S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


mustasno; Omma oldida so’zlangan siyosiy



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
mustasno;
Omma oldida so’zlangan siyosiy
 
nutqlar, murojaatlar, ma’ruzalar va 
shunga
 
o’xshash asarlarni qo’yilgan maqsadga mos
hajmda gazetalarda 
takrorlash, efirga
 
uzatish;
kundalik
 
voqealar jarayonida ko’rish yoki eshitish mumkin
 
bo’lgan 
asarlarni ana shunday voqealarning shaklida axborot maqsadiga mos hajmda 
takrorlash,
hamma oldida namoyish etish, efirga uzatish;
foyda olishni ko’zlamagan holda ko’zi ojizlar uchun qabariq-nuqtali 
harflar yoki
 
boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, 
foydalanishning ana shunday usullari uchun
 
atayin
 
yaratilgan
 
asarlar bundan 
mustasno.
29-modda. Asarlardan reprodukstiya qilish yo’li bilan foydalanish.
Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to’lagan
 
holda, lekin asaridan 
foydalanilayotgan
 
muallifning
 
ismi-sharifini va olingan manbaini albatta 
ko’rsatib, quyidagilardan
 
foyda olishni
 
ko’zlamay
 
reprodukstiya qilishga 
yo’l qo’yiladi.
Asardan, yo’qolgak yoki
 
yaroqsiz
 
bo’lib qolgan nusxalarini
 
tiklash, 
almashtirish uchun,
 
shuningdek o’z
 
bu
 
asarlarni biron sabab bilan 
yo’qotish.
1.2.2. Patent huquqining rivojlanish tarixi
Huquqning rivojlanish tarixi bevosita davlat tarixi bilan bog’liq. Huquq 
iqtisodiy bazis va uning asosida jamiyatning madaniy rivojlanishi demakdir va 
bundan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas deb ta’riflash mumkin.
Huquq, xususan, huquqiy tizim muayyan ijtimoiy munosabatlardan 
boshlanadigan ayrim me’yorlardan tashkil topadi.
Huquq me’yori ayrim shaxslar, tashkilotlar, davlat organlari va 
hokazolarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalardir. Faqat davlat 
butun mamlakat miqyosida ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibini ta’minlab 
berishi mumkin.
23


Huquq tizimi o’z ichiga turli xuquq sohalarini qamrab oladi, ular o’z 
navbatida kichik soha va institutlarga bo’linadi. Huquqiy tartibga solish predmeti 
bo’yicha birlashtirilgan huquqiy me’yorlarning alohida guruhi huquq sohasidir. 
Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib 
chiqadigan huquqiy tartibga solishning o’ziga mos uslubi xosdir.
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik 
sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini 
individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek, 
noan’anaviy 
ob’ektlarni muhofazalashdan iborat bo’lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu 
kichik sohaning institutlaridir.
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so’ngi davrlarida feodal jamiyat 
negizida xo’jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi 
bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun 
kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo’liga o’tishi natijasida shakllandi. 
Xo’jalik yuritishning kapitalistik usuliga o’tish bilan sifat jihatidan yangi 
vaziyat yuzaga keldi. Unga zarur moddiy-texnika bazasini yaratish sanoat inqilobi 
tusini oldi. Yevropa XVI asrning o’rtalarida Buyuk sanoat inqilobi davrini boshdan 
kechirdi va u patent huquqi yuzaga kelishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratdi. 
Bu inqilobning asosiy bosqichlaridan biri qo’l manufakturasidan ko’plab 
ixtirolardan foydalanishga asoslangan mashinalar ishlab chiqarishga o’tish bo’ldi.
Kapitalizmda ish qurollari va ishlab chiqarish vositalariga xususiy 
mulkchilik tipi bo’yicha ixtirolarni o’zlashtirishga ehtiyoj yuzaga keldi.
Ma’lumki, ixtirolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish har doim 
dastlabki sarmoya sarflashni talab etadi. Lekin hech bir tadbirkor o’zi sarflagan 
mablag’dan foyda olishga ulgurmay turib raqobatchilar xuddi shu ixtirodan nusxa 
olib uning tajribasidan foydalana boshlamasliklariga kafolat olmasdan turib 
bunday sarmoyalarni xavf-xatarga qo’ya olmaydi. Aynan ana shu ob’ektiv omil 
sababli ixtirolardan foydalanishda undan etarli darajada uzoq muddat foydalanish 
va raqobat kurashida yutib chiqish imkonini beradigan monopoliya zarur bo’lib 
qoldi.
Bunday monopoliyani yaratish uchun yuridik vosita–patent Yevropada 
feodal jamiyatidan buyon ma’lum edi. 
Feodalizmda patentdan turli mol-mulk egalari va qirol o’z xazinasi 
foydasiga daromad manbalarini mustahkamlash vositasi sifatida keng foydalanar 
edi. Feodal patent tizimi kapitalizm rivojlanishi uchun to’siq edi, chunki qirol 
ko’plab patent berish yo’li bilan istalgan narsadan foydalanishga yakkahokimlik 
(monopol) huquqni o’zi xohlagancha belgilay olardi. Burjuaziya tabiiyki, bunday 
holatga, xususan feodal monopoliyalar va ixtirolarga monopoliyalar joriy etishga 
qarshi faol kurasha boshladilar. Bunda iqtisodiyot ixtirolarga monopoliyalar 
feodalning marhamati bilan emas, balki muntazam, ya’ni qonunda belgilangan 
qoidalar bo’yicha berilishi talab qilinardi.
Patent huquqini himoyalash sohasidagi ilk qadamlar Angliyada qo’yildi. 
Mamlakatda feodallarga tegishli imtiyozlar tizimini patent huquqiga aylantirish 
jarayoni XVII asrda boshlandi.
24


AQSh Angliyadan keyin ixtirolarni muhofazalash qabul qilingan mamlakat 
bo’ldi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida patent qonunlari nisbatan kechroq 
qabul qilindi.
Milliy patent tizimlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni 
patent tizimini “kontinental huquq” tamoyili belgilab beradigan mamlakatlar 
tashkil etadi. Ikkinchi guruhini milliy huquqlariga Angliya huquqi ta’sir o’tkazgan 
mamlakatlar tashkil etadi. 
Har ikki yo’nalishdan tashqari milliy patent tizimlarini shartli ravishda to’rt 
asosiy: german, roman, ingliz va amerika guruhiga bo’lish mumkin, ular patent 
huquqining asosiy tizimlari hisoblanadi.
Patent huquqi hamma vaqt iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi, chunki 
u jamiyat iqtisodiy rivojlanishining zarur omili hisoblanadi.
1.2.3. Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari
Mamlakatimizning asosiy qonuni O’zbekiston Respublikasi 
Konstitustiyasidir. Konstitustiya O’zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning 
asosiy qoidalarini belgilab beradi. Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy 
muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va 
ilmiy-texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitustiyaning IX bo’limi 
36- va 42- moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan 
bog’liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. 
O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog’liq 
masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh 
huquqlar to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan 
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan 
“Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun 
dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun;
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Selekstiya yutuqlari to’g’risida”gi 
qonun;
2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasini 
huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonunlardir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlatimizda intellektual 
mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi:
Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi 
Muallifilik huquqlari bo’yicha agentlik.
25


O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki 
ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan 
iborat.
Muallifga shuningdek mualliflik nomi huquqi ham berilgan bo’lib, unga 
muvofiq muallif o’z ob’ektiga o’zining nomi yoki boshqa nomni berishi huquqiga 
ega. 
Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar fuqaro yoki yuridik 
shaxsning shu ob’ektga alohida huquqlaridir. Faqat alohida huuqlar egasi 
intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki 
man eilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish