Yechlis usuli: Reaksiyaga kirishuvchi N2 va O2 miqdorlari reaksiya mahsuloti miqdoriga teng bo‘lganligi uchun muvozanatga bosim ta’sir qilmaydi. Reaksiya endotermik bo‘lganligi uchun haroratning ortishi muvozanatni o‘ngga, haroratning pasayishi chapga siljitadi.
Mustaqil ishlash uchun test masalalari!
1.SO2(g)+O2(g)SO3(g); H=395,6 kJ/mol reaksiyada muvozanatni siljitish uchun bosim va harorat qanday ta’sir qiladi?
2. CO2(g)+C(q)2CO(g)-Q muvozanatga bosim va harorat qanday ta’sir qiladi
3. Quyidagi reaksiyalarga bosimning oshirilishi qanday ta’sir ko‘rsatadi:
a) CO(g)+O2(g)CO2(g); b) SO2(g)+O2(g)SO3(g);
c) C2H6(g)+O2(g)CO2(g)+H2O(g); d) N2O4(g)NO2(g);
e) NO(g)+O2(g)NO2(g); f) C2H2(g)+O2(g)CO2(g)+H2O(g;
g) CO(g)CO2(g)+C(q).
4. Quyidagi reaksiyalarning yo’nalishiga haroratning ko‘tarilishi qanday ta’sir ko‘rsatadi?
a) Fe3O4(q)+CO(g)Fe(q)+CO2(g)-Q; b) CO(g)+O2(g)CO2(g)+Q;
c) H2(g)+S(c)H2S(g)+Q; d) NO(g)+Cl2(g)NOCl2(g)+Q;
e) N2(g)+O2(g)NO(g)-Q; f) H2(g)+O2(g)H2O(g);H0=483,6kJ;
g) CaCO3(q)CaO(q)+CO2(g); H0=179 kJ;
h) SO3(g)+NO(g)SO2(g)+NO2(g)-Q.
5-Mavzu. Eritmalar, Eritmalar konsentrasiyasini ifodalash usullari, masalalar yechish
Bir modda muhitida (dispers muhit) ikkinchi moddaning juda mayda zarrachalari (dispers zarracha) taqsimlangan mikrogeterogen sistemalarga dispers sistemalar deyiladi. Dispers muhit gaz, suyuq yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Dispers zarrachalar ham har xil agregat holatda bo‘ladi. Dispers zarrachalarning o‘lchamiga (disperslik darajasi) qarab dispers sistemalar quyidagilarga bo‘linadi: dag‘al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya – 100 nm dan yirik, 1 nm=10-9 m), kolloid eritma (1–100 nm) va chin eritmalar (1 nm dan kichik, molekula va ionlar o‘lchamlarigacha).
Dispers sistema u yoki bu turining hosil bo‘lishi muayyan agregat holatning yuzaga kelishidagi molekulalararo, ionlararo, atomlararo va boshqa o‘zaro ta’sir kuchlari tufayli bo‘ladi. Bir xil agregat holatda faqat bir xil turdagi modda zarrachalari ta’sirlashuvi uchrasa, dispers faza hosil bo‘lishida har xil moddalar zarrachalarining ta’siri kuzatiladi. Kimyoda chin eritmalar ko‘proq ahamiyatli.
Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan o‘zgaruvchan tarkibli bir fazali (gomogen) sistemalarga eritmalar deyiladi. Eritma hosil bo‘lishida agregat holati o‘zgarmaydigan tarkibiy qism erituvchi deb ataladi. Bir xil fazadagi eritmalarda erituvchi, ko‘pincha, ko‘p miqdorli bo‘ladi. Ayrim hollarda buning aksi ham uchraydi. Masalan, konsentrlangan kislotalar, jumladan, sulfat, fosfat kislotalarda erituvchi – suv atigi 2 % ni tashkil etadi. Eritmalar gaz, suyuq va qattiq eritmalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |