9.18- rasm. Akvapanelning tashqi ko'rinishi va tuzilishi.
9.19- rasm.Akvapanelning bo'ylama tugagan joyi
Akvapanel ichki plitalarining uzunligi va eni bo'yicha o'lchamlarining o'zgarishi ±3 mm, ±2 mm, qalinligi esa ±10%. Akvapanel tashqi plitalari uzunligi, eni va qalinligi ±0,2; ±0,2 va ±4% o'zgardi.
Akvapanel tashqi plitalari karkasli qurilishda, fasadlarni ta'mirlashda, tashqi shiftlarda ishlatiladi.
Akvapanellar asosga maxsus shuruplar bilan mahkamlangach, shpaklyovkalanadi, choklar berkitiladi, so'ngra oxirgi bezak qatlami surkaladi. Ular shpaklovkalangandan keyin bo'yaladi.
Akvapanelning o'lchamlari va asosiy xossalari 9.1- va 9.2-jadvalda berilgan.
9.1-jadval
Akvapanel plitalari o'lchamlari va hossalari
Ko'rsatgich
|
Akvapanel (ichki)
|
Akvapanel
(tashqi)
|
Eni, mm
|
900
|
900
|
Uzunligi, mm
|
1200
|
1200;2400;2500
|
Qalinligi, mm
|
12,5
|
12,5
|
Eni 900 mm li plita egilishining minima! radiusi, sm
|
3,0
|
3,0
|
Massa, kg/m2
|
15
|
16
|
O'rtacha zichligi, kg/irf'
|
1000
|
И 00... 1200
|
Massa bo'yicha suv shimuvchanligi, %, ko'pi bilan
|
20
|
15
|
Korxonadan chiqarish namligi, %. ko'pi bilan
|
4
|
4
|
Egilishidagi muslahkamlikchegarasi, MPa, kamida
|
7
|
10
|
Ishqoriyligi, pH
|
13
|
13
|
Issiqliko'tkazuvclianligi, W/(nrcC)
|
0,35
|
0.32
|
Bug' o'tkazuvchanligi, m-Pa/mg
|
-
|
0,3S
|
Yonuvchanlik guruhi
|
G1
|
G1
|
Sovuqqa chidamlilik, sikl
|
-
|
75
|
9.2- jadval
Plitalar o'lchamlari va o'lchamlarning ruxsat etilgan o'zgarishi,mm
|
1m2 yuzadagi plitalar soni
|
Plita massasi, kg ko'pi bilan
|
Uzunligi
|
Eni
|
Qalinligi
|
|
|
667+3
|
500+2
|
80+1 1100±1
|
3,0
|
33,4 41.6
|
900±3
|
300+2
|
80±1
|
3,7
|
27,0
|
Nazorat savollari
1. Avtoklav ishlov berishda qanday kimyoviy jarayonlar yuz beradi?
2. Silikat g‘ishti xomashyosi va xossalari.
3. Ko‘pik silikat va gaz silikat haqida aytib bering.
4. Gips asosidagi buyumlar to‘g‘risida aytib bering.
5. Gips qoplama listlar nima?
6. Asbosement buyumlar tayyorlash turlari.
7. Ksilolit va fibrolit buyumlar haqida gapirib bering.
X ВОВ
BITUMLI HAMDA QATRONLI BOG'LOVCHILAR VA
ULAR ASOSIDAGI MATERIALLAR
Tayanch iboralar: tabiiy bitum, neft bitumlari, cho‘ziluvchanlik, qattiqlik, gidroizolatsiya, ruberoid, folgaizol, izol, tol, mastika, emulsiya, asfalt qorishma, asfaltbeton, modifikatorlar, mineral qo‘shimchalar, suvga chidamlilik, teplofizik xossalar, termik destruksiya.
10.1. Umumiy ma'lumotlar
Tabiiy bitumli va qatron bino va inshootlar qurilishida qadimdan yer osti qismini, yog'och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatilgan. Ular Misr, Vavilon, Gretsiya, Markaziy Osiyo qadimgi shaharlarida ishlatilgani arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o'rtalaridan boshlab neft qazib chiqarish rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish materiallari ishlab chiqarish kengaygan. Bitumli materiallarga tabiiy bitumlar, asfalt jinslari, neft bitumlari va gudron kiradi.
Tabiiy bitumlar – qovushoq suyuqlik yoki qattiq modda uglevodorod birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iborat. Tabiiy bitumlar neftni yer qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida hosil bo'lgan; rangi qora yoki to'q jigar rang bo'ladi. Ular neft konlari atrofida toza holda yerosti ko'llari va linzalari sifatida (10.1-rasm), hamda ko'p hollarda cho'kindi tog' jinslariga (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan holatda uchraydi. Tabiiy bitum kamchil bo'lgani uchun qurilishda bitum loklari sifatida ishlatiladi.
10.1-rasm. Tabiiy bitum.
Asfalt jinslari - tabiiy bitum shimilgan ohaktosh, dolomit, qumtosh va shu kabilardir. Ulardan bitum ajratib olinadi yoki jinslar maydalanib, asfalt kukuni ko'rinishida qorishmalar va betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Neft (sun'iy) bitumlari- neft xomashyosini organik sintez jarayonidan hosil bo'ladigan mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab bitumlar quyidagi turlarga bo'linadi: neftdan (gudrondan) benzin, kerosin va moylar haydash yo'li bilan olingan qoldiq bitumlar; gudronga maxsus apparatlarda havo puflab (oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va neft moylarini yuqori haroratda krekinglanishi (parchalanishi) natijasida hosil bo'lgan kreking bitumlar.
Qatron toshko'mir, yog'och, torf, slanes va shu kabilar havosiz muhitda quruq haydash natijasida hosil bo'ladi.
Bitum va qatronni polimerlar, rezina, dispers t o'ldiruvchlarlar va shu kabi kiritib xossalari yaxshilanadi.
10.2. Bitumli bog'lovchi moddalar
10.2.1. Bitumlar tarkibi va tuzilishi
Bitumning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 70-80%, vodorod 10-15%, oitingugurt 2-9%, kislorod ]-5%, azot 0-2%. Ular uglevodorod radikallari va ularni oitingugurt, kislorod va azotli birikmalari ko'rinishida bo'ladi.
Bitum tarkibidagi asfaltenlardan smolalar va moylar bitumning barcha xususiyatlarini belgilaydi. Ular yuqori molekulali uglevodorodlar va ularning hosilalaridan iborat bo'lgan molecular massasi 1000-5000, zichligi 1 g/sm3 dan yuqori moddalar. Asfaltenlar tarkibida karbenlar, moylarda va organik erituvchilarda erimaydigan karboidlar bo'ladi. Bitumning qattiq qismini uglevodorodlar, parafinlar ham tashkil etadi.
Smolalar molekular massasi 500-1000, zichligi 1 g/sm3 atrofida bo'lgan to'q jigarrangli amorf moddalardir.
Moylar molekular massasi 100-500, zichligi 1 g/sm3 gacha bo'lgan uglevodorodlardan iborat moddalardir.
Bitum tarkibi jihatidan kolloid sistema bo'lib, asfaltenlar, smolalar va moylarda dispersiya holatida bo'ladi. Bitum tarkibida asfaltenlar (18-20 mkm) yadrolar hosil qiladi, atrofida esa smolalar va moylardan qobiqlar joylashgan.
Bitum tarkibida asfaltenlar ko'p qismni tashkil etsa, uning qattiqligi, yumshash harorati va mo'rtligi yuqori bo'ladi, moylar va smolalar ko'p qismni tashkil qilsa, aksincha bitum yumshoq va tez eruvchan bo'ladi.
Moylar va smolalarning molekular massasi past bo'lsa, bitumning plastikligi yuqori bo'ladi. Bitum tarkibida parafin miqdorining 5% ortishi past haroratlarda mo'rtligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |