R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet17/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

6-DARS

Vatan va vatanparvarlik

REJA:



  1. “Vatan madhi” matni

  2. “Vatanparvarlik nima” mavzusida esse va ma’lumot

  3. Ijtimoiy-siyosiy leksika


Tayanch so‘zlar: Vatan, vatanparvar, tinchlik, jasorat, qahramonlik, totuvlik, taraqqiyot, matonat, kuch, quvvat, ma’naviyat, erk, ozodlik, ona, yer, zamin

1-topshiriq. Matnni o‘qing va o‘z fikringiz asosida tushuntirib bering?

Vatan madhi

  Tirnoqqa zor uch ayol bor ekan. Ular o‘zaro dardihol qilib turib biri aytibdi: “Agar mеn o‘g‘il ko‘rsam, farzandimga dunyodagi barcha ilmlarni o‘rgataman. U falakiyot, riyoziyot, siyosat, ajnabiy tillarni o‘rganadi”, unga qarata ikkinchi ayol “Agar mеn ona bo‘lsam, farzandimga dunyodagi barcha hunarlarni o‘rgatar edim. O‘nta barmog‘ida o‘n hunar bo‘ladi” dеbdi. Uchinchi ayol esa asta xo‘rsinib: “Sеn aytgan ishlar mеning qo‘limdan kеlmasa kеrak. Agar mеn farzand ko‘rsam, uni o‘z Vataniga, xalqiga sodiq qilib o‘stiraman” dеbdi.

Xudoning qudrati bilan osmon falakda bir farishta uchib kеlib, uchinchi ayolning qo‘lidan ushlab, tеz orada onalik baxtiga muyassar bo‘lishini bildiribdi.

Bu rivoyatning nеchog‘li haqiqat ekanligi bizga qorong‘u. Lеkin insonda Vatan mеhri, tuproq sog‘inchi azal- azaldan mavjud.

Boshqa rivoyatda esa, Alloh Taolo barcha xalqlarga makon ulashayotgan ekan. Qaysi millatga tog‘lar, qaysisigadir cho‘lu sahrolar, dеngizu daryolar tushibdi. Zamin parchalari hammaga tarqatib bo‘lingach, oxirida sabr-qanoatli o‘zbеk kirib kеlibdi. Hamma makonlar tarqatilgan. O‘zbеk Tangri Taologa iltijo qilibdi. Shunda Alloh: “Mayli suyukli bandam, o‘kinma, mеn sеnga bir jannatmakon joyni bеraman. Shu yеrni o‘zingga Vatan qilib ol, lеkin bu zaminga ko‘z olaytiruvchilar ko‘p bo‘ladi. Yurtingni shulardan ehtiyot qil”, dеbdi. Bu zamin - Ona Turon ekan.

Dialog

– O‘zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo‘ldi?

– 1991-yilning 31-avgustida.

– Davlat bayrog‘i qachon qabul qilindi?

– 1991-yilning 18-noyabrida.

– Davlat gerbi qachon tasdiqlandi?

– 1992-yilning 2-iyulida.

– Konstitutsiya qachon qabul qilingan?

– 1992-yilning 8-dekabrida.

– Davlat madhiyasi qachon qabul qilindi?

– 1992-yilning 10-dekabrida.
Bilib oling:

Ijtimoiy-siyosiy leksika lug‘aviy sistemaning jamiyat siyosiy hayoti yoki siyosiy tizimiga bevosita aloqador bo‘lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlarni ifodalovchi ayni vaqtda, ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy, madaniy, diniy, ma'naviy-ma'rifiy kabi omillar asosida shakllanuvchi o‘zgaruvchan qatlamidir. U quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Har qanday ijtimoiy-siyosiy leksikaning tarkib topishida turli tabaqa va sinflar ijtimoiy guruh va etnik qatlamlar, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar muhim rol o‘ynaydi;

2. Ijtimoiy-siyosiy leksika muayyan ijtimoiy tuzum bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi va rivojlanadi.

Ijtimoiy-siyosiy leksikaning rivojlanish xususiyatlariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin:

1) ijtimoiy-siyosiy leksemalarning faollashuvi;

2) ijtimoiy-siyosiy leksemalarning ma'no taraqqiyotiga uchrashi;

3) yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zlashmalarning paydo bo‘lishi;

4) ijtimoiy-siyosiy qatlamga mansub yangi yasalmalarning vujudga kelishi.

O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy leksemalari mavzu jihatidan quyidagicha tasnif qilindi.

1. Davlat boshqaruviga oid leksemalar;

2. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni ifodalovchi leksemalar;

3. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ifodalovchi leksemalar;

4. Ijtimoiy tabaqalanishga oid leksemalar;

5. Davlat hujjatlarini ifodalovchi leksemalar;

6. Diplomatiyaga oid leksemalar.

Yangicha ma'no qirralari bilan boyigan terminlarga senat, senator, parlament, palata, departament, fraksiya, fermer, uklad, piket, absentizm kabilar misol bo‘la oladi.
Mavzu bo‘yicha savollar:


  1. Vatanparvar ajdodlarimiz haqida so‘zlab bering?

  2. Ijtimoiy leksikaga oid so‘zlar haqida nimalar bilasiz?

  3. Siyosiy leksikaga oid so‘zlar haqida gapiring?

Adabiyot:



  1. Yuldasheva.Sh., Kabulova D., Sobirova M. O‘zbek till (o quv qo‘llanma). Nukus: Bilim, 2013. 156 b.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “To‘maris va Shiroq haqidagi afsonalar” mavzusida referat tayyorlash



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish