Qatronning xossalari. Toshko'mir qatronning zichligi o'rtacha 1,25 g/sm3. Qovushqoqligi tarkibida moylar va smolalar ko'payishi hisobiga kamayadi. Qatronlar yumshash harorati qiyin yumshaydigan bitumlarga nisbatan kam bo'ladi. Qatronlarning atmosfera muhitiga chidamliligi neft bitumlariga nisbatan past bo'ladi.
Uning biologik muhitlarga bardoshliligi bitumga nisbatan yuqori, tarkibida fenol bo'lishi ularga bakteritsidlik xususiyatini beradi.
10.4. Asfaltli qorishmalar va betonlar
Asfaltli qorishmalar va betonlar tayyorlashda neft bitumlari hamda kukun to'ldirgich asosidagi mikrokompozit asfalt bog'lovchi vazifasini o'taydi. Asfalt bog'lovchilar tarkibiga kiritilgan kukun
to'ldirgichlar bitum sarfmi kamaytirish bilan birga qorishma va betonlar yumshash haroratini oshiradi. Mineral kukun ohaktosh, dolomit, asbest, shlak, kul va boshqa tabiiy va sun'iy tosh materiallarini maydalab olinadi. Asfalt bog'lovchilar mustahkamligi bitum va kukun to'ldirgich nisbati va qotgan mikrokompozitning zichligiga bogliq bo'ladi. Bitum eritilgan holatida mineral kukun to'ldirgichlar yuzasida uzluksiz o'ta yupqa qatlam hosil qilishi optimal nisbatda bo`lganini bildiradi.
Hosil bo'lgan bunday fibrillar mikrostruktura asfalt asosida olinadigan kompozitsion materiallar xossalarini yaxshilaydi. Asfalt qorishma va betonlar uchun mayda to'ldirgich sifatida tozalangan tabiiy va sun'iy qumlar ishlatiladi. Ular tarkibidagi chang va loysimon aralashmalar miqdori massa bo'yicha 3% dan oshmasligi kerak.
Yirik to'ldirgich sifatida tog' va daryo shag'ali, zich hamda sovuqqa chidamli tabiiy toshmateriallar asosida olingan chaqiqtoshlar, metallurgiya donador shlaklari ishlatiladi. Ohaktosh, dolomit kabi cho'kindi tog' jinslari chaqiqtoshlari bitum bog'lovchisi bilan yaxshi yopishgani uchun keng ko'lamda ishlatish tavsiya etiladi. Chaqiqtosh sovuqqa chidamlilik bo'yicha markasi F50 dan kam bo'lmasligi kerak. Asfalt qorishmasi tarkibida bitum massa bo'yicha 9-11% ni tashkil etadi.. Qorishma zavod sharoitida maxsus isitiladigan qorgichlarda (140-170°C) tayyorlanadi. Ular qurilishda trotuarlar, sanoat binolari, omborxonalar pollarini qoplashda, yassi tomlarni gidroizolatsiya qilishda, plitali va parketli pollar uchun asos sifatida va boshqa joylarda ishlatiladi. Asfalt qorishmalari dastabki tekislagichlar bilan tekislanadi hamda mexanik kichik katoklar yordamida zichlashtiriladi.
Asfalt betonlar asfalt bog'lovchi, mayday va yirik to`ldirgichni sinchiklab aralashtirib, zichlashtirib tayyorlangan kompozitsion material.
Uning g'ovakligi 5-7%. G'ovakligi 5% dan kam bo'lgan zich asphalt beton suv o'tkazmaydi. G'ovaklikning me'yordan ortishi asfalt betonning suv shimuvchanligining ortishiga, sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab bo'ladi.
U biologik aktiv muhitlar (bakteriyalar) ta'sirida yemiriladi. Biologik muhitlarga bardoshlilikni oshirish uchun tarkibiga antiseptiklar qo'shish tavsiya etiladi. Asfalt betoni tarkibi uzluksiz tizimda, ya'ni boglovchi mayda to'ldirgich oraliq bo'shlig'ini to'ldirishi (10-15% ko'proq), qorishma esa yirik to'ldirgich oraliq bo'shlig'ini to'ldirishi (10-15% ko'proq) maqsadga muvofiq (10.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |