Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Ijtimoiy to’lovlar.
Ular ta’til, shu jumladan ijtimoiy ta’tillar, 
malaka oshirish, hayotni sug’urta qilish va shu kabilar uchun to’lovlardan 
iboratdir.
6.
Korxona aktsiyalari bo’yicha dividendlar (foydaga sheriklik). 
Bu xodimlarni moddiy jihatdan rag’batlantirishning juda muhim usuli 
bo’libgina qolmasdan, qator hollarda mulkka egalikning o’zgarishiga (agar 
korxona aktsiyalarining salmokli ulushi xodimlar tomonidan sotib olinsa) 
olib kelishi mumkin.
Kompaniya va firmalar aktsiyalarining o’z xodimlariga sotilishi bir-
biri bilan bog’liq ikki: kompaniya va firma hamda personal manfaatlarini 
birlashtirish, iqtisodiy - xodimlar mablag’larini ishlab chiqarishni 
rivojlantirish uchun jalb qilish maqsadiga xizmat qiladi.
Personalning korxona kapitalidagi ishtirokining 
quyidagi shakllari 
mavjud:
-
bepul aktsiyalar;
-
aktsiya kursidan muayyan foiz chegirmasi bo’lgan oddiy 
363
Eng ko’p ish haqi 
(maxsimum)
Eng kam ish haqi 
(minimum)
Baza stavkasi 
Ma’sulyat darajasining oshishi
9.17-rasm. Baza stavkasining hodim ma’sulyati bilan o’zaro 
bog’liqligi


aktsiyalar;
-
korxona aktsionerlari umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini 
bermaydigan imtiyozli aktsiyalar;
-
xodimlarning pay shaklida ishtirok etishi ko’zda tutilgan 
jamiyatlarni tashkil qilish;
-
aktsiyalarga opsionlar;
-
faoliyat yakunlari bo’yicha, ishtirok etish birligiga aktsiyalar va 
hokazolar.
Pensiya ta’minoti.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida 
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi 
tayinlanishi belgilab qo’yilgan.
Yoshga doir pensiya 
sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: 
erkaklar - oltmish yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma 
besh yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to’lgan 
bo’lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo’lmagan takdirda 
tayinlanadi.
Pensiya sug’urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya 
yoshi kam bo’lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo’lganda 
ham tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi
sug’urta qilingan xodimlarga - nogironlik 
mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib 
chiqqan bo’lsa, mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar, nogironlik 
boshqa sabablar tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat 
stajiga ega bo’lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati 
sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga 
bog’liq bo’ladi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki 
kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobi-liyatsiz oila 
a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar 
tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga 
muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday 
mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga 
qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo’lgan sug’urta 
qilingan xodimlarga (boquvchisini yo’qotgan hollarda esa - ularning oila 
a’zolariga) ularning o’zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
1
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi ham 
tashkil etilgan bo’lib, u fuqarolarni keksalik paytida moddiy jihatdan 
qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar 
364


bilan birga xodimlar o’z ish haqlaridan hamda korxonalar mablag’lari 
hisobidan tegishli badallar o’tkazib turishlari mumkin.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish