2.3. Atrof-muhitdagi nurlanishning manbalari
2.3.1 Nurlanishning tabiiy manbalari
Nurlanishning tabiiy manbalariga kosmik nurlanish va Yer tarkibi dagi radioaktiv manbalar kiradi.
Kosmik nurlanish ikki xil boiishi mumkin —galaktik nurlanish va quyosh nurlanishi.
Yer yuzasiga kelib tushayotgan galaktik nurlanishning tarkibi quyi-dagicha:
90% — protonlar,
7% — a-zarralar;
3 ) 1 % — geliydan og‘ir bo'lgan elementlarning yadrolari.
Galaktik nurlanishning energiyasi 1015 MeV ga teng.
Quyosh nurlanishning energiyasi kamroq bo'lib, u 104 MeV ga tengdir. Quyosh nurlanishi quyoshdagi amalga oshirilayotgan xromosfer portlash jarayonlariga bog‘liq bo‘lib, uning quwati vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi. Quyosh nurlanishning asosiy qismi og‘ir elementlardan tashkil topgan.
Atmosferaning yuqori qavatlariga kelib tushgan kosmik nurlanish birlamchi nurlanish deyiladi. Atmosferani kesib o‘tish jarayoni natijasida u qayta - qayta atmosferadagi moddalar bilan reaksiyaga kirishib tarkibi o'zgaradi. Masalan, protonlar atmosferada to‘liq sarflanib ketadi. Dengiz sathidagi kuzatilayotgan nurlanish esa ikkilamchi nurlanish deyiladi.
Yertarkibidagi radioaktiv manbalarga uchta tabiiy radioaktiv qatorni hosil qiluvchi va yarim yemirilish davri katta bo‘lgan elementlar kiradi.
Bu 23QoTh, 29 jU v a 2g*U elem entlaridir (bu elem entarning yarim
yemirilish davri T ] /2 =T,4T0Wyil, 7T0 8 yil va 4,5-109 yilga tengdii). Bundan tashqari, tabiatda 4I1K (Tl / 2 = 1,26*1010 yil) va rubidiy 87Rb (T^ 2 =1,26T010 yil) izotoplari ham mavjud bo‘lib, ularning parchalanishi natijasida bir qator uzoq va qisqa vaqt yashaydigan radionuklidlar hosil bo‘ladi. Har bir radioaktiv qator m a’lum radioaktiv nuklididan boshlanib, m a’lum nuklid bilan tugaydi.
Masalan, 1 tonna tabiiy uran tarkibida 0,36 g Ra va 1,3-109 g 2 3 8 p0 nuklidlari borligi aniqlangan.
Yadro energetikasida asosiy xomashyo sifatida ishlatiladigan uran tabiatda juda keng tarqalgan elementdir. Uning yer qatlamidagi o'rtacha miqdori 1,3-1 O'9 % ni tashkil qiladi. Tabiatda uchraydigan uran asosan uchta izotop - 21SU (99,275%), BSU(0,72%) va 234U(0,0Q54%)lardan tashkil topgan bo‘lib, bu izotoplarning hammasi radioaktiv xususiyat-larga ega.
Radionuklidlarning parchalanishida zarralarning kinetik energiyasi bilan birga issiqlik energiyasi ham ajralib chiqadi. Masalan, tabiiy radionuklidlarning yemirilishida quyidagi miqdorda solishtirma issiqlik hosil bo‘ladi:
238U = 2,97;
235U = 18,8;
234Th = 0,84;
4 0 К. = 1,1 10- 4 J/(g ■y il) .
Nurlanishning asosiy qismini Yer aholisi tabiiy manbalardan qabul qiladi. Nurianish usuli 2 xil bo‘lishi mumkin:
1 -tashqi usul; bunda radioaktiv moddalar organizmni tashqaridan nurlantiradi.
2 -ichki usul; bunda radioaktiv moddalar organizmga havo, suv yoki oziq-ovqat bilan kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |