Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI



QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI 
 
1. Bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar 
1.1. Qo‗qon xonligida madaniy hayot va uning kitobat bilan bog‗liq jihatlari. 
1.2. Qo‗lyozma kitoblarni bezash va ular turlari. 
2. Bob. Qo‘qon xonligida qog‘oz hunarmandchiligi, xattotlik san’ati 
2.1. Xonlikda qog‗oz ishlab chiqarishini yo‗lga qo‗yilishi. 
2.2. Qo‗qon xattotlik maktabi va uning kitobat san‘atiga ta‘siri. 
3. Bob. Qo‘qon xonligida kutubxonachilik, qo‘lyozma va toshbosma asarlarning 
tahlili 
31. Xonlikda tashkil etilgan kutubxonalar va ularning taqdiri. 
3.2. XIX asrda Qo‗qonda yozilgan qo‗lyozma asarlarning tahlili. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati 
Ilova 


Kirish: 
Mavzuning dolzarbligi.
Bugun milliy madaniyatimiz, ilm-fan, adabiyot va 
san‘atimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‗shgan ma‘rifatparvar ajdodlarimizning boy 
merosini o‗rganish, targ‗ib etish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu 
shuuriga singdirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qisqa, lekin sermazmun vaqt ichida 
keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yurtboshimizning Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Samarqand 
viloyatlariga tashriflari davomida joylardagi buyuk allomalarning muqaddas 
qadamjolarini obod qilish, ularning hayoti, boy ilmiy-ma‘naviy merosini chuqur 
o‗rganish, keng jamoatchilikka yetkazish bo‗yicha ko‗rsatmalar berildi. Shu bilan 
birga, asrlar davomida ma‘naviy boyligimizni o‗zida mujassamlashtirgan qo‗lyozma 
asarlarni topish, tadqiq etish va nashrga tayyorlash hozirgi kunda dolzarb 
masalalardan biridir. Bunday ulkan meros yangi avlodlarga katta ilm manbai hamda 
kelajakdagi tadqiqotlar uchun muhim qo‗llanma sifatida xizmat qiladi. Binobarin, 
respublikamiz qo‗lyozma fondlarida 100 minglab qo‗lyozmalar saqlanmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‗p asrlik madaniy va ilmiy 
yutuqlarimiz aks etgan yozma yodgorliklarni saqlash, o‗rganish va targ‗ib qilishga 
katta e‘tibor berilmoqda. 
O‗zbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo bo‗yicha eng boy qo‗lyozma 
meros jamlangan bo‗lib, uning salmoqli qismi O‗zbekiston Fanlar akademiyasining 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Har biri ulkan 
ma‘naviy obida, madaniyat durdonasi bo‗lgan bu qo‗lyozmalar fondi jahon 
miqyosida beqiyos ahamiyatga ega bo‗lgan bebaho xazinadir. Mazkur fond 2000-
yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon 
madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. Institutning qo‗lyozmalar fondi oltita alohida 
bo‗limdan tashkil topgan bo‗lib, arab, fors, eski o‗zbek tili va boshqa sharq tillarida 
bitilgan 26 ming jild qo‗lyozma, 39 ming jild toshbosma kitoblar va 10 mingga yaqin 
tarixiy hujjatlardan tashkil topgan. 


Milliy o‗zlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini ta‘minlash, ulkan yozma 
merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma‘naviy 
qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‗ib qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi. 
Ushbu qaror yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat 
ruhida tarbiyalash hamda O‗zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga 
ulkan hissa qo‗shgan mamlakat sifatidagi xalqaro obro‗-e‘tiborini yanada 
mustahkamlash, boy yozma merosimizni saqlash, o‗rganish va keng targ‗ib qilish 
ishlarini yangi sifat bosqichiga ko‗tarishga yo‗naltirilgan. 
Dunyo miqyosida qo‗lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilishga bo‗lgan 
e‘tiborning tobora ortib borayotganini hisobga oladigan bo‗lsak, qarorda Institutning 
foto va restavratsiya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‗zda 
tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarning samarali yo‗lga 
qo‗yilishi qo‗lyozmalarning umrini uzaytirish va ushbu laboratoriyalarni 
O‗zbekistondagi boshqa mavjud fondlar uchun namunaviy peshqadam restavratsiya 
maydoniga aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qadimiy yozma manbalar 
bilan ishlashning o‗ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va 
ko‗nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‗lyozmalarni 
restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‗ullanuvchi xodimlarini moliyaviy 
rag‗batlantirish choralari ham belgilangan. 
Qarorda o‗z yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — bu boy va 
turfa yozma merosimizni namoyish etish maqsadida Institutning Sharq qo‗lyozmalari 
muzeyini yaratishdir. Muzeyda qo‗lyozmalar fondida mavjud kolleksiyalarning eng 
yorqin namunalari namoyish etiladi. 
Ushbu qaror davlatimiz tomonidan ilm-fanning rolini kuchaytirish, 
mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, akademik institutlarning 
moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tizimli 
va ilmiy asosda saqlash bo‗yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning 
mantiqiy davomi bo‗lib, u barchamizni boy ma‘naviy merosimizni ko‗z 


qorachig‗idek asrash, uni bugungi va kelajak avlodlar uchun xizmat qildirishga da‘vat 
etadi
1

O‗zbek xalqi davlatchilik tarixining ajralmas qismi sanaladigan madaniy hayot 
tarzini o‗rganish bugungi kunda ham dolzarb ilmiy yo‗nalishlardan birini tashkil 
qiladi. SHu ilmiy yo‗nalish doirasida so‗nggi o‗rta asrlar va yangi zamonda mavjud 
bo‗lgan xonliklar madaniy hayoti tarixini tahqiq etish alohida o‗rin egallaydi. 
XVI asrdan XX asrning boshlarigacha Markaziy Osiyoda temuriylar 
saltanatining parchalanishi natijasida uchta davlat − Xiva xonligi, Buxoro xonligi va 
keyinchalik shakllangan Qo‗qon xonligi o‗zbek davlatchilik tarixida muhim o‗rin 
egalaydilar. Bu davlatlarning alohida tuzilma shaklida muayan hududlarda paydo 
bo‗lib shakllanishi bir tamondan ijobiy bo‗lsa, ikkinchi tarafdan ularning o‗rtalarida 
doyim bo‗lib o‗tadigan urush va nizolar ularni zaiflashtirib yuborgan. O‗tmish tarixni 
yaxshi bilgan birinchi prezidentimiz shu davrga baho berar ekan, jumladan, shunday 
deganlar: 
«Tariximiz sahifalari shundan dalolat beradiki yurtimiz rivoji hamma 
zamonlarda ham bir tekis kechmagan. Ayniqsa, temuriylar hukmronligidan so‗ng, 
yani XVII asrdan XX asrgacha bulgan davrda Turkiston zamini siyosiy parokandalik, 
jaholat va qoloqlikka yuz tutdi. Uch xonlikka bo‗linib ketgan mintaqa uzoq muddat 
o‗zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat 
iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqta nazaridan balki ijtimoiy-manaviy fikr 
rivojida ham ko‗p salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani barchamizga yaxshi malum»
2

XVIII asrda Farg‗ona vodiysida paydo bo‗lib, alohida davlat sifatida 
shakllangan uchta xonlikdan biri Qo‗qon xonligi hisoblanadi. Mazkur davlatning 
hududlari XIX asrning o‗rtalariga kelib katta hududda quloch yoydi. Uning tarkibiga 
butun Farg‗ona vodiysi, Toshkent vohasi, Janubiy Qazog‗iston, bugungi 
Tojikistonning shimoliy va sharqiy hududlari, SHarqiy Turkiston kirgan. Xonlik 
Buxoro amirligi, Xiva xonligi (Sirdaryo quyi oqimida), Rossiya (Qozoqiston erli 
aholisi Rossiya podshosi tobeligiga o‗tganlaridan keyin), Xitoy bilan chegaradosh 
1
(O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 21-son, 389-modda; Qonun hujjatlari ma‘lumotlari 
milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son) 
2
Каримов И.А. Юксак маънавият − енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. − Б. 50. 


bo‗lib, ular bilan faol diplomatik munosabatlar, savdo-sotiq aloqalarni olib borgani 
ma‘lum. Qo‗qon xonligi alohida davlat sifatida Markaziy Osiyoning siyosiy, 
iqisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida katta rol uynagan. So‘ngi vaqtlarda mazkur 
davlatning tarixi, uning o‗sha davrdagi geopolitik o‗rni, xonlikda bo‗lib o‗tgan tarixiy 
jarayonlar tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Jumladan, xonlikning 
siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti, moddiy tarixi, ilm-fanning holati, me‘morchilik, 
ma‘naviy hayot, san‘at va h. maxsus tadqiqot manbaiga aylangan bo‘lib, bu borada 
tadqiqotchilar tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ammo Qo‘qon xonligi 
davridagi kitobat san‘ati va uning rivojlanish bosqichlari haligacha maxsus tadqiqot 
ishi uchun tasdiqlanmay, faqatgina ayrim ma‘lumotlar berish bilangina 
kifoyalanilmoqda. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish