R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020


-DARS Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik



Download 0,63 Mb.
bet18/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

7-DARS

Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik

REJA:

1. Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik mavzusida matn

2. O‘zbekistondagi muzeylar haqida taqdimot tayyorlash

3. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Tayanch so‘zlar: adabiyot, til, adabiy til, otlar, kelishik, qo‘shimcha, so‘z, muzey, tarix, kelajak, o‘tmish, termin, soha

1-topshiriq. Matnni o‘qing va muhim sanalarni qayd eting?

Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2001-yil 1-maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2002-yilning 31-avgustida ochildi. Mana o‘n ikki yildirki, xalqimizning o‘tmishi va bugunini o‘zida aks ettirgan mazkur muzey tobora boyitilib, shahar ahli va mehmonlarining aziz qadamjolaridan biriga aylandi.

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi milliy ma'naviyatimizning yuksalishida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylardan biridir., muzey ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun kerakli bo‘lgan ashyoviy baza yaratildi. Tegishli arxiv hujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar to‘plandi, respublikamizning barcha viloyatlaridagi o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan qatag‘on davriga oid eksponatlar, kerakli hujjatlar ishchi guruh a'zolari tomonidan muzeyga olib kelindi. Uning 2008 yilda yangilangan ekspozitsiyasida O‘rta Osiyo (Turkiston)ning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan tortib, bugungi kungacha bo‘lgan davr voqealari 10 ta bo‘lim orqali namoyish etilgan. Masalan, birinchi bo‘lim O‘zbekistonning mustamlaka davri tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakat mustaqilligi, erki va ozodligi uchun kurashlar davomida shahid ketgan xalqimizning minglab vatanparvar va fidoyi farzandlari xotirasi aks etgan. Istiqlol yo‘lida jonini qurbon qilgan ajdodlar haqidagi tarixiy haqiqatni aks ettirish, ular xotirasini abadiylashtirish muzey ekspozitsiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar” deb nomlangan bo‘lim 1991-yildan keyingi davrni o‘z ichiga olib, mustaqillik yillarida tarixiy adolat va milliy qadriyatlarning tiklanishi, istiqlol tufayli berilgan imkoniyatlar, yoshlar masalasidagi o‘zgarish va yangilanishlar dalillar asosida ko‘rsatildi. Yurtimiz faxriga aylangan, jahon maydonlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan iste'dodli, mahoratli yoshlar faoliyati ham ekspozitsiyalarda namoyish qilingan.

Shuningdek, mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi huzurida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi tuzilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha jamoatchilik ishini tashkil etish va komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishiga yordam berish, qatag‘on etilgan fidoyi vatandoshlarimizni nomma-nom aniqlashdir. Shu maqsadda bugun jamoatchilik komissiyasi tomonidan mamlakatimiz hududlarida tuziladigan ilmiy ishchi guruhlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shahid bo‘lgan yurtdoshlarimiz nomini abadiy saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muzey nafaqat qatag‘on qurbonlari haqida, balki mustamlakachilik siyosatidan aziyat chekkan xalqimiz kechmishi to‘g‘risida hikoya qiladi.

Darvoqe, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bilan bir qatorda Qibray tumanida Bo‘zsuvning Salar qo‘rg‘onidan o‘tgan joyida Birodarlik qabristoni barpo etilib, “Shahidlar bog‘i” tashkil etilgan. 1998-yili bu joy aholidan kelgan xatlar asosida o‘rganilganida bir paytlar ikkinchi qatlgoh bo‘lgani ma'lum bo‘ldi. Bu yerda 1942-1947-yillarda anchagina yurtdoshlarimiz qatl qilingan ekan. Shu bois viloyat hokimining qarori bilan 1 gektarlik yer ajratilib, “Shahidlar bog‘i” barpo etildi. Hozirda bu bog‘da 9-may - Xotira va qadrlash kuni, Navro‘z ayyomi sayl va marosimlar tashkil etib kelinmoqda.

O‘zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilish, ma'naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boyitishni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilab olgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2010-yilda “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, shuningdek, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan. Hozirda ushbu tashkilotlar hamkorligida mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insonlik sha'ni, g‘ururi toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini tiklash, mamlakatimiz tarixida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy voqealar va qatag‘on siyosatining salbiy oqibatlarini xolisona o‘rganish, fuqarolarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har yili muzeyda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Xotira boqiydir, qadr – muqaddas”, “Xotira abadiy, inson qadri azizdir”, “Ajdodlar xotirasi – muqaddas” mavzusida hamda 31-avgust –Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan turli tadbirlar shular jumlasidandir. Mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan yoshlar ajdodlarimizning ma'naviy jasoratidan ozuqa olib, mustaqillikning oliy ne'mat ekanligini yana bir karra his etishmoqda.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish