Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Kasbiga qiziquvchi xodim.
U o’z kasbiy salohiyati, bilim va 
imkoniyatlarini namoyon etishni mehnat faoliyatining asosiy maqsadi, deb 
tushunadi. Uni, asosan, mehnatning mazmuni va ish xususiyati qiziqtiradi. 
Bunday xodimlarga o’z kasbidan faxrlanish xos.
Vatanparvar.
Bu toifadagi xodimlarning mehnatga qiziqishi 
insonning g’oyaviy va insoniy qadriyatlari - korxonaga sodiqlik, tenglik, 
adolat, ijtimoiy uyg’unlik va boshqalarga asoslangan.
Xo’jayinlik tuyg’usi.
Mazkur toifa xodimlari uchun eng asosiysi 
mulk, boylik, moddiy ne’matlarni ko’paytirishdir. Ular uchun tashqi 
qiziqtirish deyarli kerak emas. Ana shu shaxslarning ehtiyojlari amalda 
cheksizdir.
Lyumpenlashgan xodim
moddiy ne’matlarni bir tekischilik asosida 
taqsimlash tarafdorlari bo’ladilar. Ularga hasadgo’ylik xos bo’lib, bu 
shaxslar jamiyatda ne’matlar taqsimotidan hamisha norozi bo’lib yuradilar. 
Bu toifa xodimlar mas’uliyatni o’z zimmasiga olishni, mehnatni tashkil 
etishning individual shakllarini yoqtirmaydilar.
Mehnatga qiziqtirish ish samaradorligining eng muhim omilidir va shu 
sifatda xodimning 
mehnat salohiyati 
asosini tashkil etadi.
Mehnat salohiyati psixofiziologik salohiyat (insonning qobi-liyati va 
qiziqishlari, uning sog’ligining ahvoli, mehnatga layoqati, chidamliligi, 
asab tizimining turi) hamda shaxsiy (qiziqish) salohiyatidan iboratdir. 
Insonning bu qobiliyatlari va imkoniyatlari mushtarakligida qiziqtirish 
salohiyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ana shu qiziqtirish salohiyati 
xodim o’zini qanday rivojlantirishi va mavjud imkoniyatlarini mehnat 
faoliyat jarayonida naqadar samarali foydalana olishini belgilab beradi.
Mehnat faolligini oshirishda
rahbar va ijrochi o’rtasidagi 
munosabatlarning huquqiy asosi
katta rol’ o’ynaydi. Ana shu asos 
xodimga aniq belgilab qo’yilgan huquqiy me’yorlar chegarasida mehnat 
jarayonini amalga oshirishni mustaqil tanlash huquqini beradi.
Bunda mehnat munosabatlarining huquqiy asosi ishlab chiqarishda 
yakka rahbarlik tamoyiliga zid emas. Mehnat sohasida boshqaruvning 
huquqiy uslublaridan foydalanish huquq va mas’uliyatning 
aniqtaqsimlanishiga aoslangan bo’lib, xodimni ham ma’muriyat, ham 
354


jamoa tayziqlaridan himoya qilinganligining zarur sharti hisoblanadi.
Korxonalar iqtisodiy mustaqilligi belgilab qo’yilgan. O’zbekiston 
Respublikasi iqtisodiy sharoitida mehnat munosabatlarining huquqiy 
asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyatga egadir. Ma’muriy 
buyruqbozlikka asoslangan sho’rolar davridagi iqtisodiy sharoitda 
korxonalarning butun faoliyati yuqori tashkilotlar izmida edi. Ana shu 
yuqori tashkilotlar korxonalarga reja topshiriqlarini, xom ashyo, butlovchi 
qismlar miqdorlarini, xullas hamma-hamma narsalarni qat’iy belgilab 
berar edi. Ana shunday holatda rahbarlar va ijrochilarning iqtisodiy 
mafaatdorligiga taalluqli, tabiiy hisoblangan ichki ishlab chiqarish 
ziddiyatlari taraqqiyot manbai vazifasini o’tay olmay qolardi. Chunki 
rahbarlar manfaatdorlik omili mavjud emasligi sababli mehnatni tashkil 
etish va mehnat sharoitini yaxshilash to’g’risida ortiqcha kuyunmasdilar, 
xodimlar esa mehnat sohasidagi kuch-g’ayratlarini oshirishga intilmas 
edilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa mutlaqo boshqacha manzaraga duch 
kelinadi. Bu holda rahbar va ijrochi manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning 
kuchayishi va bevosita ana shu ziddiyatlarning hal etilishi orqali mehnat 
samaradorligi ta’minlanadi. Ana shunday vaziyatda mehnat 
munosabatlarining huquqiy asosi ziddiyatlarning hal etilishi insonparvarlik 
ruhida, qonun doirasida kechishi kafolati bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni insoniylashtirishga

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish