Ruslan allayorov, muhiddin xidirov, qalmaxan abduxalikov



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana10.03.2023
Hajmi8,57 Mb.
#917890
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
DUNYO XARITASIDAGI ANTROPOTOPONIMLAR

Livingston sharsharasi
 
David Livingston 
(1813 – 1873)
Kongo daryosi quyi oqimidagi sharsharalar (30 dan ortiq ostona va 
sharsharalar) guruhi 1877- yil G.Stenli tomonidan kashf qilinadi va 
mashhur sayyoh sharafiga Livingston deb ataladi. 
Lomonosov
– Shimoliy Muz okeanining markazidagi suvosti 
tizmasi. Uzunligi 1800 – 2000 km, kengligi 60 km dan 200 km gacha. 
Lomonosov suvosti tizmasi 1948- yilda rus ekspeditsiyasi tomonidan 
aniqlangan.
 
Mixail Lomonosov
(1711 – 1765)
 
Shimoliy Muz okeani


54 
Ushbu suvosti tizmasi rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, 
shoir, rassom, tarixchi 
Mixail Vasilyevich Lomonosov
(1711 – 1765) 
sharafiga nomlangan.
M.V.Lomonosov dastlab Moskvada, Kiyevda 
(1734), so‘ngra Peterburg universitetida(1735), Germaniyaning Merburg 
va Frayburg universitetlarida (1736- yildan) o‘qigan. U Peterburg Fanlar 
Akademiyasining birinchi akademigi (1745) bo‘lgan. 1748- yilda Rossiya 
Fanlar Akademiyasi qoshida 1- kimyoviy laboratoriyaga asos solgan. 
1755- yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva davlat universiteti 
tashkil etilgan (keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). U qator 
dostonlar, she’riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental 
filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Bir 
qancha optik asboblar yasagan. U shuningdek, Shvetsiya FA (1760), 
Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi. Lomonosovning ilmiy ishlari ko‘plab 
fanlar – kimyo, fizika, geologya, geografiya, filologiya, tasviriy san’at 
fanlarining muhim rol o‘ynagan. Olim sharafiga yarimorol, mineral 
(lomonosovit), bir qator kosmik obyekt (Oy va Marsdagi krater)lar, shahar 
va rayonlar, juda ko‘plab ko‘chalar nomlangan, o‘nga yaqin shaharlarda 
haykal va byustlari o‘rnatilgan. 
Magellan
 
– Janubiy Amerika materigi bilan Olovli Yer 
arxipelagi orasidagi bo‘g‘iz. Atlantika okeanini Tinch okean bilan 
bog‘laydi. Uzunligi 575 km, eng tor joyi 2,2 km. Bo‘g‘iz ilk bor (1520) 
uni kesib o‘tgan portugaliyalik dengizchi sayyoh
Fernan Magellan
(1470 
– 1521) nomi bilan atalgan. F.Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo 
aylana suzishni amalga oshirdi. 1505 – 1512- yillarda portugallar 
ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509 – 1511) Malakka 
yarimoroligacha borgan. Magellan Lissabonga qaytgach, 1517- yil 


55 
Ispaniyaga o‘tib, Molukka orollariga g‘arbiy yo‘l bilan suzib borish 
to‘g‘risidagi o‘zi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qildi. 
1519 – 1521- yillarda 5 kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasi (265 
odam)ga boshliq etib tayinlangach, 1519- yil 20- sentabrda Sanlukarde 
Barrameda bandargohi (Ispaniya)dan yo‘lga chiqadi va 1520- yil 
yanvarda La-Plataning dengizga quyilish yeriga yetib boradi. Fevralda 
janubga suzishni davom ettirib noma’lum yerning 2000 km dan ziyod 
sohilini (Magellan u joylarni Patagoniya deb atagan) ko‘zdan kechirdi. 
Magellan 1520- yil mart oyida San-Xulian 
buxtasida 3- kemada ko‘tarilgan isyonni 
bostirdi va o‘sha yerda qishlab, 1520- yil 
avgustda 4- kemada suzishda davom etdi. 
Kemalar Olovli Yer oroli bilan materik 
oralig‘idagi (keyinchalik Magellan nomiga 
qo‘yilgan) bo‘g‘iz orqali o‘tib noma’lum 
okeanga chiqdi. Magellan hamrohlari 
keyinroq uni Tinch okean deb atagan. 
To‘xtovsiz qariyb 17 ming km 
masofani o‘tib, avval Mariana orollariga, 
so‘ngra Filippin orollariga yetib borishdi. Magellan Maktan orolida 
mahalliy xalq bilan to‘qnashuvda o‘ldirildi. Magellan hamrohlari Tinch 
okean orqali g‘arbga suzib, Afrikaning janub orqali faqat bitta „Viktoriya― 
kemasida (X.S.Elkano qo‘mondonligida) 1522- yil Ispaniyaga qaytib, 
dunyo 
aylana 
suzishni 
yakunladilar. 
Bu 
ekspeditsiya 
Yerning 
sharsimonligini amalda isbotladi, yagona Dunyo okeani mavjudligini, Yer 
yuzasining ko‘p qismi suv bilan qoplanganligini ko‘rsatdi. 

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish