Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar


NOTA BENE!   Zaruriy mudofaa



Download 171,5 Kb.
bet4/29
Sana31.12.2021
Hajmi171,5 Kb.
#203319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
niyozova

NOTA BENE!

 

Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya`ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog`ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo`lsa, jinoyat deb topilmaydi.

Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof hisoblanmaydi, chunki hayotga, sog`liqqa, jinsiy erkinlikka, mulkka va boshqa jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan obyektlarga qilingan tajovuzlardan himoya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi va zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.

Har bir fuqaroning o`zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va qonun bilan qo`riqlanadigan har qanday boshqa ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish huquqi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 27- va boshqa moddalarida) mustahkamlab qo`yilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida Respublika fuqarolari sha`ni va obro`siga, hayoti va sog`lig`i, shaxsiy hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga qarshi tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning sha`ni va obro`siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani hal etish uchun rahbariy ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida birinchi marta har qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki hokimiyat organlariga yordam so`rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o`zga yo`sinda qutulish imkoniyati bor-yo`qligidan qat`i nazar, to`g`ridan to`g`ri zaruriy mudofaani qo`llash huquqiga egaligi belgilab qo`yiladi (Jinoyat kodeksi 37-moddasining 3-qismi). Haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda jinoyat qonun bilan qo`riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzdan qochib qutulish orqali emas, balki jinoyatning oldindani olishga qaratilgan qat`ilik bilan qilingan harakatlar orqali erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuzlardan himoya qilish huquqini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi himoya huquqi bilan ta`minlangan manfaatlarga qarshi qasddan, shu bilan birga birgalikda, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir.

Fuqarolarning sha`ni va qadr-qimmati jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadi, ushbu obyektlarga qilingan tajovuz jinoyat deb topiladi (Jinoyat kodeksi 139,140-moddalari). Shuning uchun jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi shartlariga rioya qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan himoya qilinishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi 1996-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta`minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo`llanilishi to`g`risida”gi qarorining 1-bandida ham shunday nuqtayi nazar nazarda tutilgan.

Jinoyat huquqi nazariyasida, mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli tajovuzlardan qonun bilan mustahkamlangan shartlarga rioya qilib amalga oshiradigan harakatlari faqat qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarni himoya etish maqsadida amalga oshirilgan bo`lsa, zaruriy mudofaa deb topilishi lozim.

Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazish orqali himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda ham ahamiyatga egadir. O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining yuqorida nomi keltirilgan qarorida ayrim sudlar tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib qutulish, boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so`rab murojaat qilish yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo`lsa, bunday tajovuzga qarshi faol ravishda mudofaalanish huquqiga ega bo`lmaydilar, degan noto`g`ri fikrga asoslanadilar deb ta`kidlanadi. Shu munosabaat bilan Plenum sudlar shuni e`tiborga olishlari kerakki, fuqarolar qonun talabiga muvofiq ijtimoiy xavfli tajovuzdan qochib qutulish yoki boshqa usullar bilan saqlanish imkoniyatiga ega bo`lishlaridan qat`i nazar, tajovuz qiluvchiga zarar yetkazish yo`li bilan aktiv himoyalanish huquqiga egadirlar, deb ko`rsatilgan1[69].

Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat hisoblanmaydi, chunki u ijtimoiy xavfli bo`lmay, aksincha, ijtimoiy foydali harakatdir.

Zaruriy mudofaada ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo`qligi shundaki, zaruriy mudofaani qo`llash orqali shaxsning hayoti, sog`lig`i, jinsiy erkinligi (daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf qilinib, kelib chiqishi mumkin bo`lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Tajovuz qiluvchining hayoti va sog`lig`i tajovuz vaqtida qonun bilan qo`riqlanmaydi.

Zaruriy mudofaani qo`llash har bir shaxsning shaxsiy huquqidir va bunday huquqni amalga oshirish faqat uning o`zigagina bog`liq bo`lib, bu huquq zaruriy mudofaani qo`llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim turkumdagi shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo`llash shaxsning yuridik majburiyati hisoblanadi. Bularga qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatib qo`yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, odamlarni qutqarish, jamoat tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar kiradi.

Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining kiritilishi, qonun himoyasidagi manfaatlarni g`ayriqonuniy tajovuzlardan mudofaa qilishda har bir fuqaroning faol qatnashishini ta`minlash maqsadiga xizmat qiladi..

Zaruriy mudofaani qo`llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan obyektlarga (shaxsga, davlat va jamoat manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir.

Shaxsning o`ziga yoki boshqa shaxslarning manfaatlariga jinoiy tajovuz qilinganligi zaruriy mudofaani qo`llashning asosi bo`lib hizmat qiladi.

Qonunda jinoyatning subyekti yoshiga yetmagan yoki aqli noraso shaxslarning ijtimoiy xavfli tajovuziga nisbatan ham zaruriy mudofaaning qo`llanishiga yo`l qo`yiladi.

Shuningdek,, qonunda birinchi marta (Jinoyat kodeksi 37-m. 4-q.) zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo`zg`atish zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko`rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar nazarda tutilganki, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish maqsadida uning “jig`iga(asabiga) tegadi, keyinchalik u bilan hisob-kitob qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi.

Bunday hollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qarorida shaxs o`zining g`araz niyatlari (urishish, azob berish, o`ch olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo`lgan bo`lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo`sinda qilingan deb topish mumkin emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda kvalifikatsiya qilinishi lozim deb ta`kidlangan.

Zaruriy mudofaaning mohiyati shunda namoyon bo`ladiki, qonun muhofazasidagi manfaatlarga qarshi qaratilgan g`ayriqonuniy tajovuzdan mudofaalanuvchi tajovuz qiluvchiga shunday zarar yetkazadiki, yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa instituti bo`lmaganida jinoiy javobgarlikka sabab bo`lardi.

Aynan shuning uchun zaruriy mudofaaning qonuniy yoki g`ayriqonuniyligi jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga muayyan zararning yetkazilishi mudofaalanuvchining qilmishi tufayli vujudga kelgan ijtimoiy xavfning oldindani olibgina qolmay, agar u qonunda belgilab qo`yilgan talablarga javob bersa, bunday faoliyatning ijtimoiy foydali, deb ham topilishiga ham asos bo`ladi.

Zaruriy mudofaa tajovuz va himoyadan iborat ekanligi sababli uning huquqiyligi shartlari ham tajovuzdan zaruriy mudofaalanishning huquqiy shartlari va himoyaga xos zaruriy mudofaaning huquqiy shartlariga bo`linadi. Shunday qilib, zaruriy mudofaa institutining yuridik tabiati to`g`risidagi masalaga ikki xil yondashuv mavjud:

Birinchidan, bu masalani amaldagi konstitutsiyaviy, ma`muriy, jinoyat qonunlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib hal etiladi.

Ikkinchidan, bu fikr zaruriy mudofaa qanday amalda bo`lishi kerak, ya`ni bu institut qanday tartibga solinishi kerak, qaysi soha qonunlari bilan mustahkamlanishi kerak, degan nuqtayi nazardan kelib chiqadi.

Tajovuzga nisbatan yetkazilgan zarar o`z-o`zidan ham zaruriy mudofaaning qonuniyligini ko`rsatmaydi. Zaruriy mudofaa qonuniy bo`lgan deb topish uchun jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari deb atalgan bir qancha shartlar mavjud bo`lishi lozim.

Zaruriy mudofaaning huquqiy shartlarini ikki guruhga:

1) tajovuzga nisbatan;

2) mudofaaga nisbatan bo`lish mumkin.

 


Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish