Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar, asosan kasb-hunarga doir so‘zlar va turmush uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni anglatuvchi so‘zlardir. Masalan parda, dushanba, anor, barg, bog‘, poytaxt, ro‘mol, farzand, bahor, dehqon, yakshanba, dastro‘mol, kaft, kift, qog‘oz, aft, bulbul, ro‘za, korxona, xo‘roz, dutor, bel, serhosil va boshqalar.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar, asosan, tilimizda 19-asrdan chor Rossiyasi istilosidan keyin paydo bo‘ldi. M: stol, stul, pero, ruchka, pechka, parta asl ruscha so‘zlar. Rus tilidan olingan so‘zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so‘zlar ham bor: buxgalter, soldat, ofitser (nemischa), vergul, palto, triko (fransuzcha), klub, tramvay, futbol, boks (inglizcha), tomat, limon, marmelad (ispancha) va boshqalar. O‘zbek tilidan ham boshqa xalqlar tillariga so‘zlar o‘tib, ular lug‘atini boyitgan: kishmish, anjir, uzum, xirmon, ketmon, g‘o‘zapoya kabi so‘zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |