namunalarinmg sarlavhalarini. bo'lim nomlarini, bob va ruknlarini ajratishda
foydalanilgan. Bulardan tashqari Turon xattotlari tomonidan nasriy qissalar. yilnoma
kabi asarlarni ko'chirish uchun rayhoni xatiga murojaat etilgan. Ba‘zan badiiy-adabiy
asarlar uchun shikasta, Qur‘on parchalari va diniy-ahloqiy mazmunli asarlar uchun
muhaqqaq.
qonunchilik hujjatlari, farmon va buyruqlar uchun tavqi. kundalik ish
yuritish yozishmalari va maktub-munshaot uchun riq‘o kabi xat turlaridan
foydalanilgan.
Sharq, shu jumladan, Turonzamin kitobat ishi negizida badiiy-tasviriy
vaemotsional-obrazli
o'ziga
xoslikvao'qishgaqulayliktalablarmi
hamda
kitob
boyligini ko'paytirish va bilim tarqatishga xizmat qiluvchi insonnina litimoiv-amaliv
faoliyati sohasini o'zida mujassamlashtirgan kitobat san'atining mustaqil tarmog‘iga
aylangan xattotlik san'ati ma'naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanar
edi. Miniatyura san'ati. qo'lyozmalarni bezash san'ati, sahhoflik va lavvohlik san‘ati
singari xattotlik san'ati va mehnati ham eng nufuzli sarTatlar
va kasblar qatoriga
kirardi. Kitob ustalari san‘atining ildizlari xalq amaliy ijodiga borib taqaladi.
Umuman olganda, bu san'atni kitobat ishining qadimgi tarixiy an'analari davomi deb
atash mumkin.
Xattotdan keyin qo'lyozma tayyorlash jarayonining navbatdagi ishiga musavvir.
naqqosh kasbidagi san'atkor kirishgan. Ijodiy faoliyati asosan serbezak asarlarda aks
etsa ham, naqqoshu musavvirlar kitobat ishida alohida o'rin tutganlar. Mo"jaz surat
(miniatyura) dastlab ingichka, nozik ochilgan qalam uchidaqora bo'yoq bilan boiajak
rasmchizgilarini, uning ishtirokchilari qiyofasini. kiyim. imorat, manzara, ko'plab
turmush, hayot lavhalarini xomaki chizib olishdan boshlanadi.
XVIII asrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy tanazzul qishloq va
shaharlar hayotida chuqur tushkunlik paydo qildi. Bu hoi miniatyura
rassomchiligiga ham ta‘sir etdi. Go'zal san'at o'z ixlosmanlarini yo'qotib
qo'ydi. Faqatgina XIX asrga kelib shahar madaniy hayotining jonlanishi
munosabati bilan kitobat va kitob mo‖jaz suratchiligi (miniatyurachilik) yana
qayta uyg'onib. jonlana boshladi. Ijro uslubi va tamoyillariga ko‗ra qo'qonlik
rassom Mirzo Kosoniy Munshiyning Alisher Navoiy «Xamsa»siga chizgan
miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bu kitob 1824 yilda Qo'qonda
ko'chirilgan va hozir O'zbekiston FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida asralmoqda.
Kotib ko'chirgan kitob rassom miniatyuralarining varaqalari bilan birga
lavvoh qo'liga tekkan. Lavvoh kitob tuzuvchi san'atkor bo'lib varaqlarni
birlashtirish, daftarlash, tikib yig'ish bilan kitob jildiga tayyorlagan.
Lavvohning san'ati yaxlit holda kitob bilan bog'liq bo'lgan. Bu kasb ustasi
ijodining mahsuli barcha sahifalar yuzasi, hoshiyalar.
sahifa matni orasida
maxsus qoldirilgan bo'shliqlar. ba'zan kotib zarvaraq uchun qoldirgan juft
varaqlar. unvon. sarlavha. oraliq lavhalar. lugallanmalar uchun qoldirilgan
joylarda to'la-to'kis yuzaga chiqqan.
Lavvoh odatda birinchi galda qo'lyozma sahifalarini, ba'zan matn
ustunlarini rangli chiziqlarda ishlanadigan jadval ichiga olgan. Hoshiyalar
rangli bo'lishi lozim bo'lgan hollarda lavvoh avval oq qog'oz sahifasidagi
matnni jadvalga olgan. so'ngra kerakli rangli
hoshiyani tanlab ohista
yopishtirib chiqqan. Hoshiya bilan matn jadvali orasida hosil bo‘lgan chok
ustidan chiroyli qo‗sh chiziqli chilvir tasvir chizilgan va yagona rang -
barangto'g'ri to'rtburchak matn maydoni va sahifa bo'lib shakllangan.
Qo‘lyozma kitobni yaratish va badiiy bezash jarayonini muqovasoz-
sahhof yakunlagan. Bu kasb egasi kitob varaqlarini yig'ib sahifalagan.
birlashtirib tikkan va muqovaga olgan. Muqovaning bi r necha unsurlari,
qismlari boigan: ustki va ostki qopqog'i. qobirg'asi bo'lgan. Qobirg‗a qismi
kitob to'plamini birlashtirib qopqoqlari orasiga siqib turgan. Muqovaning asl
maqsadi
undagi matnni, qolaversa, kitob materiali - charm. qog‗oz va
bosliqalarni namdan va turli buzilishlardan asrashga qaratilgan. Muqova
qopqogMari yog‗och taxtachadan, pape- mashedan yasalib, ustidan charm yoki
mato qoplangan.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan kitob tayyorlash texnikasi Qo‘qon xonligida
ham shu shaklda amalga oshirilgan bo‘lib, qo‘qonlik mohir kitobat san‘ati
vakillarining say-harakatlari natijasida yuksak taraqqiy etib brogan. Quyida
anashunday san‘at asarlarining bir qismini tahlil etib ko‘rsak.
Qo‗qon xonligida yozilgan eng birinchi tarixiy asar SHermuhammad Akmal
Xo‗qandiyning «
Do'stlaringiz bilan baham: