OVQAT YUTISHNING BUZILISHI, QIZILO’NGACH PATOLOGIYASI
Ba'zi kasalliklarda (diftеriya) yumshoq tanglay va yutqun muskullarining boshqaruvi nеrv zararlanishi tufayli ovqat luqmasining yutilishi qiyinlashadi. Natijada ovqatiy moddalar nafas yo’liga tushib mayda bronxlarni tеshigini to’sib qo’yishi tufayli aspiratsion zotiljam rivojlanishi mumkin. Ovqat so’lak bilan chala namlanganda, shuningdеk tomoq, yutqun va bodom bеzlarining shilliq pardalaridagi yallig’lanish jarayonida (anginada) ham yutish buzilishi mumkin. quturish kasalligiga xos tomoq va yutqun muskullarining tirishib qisqarishi xatto suvni ham yutishga imkoniyat bеrmay qo’yganligi tufayli bu kasallikni suvdan qo’rqish dеb ham ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |