1
RUSLAN ALLAYOROV, MUHIDDIN XIDIROV,
QALMAXAN ABDUXALIKOV
DUNYO XARITASIDAGI
ANTROPOTOPONIMLAR
(Ilmiy-ommabop risola)
Toshkent – 2019
2
Allayorov R.X., Xidirov M.SH., Abduxalikov Q.A. Dunyo xaritasidagi
antropotoponimlar. Ilmiy-ommabop risola. – T.: __________________, 2019. – 100 bet.
Ushbu risolada dunyodagi geografik obyektlarga qo‘yilgan atoqli otlar –
antropotoponimlar hamda ularning nomlanishi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar o‘rin
olgan.
Mo‘jazgina ushbu kitobni o‘qish chog‘ida o‘quvchi bir pasga bo‘lsa ham
moziyga sayr qilib o‘zi uchun kerakli bilimlarni oladi deb o‘ylaymiz. Risola
geografiya va toponimika bilan qiziquvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga
mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir:
N.R.Alimqulov
– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri,
geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Taqrizchilar:
SH.A.Xolmurodov –
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi
katta o‘qituvchisi;
A.Q.Ergashev
– Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 68- sonli davlat
ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining
oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi.
3
SO‘ZBOSHI
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning tub
zamirida xalqimiz manfaati ko‘zlanganligi, uning yuksak ma’naviy
salohiyatini yanada rivojlantirishdek, oliyjanob maqsad turganligi ayni
haqiqat. Shu boisdan xalqimizning dunyoviy bilimlarni yanada chuqur
o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-
yil 14- avgustdagi PQ – 3907 sonli „Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida― gi
Qarorida
„yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng
dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;“
kerak ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Shu boisdan xalqimizga, xususan,
yosh avlod vakillariga mamlakatimizda olib borilayotgan turli sohalardagi
islohotlarning mohiyatini, xalqimizning uzoq o‘tmishdagi tarixi va
madaniyati, urf-odatlarini, tabiatiga xos xilma-xillikni o‘rganish qatorida
keng dunyoqarashga undovchi bilimlarni yetkazish muhim ahamiyatga
ega. Materiklar, okeanlar, dunyo mintaqalari va mamlakatlari tabiati,
iqtisodiyoti va tarixini o‘rganish qiziqarliligi bilan birgalikda, kishilarning
keng dunyoviy fikrlashi uchun ham ahamiyatlidir. Ana shunday bilimlarni
o‘rganilishida muhim axborot beruvchi manbalardan biri shabhasiz
geografik joy nomlaridir.
Joy nomlari o‘zida xalqlarning tarixi va madaniyati, hududlarning
ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy geografik va yana bir qator xususiyalarini
mujassamlashtiradi. Geografik joy nomlarini o‘rganadigan fan –
4
Toponimika
hisob-lanib, uning atoqli otlar bilan, ya’ni insonlarning ismlari
bilan ataladigan joy nomlarini o‘rganadigan bo‘limi
antropotoponimika
deb ataladi.
Geografik joylarning nomlari ijtimoiy zarurat tufayli aniq bir tarixiy
sharoitda paydo bo‘lib, ularning kelib chiqishi jamiyat hayoti, ma’lum
hududda yashagan yoki yashayotgan xalqlar tili, urf-odati, madaniyati,
kasb-kori bilan bog‘liq. Tarixiy sharoit, til va xalqlarni o‘zgarishi bilan bir-
ga ularni tarqalish areali, ya’ni geografik muhit ham o‘zgargan. Shu sabab-
dan har bir mintaqa, mamlakat yoki biror hududning geografik nomlarida
bir xillik ko‘p ham kuzatilmaydi. Ular uzoq tarixiy davr davomida ko‘p
qatlamli va turli tillarga mansub sifatlar asosida shakllanadi.
Risola, u bilan tanishgan o‘quvchi qalbida nomlari joylarda
muhrlangan tarixiy shaxslarga o‘xshash hissi uyg‘onib, ularni ezgu
maqsadlar sari yetaklasa ajab emas. Shu boisdan ushbu risolada turli xil
tabiiy, siyosiy, iqtisodiy geografik obyektlar (qit’alar, orollar, yarimorollar,
davlatlar, shaharlar va h.k.)ga qo‘yilgan kishilarning nomlari, ularning
qilib o‘tgan ishlari qisqacha bayon qilindi.
Mualliflar risola haqidagi fikr-mulohaza hamda takliflarni bajonidil
qabul qilib, uning mazmuni yanada boyishiga xizmat qiluvchi fikrlar
uchun minnatdorchilik bildiradilar.
5
Antropotoponimlar – tarixiy shaxslar
ishlarining „IN’IkOSI“
Insoniyat tarixiy rivojlanishida bevosita tabiat bilan bog‘liq holatda
shakllanib, tabiatda bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib, ularni o‘rganishgan.
Tabiatda yuz berayotgan jarayonlarni mohiyatini o‘rganish bilan birga,
ular ro‘y berayotgan joylarning ham geografik xususiyatlarini bilib borish-
gan. Jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida insonlar o‘zlari yashab kel-
gan hududlarni turli xil nomlar bilan atab kelishgan. Nomlar shu joyning
tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy holatini, madaniyatini o‘zida jo qilgan. Hozirda
esa joy nomlari xaritadagi eng muhim axborot manbayi bo‘lib, biron mam-
lakat, davlat yoki mintaqa tabiatining xususiyatlarini, tabiat va jamiyatning
o‘zaro aloqadorligini aks ettirmoqda. Ular inson va geografik obyekt ora-
sidagi o‘ziga xos bog‘lovchi vazifasini o‘tashi bilan birga, obyektning yer
yuzasidagi aniq manzilini ko‘rsatadi, juda ko‘plab qiziqarli va muhim
ilmiy ma’lumotlar beradi.
Geografik joy nomlarini, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, o‘zgarishi,
talaffuz qilinishi va to‘g‘ri yozilishini
Do'stlaringiz bilan baham: |