Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet58/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Quruq usulda klinker siklonli issiq almashinuvchi reaktor-dekarbonizatorlarda bir texnologik tizimda 3000 tonnagacha klin­ker kuydiriladi. Bu usulda yoqilg'i hol usulga nisbatan 30–40% kam sarflanadi. Quruq usulda ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1–2% qoldiq namlikgacha maydalanadi.





5.3a-rasm. Aylanma xumdon, umumiy ko`rinishi


Kombinatsiyalashgan usulda ho'l usulsingari bo'lakchalar tayyorlanadi, quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda yoqilg'I ho' lusulga nisbatan 20-30% kam sarflanadi.
Kuydirish xumdoni (5.3a va 5.3b -rasmlar) po'latdan yasalgan, ichki tomondan olovga bardoshli maleriallar bilan qoplangan silindr.



5.3b-rasm. Aylanma xumdon:
1 - xom ashyo aralashmasi (shixta): 2 – issiq gazlar; 3 – aylana maxumdon;
4 – issiqlik almashinishini yaxshilaydigan zanjirli osmalar; 5 – harakatga
keltiruvchi qurilma; 6 – xumdonning suvli sovitish zonasi; 7 – alanga;
8 - forsunka vositasida yoqilg'i yuborish: 9 - klinker; 10 - sovitkich;
11 – tayanchlar.


Xumdonning uzunligi 150-185-230 m, diametri 4-5-7 m va 3,5-4° qiyalikda o'rnatilib, markaziy o'q atrofida daqiqaiga 0,5-1,4 marta aylanadi. Shlam yuqori qismdan solinib, pastki qismga harakatlanadi. Pastki qismdan gaz yoki ko'mir kukuni havo bilan birga yoqiladi va 1500°C gacha harorat hosil qilinadi.
Xumdon ichidagi jarayonlar haroratga qarab oltiga bo'linadi:

  1. Bug'lanish zonasida shlam tarkibidagi mexanik bog'langan suv 70-200°C haroratgacha qizdirilganda chiqib ketadi. Quritilgan material yirik bo'laklar xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib maydalanadi.

  2. Isitish zonasida 200-700°C haroratda organik aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bog'langan suv (kristallkimyoviy) yo'qotiladi va suvsiz kaolinit Al2O3 2SiO2 hosil bo'ladi.

  3. Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100°C gacha bo'lib, kalsiy va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi ko'p miqdorda erkin holda hosil bo'ladi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik bo'lgani uchun bu zonada katta issiqlik miqdori yutiladi.

Bu zonada giltuproqdan A12O3, SiO2 va Fe2O3 kabilar kinoksidlar hosil bo'ladi va ular CaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO∙Al2O3∙Fe2O3 va 2CaO∙SiO2 minerallarni hosil qiladi.
4. Ekzotermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250°C gacha bo'ladi. Bu zonada qattiq fazali reaksiyalar natijasida 4CaO∙Al2O3∙Fe2O3va 2CaO∙SiO2 hosil bo'ladi. Ekzotermik reaksiyalar natijasida harorat 150-200°C ga ko'tariladi.
5. Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450°C gacha ko'tarilib, yana 1300°C gacha kamayadi. Bu zonada hosil bo'lgan minerallar qisman eriydi, qayta birikib 3CaOSiO, hosil bo'ladi. 1450°C haroratda 2CaOSiO2 va CaO birikib alit hosil bo'ladi va klinker tarkibida erkin holatdagi CaO 0,5–1% qoladi. Erigan minerallar xumdon devorlarida to'xtovsiz dumalagani uchun soqqachalar hosil bo'ladi. Bu zonada haroratning 1300°C gacha pasayishi eritmaning
kristallanishiga va 3CaOAl2O3, 4CaO∙Al2O3Fe2O3 va MgO larning hosil bolishiga olib keladi.
6.Sovitish zonasida klinker harorati 1300°C dan 1000°C gacha pasayadi va C3S, C2S, C3A, C4AF va MgO hosil bo'ladi.
Klinker soqqachalar xumdondan to'q kulrangi yoki ko'kimtir kul rangida chiqadi. Klinker panjarali, rekuperatorli va boshqa turdagi sovitkichlarda 1000°C dan 100~200 °C gacha sovitiladi. Klinkerni tindirish uchun bir-ikki hafta oraliq omborlarda saqlanadi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish