4.8-rasm. Ikki va uch qatlamli shishapaketlar (a). Shishapaket tugunlarining konstruktiv yechimi – yclimlangan (b), kavsharlangan (d) va payvandlangan (e): 1 - shisha; 2 - havo (gazli) qatlam; 3 - tayanch ramkasi; 4 - yelimlovchi va ziclilashtiruvchi qatlam; 5 - qo'rg'oshinli qotishma asosidagi qatlam; 6 - shisha yuzidagi metallashtirilgan qatlam: 7 - kavsharlangan qatlam; 8 - shisha payvandlangan tugun.
Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko'p kamerali oddiy shishapaketlardan avzaldir. Ular ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20% issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni qaytarish faolligi ikki tomonlama bo'ladi, natijada xonada salqin havo saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shisha-paketda rezonans holati kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va ko'p kamerali shishapaketlarda ro'y beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalarda ishlatilsa ham shovqindan izolatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna o'rniga 6 mm, hatto 8 mm oyna ishlatiladi.
Shishapaket oynalarning issiqlik-fizik xossalari quyidagicha:
Shisha turi
|
Emissiya koeffitsiyenti
|
Issiqlik uzatish qarshiligi Ro, m2K/BT SPO (quruq havo)
|
Issiqlik uzatish qarshiligi R, m2 K/BTSPOAr
bilan
|
Oddiy shisha
|
2,85
|
0,35
|
0,37
|
Yumshoq qoplama
|
0,04
|
0,56
|
0,68
|
Qattiq qoplama
|
0,15
|
0,50
|
0.58
|
К – shisha (qattiq qoplamali shisha) – float shisha ishlab chiqarish jarayonlarida issiq oynaga metall oksidlari sepish usulida olinadi. Qoplama qattiq va uzoq muddatga chidamli bo'ladi. U yorug'likni yuqori darajada o'tkazadi, qishda issiqlikni kam yo'qotadi, laminatsiya, toblash va boshqa ishlovlarga molik sanaladi.
i – shisha (yumshoq qoplamali shisha) – shishaga vakuum-magnetron usulida kumush – energiya tejamkor qoplama sepiladi. Kumush sepilishi sababli shisha yuzasida electron o'tkazuvchan bo'lib, muayyan to'lqin uzunligidan yuqori holda elektromagnit nurlanish ushbu metal yuzasidan qaytadi. i – shisha yuqori energiya tejamkor, yorug'lik o'tkazuvchan, kam nur qaytaruvchi va ichki kondensatsiyali xususiyatlarga ega.
Kam emissiyali shisha oynali paketlar ishlatilganda uzun to'lqinli infraqizil nurlanish qisqaradi, issiqlik tashqariga chiqmaydi va xona ichiga qaytadi. Shu vaqtning o'zida qisqa to'lqinli issiq quyosh nuri kam emissiyali shisha orqali beto'xtov o'tish imkoniyati bo'ladi va xonani qo'shimcha isitadi. Umuman kam emissiyali shisha oynali paketlarni ishlatish energiya yo'qolishini 70% kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |