Mustaqil ishlash uchun test masalalari!
1. Mis (II) sulfatning 25 %-li 250 g massali eritmasi inert elektrodlar ishtirokida elektroliz qilinganda anodda 3,36 l kislorod ajralib chiqdi. Elektrolizdan keyin eritmada qolgan mis (II) sulfat va hosil bo‘lgan sulfat kislotaning massa ulushlarini toping.
2. Simob (II) nitratning 12 %-li 300 g eritmasi elektroliz qilinganda katodda 20,1 g simob erkin holda ajralgan bo‘lsa, elektrolizdan keyin eritmadagi simob (II) nitratning va nitrat kislotaning massa ulushlarini toping.
3. Temir (II) nitratning 14 %-li 210 g eritmasi elektroliz qilinganda katodda 3,36 l vodorod ajralib chiqqan. Eritmada hosil bo‘lgan nitrat kislota va elektrolizga uchramay qolgan temir (II) nitratning massa ulushlari qanday bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |