5 4
transportda tashishda uning buzilishi yoki yo‘qolishi bilan bog‘liq
tavakkal ham mavjud.
Shartnoma tomonlarining
huquq va majburiyatlarini
birxillashtirish uchun shartnomaning bazis shartlari ishlab
chiqilgan. Ular sotuvchi va xaridorning tovarni yetkazib berish
bo‘yicha majburiyatlarini belgilab beradi, tovarning tasodifan
yo‘qolishi yoki buzilishi tavakkalining sotuvchidan xaridorga
o‘tishini o‘rnatadi.
Bu shartlar shuning uchun ham bazis shartlar deb ataladiki,
ular yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar tovarning bahosiga kirish-
kirmasligidan kelib chiqib, bahoning bazisini (asosini) belgilab
qo‘yadi.
Bazis shartlari xalqaro savdo amaliyoti asosida ishlab
chiqiladi. Ular tovarlar yetkazib berish bilan bog‘liq operatsiya-
larni soddalashtiradi, xalqaro savdoda umume’tirof etilgan va
qoida tariqasida, alohida davlatlar, portlar, savdo tarmoqlarining
tijorat amaliyotida shakllangan savdo odatlari bilan belgilanadi.
Bazis shartlarini kelishib olish, ularni bir xilda tushunish
kontragentlar uchun tashqi savdo bitimlari samaradorligining
muhim omili hisoblanadi.
Tijorat terminlarini sharhlashga umumiy yondashuvni ishlab
chiqish bo‘yicha Xalqaro savdo palatasi katta ishlar qildi. U
1936-yilda birinchi marta Terminlarni sharhlashning xalqaro
qoidalarini (Inkoterms) ishlab chiqdi. Keyinchalik terminlarning
soni Inkotermsning 1967, 1976, 1980, 1990 va 2000-yillardagi
yangi tahririda ko‘payib bordi. Inkotermsga yangi terminlarning
qo‘shilishi transportda tashishning yangi turlari, masalan,
konteynerda, yuklash-tushirishning gorizontal usuliga ega
bo‘lgan treylerlar va paromlarda tashish kabilarning paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq xususiyatlarni hisobga olishga intilishlardan
kelib chiqdi. Aytib o‘tilgan bazis shartlar (Inkotermsning 1990-
yilgi tahririda 13 ta shart-terminlar bor edi) haqiqatda har qanday
transport turida, jumladan, aralash tashishlarda ham qo‘llanilishi
mumkin.
Inkotermsning shart-terminlari shartnomada ularga havola
qilingan hollarda qo‘llaniladi. Ular fakultativ xususiyatga egaligi
tufayli, ularni to‘laligicha yoki biror qismini qo‘llash kelishib
olayotgan tomonlar orasida aniqlab olinadi. Shartnoma shartlari
va Inkoterms qoidalari bir-biriga
mos kelmagan hollarda
shartnoma shartlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Inkoterms
5 5
mulk huquqining bir tomondan boshqasiga o‘tishi to‘g‘risidagi
qoidalarga ega emas. Bu qoidani shartnomada maxsus izohlab
o‘tish kerak. Aks holda, masala ushbu shartnomaga nisbatan
qo‘llaniladigan huquq asosida hal qilinadi.
O‘zbekiston tashkilotlari xorijiy mamlakatlarning firmalari
bilan shartnoma tuzishda Inkotermsdan faol foydalanadilar.
Shuning uchun ham ko‘rsatib o‘tilgan terminlarni bilish tashqi
iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilari uchun juda
muhimdir.
Savdo bitimlarining bazis shartlari sotuvchi va xaridorning
asosiy majburiyatlarini belgilab beradi. Masalan, sotuvchi
qo‘llanilayotgan bazis shartlaridan qat’i nazar quyidagilarga
majbur:
— shartnoma shartlariga muvofiq tovarni yetkazib berishga;
— tovarning yuklab jo‘natishga tayyorligi yoki tovarning
yuklanganligi, tovarning xaridor ixtiyoriga yetkazib berilishi
sanasi haqida xaridorni o‘z vaqtida xabardor qilishga;
— tovarni tekshirishga ketadigan sarflarni to‘lashga;
— tovarni odatdagicha o‘rab-qadoqlashni o‘z
hisobidan
ta’minlashga. Savdoning ushbu tarmog‘ida tovarni o‘rash-
qadoqlashsiz jo‘natish qabul qilingan holatlar bundan mustasno;
— amaliyotda qabul qilingan, tovar kelishilgan shartlarda
yetkazib berilayotganligini tasdiqlovchi «sof» hujjatni xaridorga
berish («sof» deganda o‘rash-joylash
mahsulotlarining
kamchiliklarini ko‘rsatuvchi izohlari bo‘lmagan hujjat tushu-
niladi);
— eksport qilayotganda olinadigan bojxona poshlinalari va
soliqlarni to‘lash;
— o‘z hisobidan eksport litsenziyasi yoki eksport uchun zarur
bo‘lgan boshqa hukumat qog‘ozini olish;
— xaridorga uning iltimosiga ko‘ra va uning hisobidan
tovarning o‘tishi va konsullik fakturasini olib berish («ko‘rfazdan»
degan shartlar bo‘lgan hollar bundan mustasno);
— xaridorning iltimosiga ko‘ra,
uning hisobidan va
tavakkali evaziga yuk jo‘natilayotgan mamlakatda va (yoki)
tovar ishlab chiqarilgan
mamlakatda xaridor uchun
belgilangan mamlakatga tovarni olib kirishda zarur bo‘lishi
ehtimol tutilgan (tegishli hollarda esa — uchinchi mamlakat
orqali tranzit ravishda olib o‘tish uchun) boshqa hujjatlarni
olishda yordam ko‘rsatish;
5 6
— tovarni bazis shartlarida ko‘rsatilgan joy va shartnomada
shartlashilgan muddatlarda
xaridor ixtiyoriga yetkazib
berishgacha bo‘lgan tavakkal va xarajatlarni o‘z bo‘yniga olish.
Xaridor barcha bazis shartlarida quyidagilarga majbur:
— shartnomada yoki tovarning hujjatlarida ko‘rsatilgan joy
va muddatda o‘z ixtiyoriga topshirilgan tovarni qabul qilib olish
va shartnomaga muvofiq baholarda tovar uchun haq to‘lashga;
— yetkazib berish muddatlari tugaganidan so‘ng, tovarni
o‘z vaqtida qabul qilib olmagani uchun tovar bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar va xavflarni o‘z bo‘yniga olish va ularni
qoplash;
— tovar jo‘natilayotgan yoki tovarni ishlab chiqargan
mamlakatda beriladigan hujjatlarni olish paytidagi barcha
xarajatlarni hamda yig‘imlarni to‘lash;
— agar yetkazib berish shartlarida boshqa holatlar nazarda
tutilmagan bo‘lsa, barcha bojxona bojlari, shuningdek, tovarni
olib kirishda yoki olib kirilayotgan tovarga qo‘yiladigan boshqa
bojlar va soliqlarni to‘lash;
— o‘zi tavakkal qilgan holda va o‘zining hisobidan
jo‘natilayotgan mamlakatga olib kirish uchun talab qilinishi
ehtimol tutilgan import litsenziyalari va boshqa ruxsatlarni olishni
ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: