ri  qo‘ydingiz,  –  dedi  Zargarov.  –  Bunday:  Saltikov  ilgari 
o‘lganmi, Shchedrinmi?» (A. Qahhor. «O‘jar»).
6. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi 
bo‘laklangunga qadar so‘roq yoki undov belgisini taqozo etgan 
bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida so‘roq yoki undov 
belgisi qo‘yiladi va muallif qapi kichik harf bilan boshlanib, 
undan keyin nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi 
bosh harf bilan boshlanadi: «Tavba!  –  deyman.  –  Bu  qanaqasi 
bo‘ldi!» (Sh. Xolmirzayev).
7. Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf 
bilan boshlanib, qo‘shirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta 
qo‘yiladi;  ko‘chirma  gapdan  keyin  uning  mazmuniga  muvofiq 
vergul yoki so‘roq, yoki undov, yoki ko‘pnuqta qo‘yiladi, bu 
belgilardan keyin esa tire qo‘yiladi: Afandining  oshnasi  undan: 
«Mulla Nasriddin, bola-chaqa ko‘pmi? – deb so‘rabdi. – Bolam 
ko‘p-u, chaqam kamroq, – deb javob beribdi Afandi».

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish