«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
195
OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI
Yuldashev Mirzohid Maxmudjonovich, magistrant, Andijon mashinasozlik
instituti, e-mail: yuldashevzohid@gmail.com
Annotatsiya.
Аxborot texnologiyalarining muntazam rivojlanib borishi va
taʼlim jarayoniga zamonaviy raqamli texnalogiyalar oʼqitish va masofaviy taʼlimni
tashkil etish masalalari koʼrib chiqilgan.
Kalitli soʼzlar:
Masofaviy taʼlim, auditoriya mashgʼulotlari, mustaqil taʼlim,
taʼlimiy texnologiyalari, taʼlim sifati, taʼlim jarayoni aniq vaqti, taʼlim jarayoni
manzili, taʼlim jarayonini boshqarish, ommaviy onlayn ochiq kurslari.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari insoniyat hayoti va faoliyatining
barcha jabhalarida asosiy oʼringa ega. Bu oʼzgarishlar turli sohalarning rivojlanishi,
insonlarning kasbiy va shaxsiy oʼsishi kabi ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Jumladan, taʼlimda ham axborot kommunikativ texnologiyalarning ahamiyati katta.
Bu borada yurtimizda Prezident qaror va farmoyishlari, oliy taʼlim vazirining
buyruqlari qabul qilinyapti. Oliy taʼlim muassalarida taʼlim jarayoniga “Moodle
elektron taʼlim tizimi”ni joriy etilishi, onlayn kurslari tashkillashtirilishi, aralash
(blended) kurslarni tatbiq etilishi, ochiq resursli (MOOC – Massive Open Online
Course)
1-rasm.
kurslarni faoliyat olib borishi mamlakatimizda raqamli
texnologiyalarni taʼlim sohasini rivojlantirayotganligiga yaqqol misol boʼla oladi.
Taʼlim oluvchilarning xalqaro miqyosda harakatlanishi, maʼlumotlarni izlash va
saralash, istalgan joyda va vaqtda bilim olish va boshqa koʼpgina afzalliklar raqamli
texnologiyalarni taʼlimda qoʼllashni qulay ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy
texnologiyalarning taʼlim olish va oʼqitishda taʼlim beruvchi va oʼrganuvchining
faoliyatini yengillashtirish, jarayonni qiziqarli qilish, baholash, axborotlarni
saralash, boshqarish, maʼlumotlarni birlashtirish, muloqot qilish, ular va ota-onalar
orasidagi aloqalarni rivojlantirish, oʼqituvchilararo hamkorlik, kasbiy rivojlanish
kabi maʼlum maqsadlari mavjud. Taʼlim sohasidagi bu tendentsiyaning vazifasi
nafaqat taʼlim beruvchi va oʼquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish va
axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalana olishi, balki oʼrganuvchilarni
mustaqil va ijodiy fikrlashga, oʼz fikrini namoyon qila olishga undaydi. Bu borada
YuNESKO va NMC Horizon media konsortsiumining hisobotiga asosan raqamli
savodxonlikning taʼlimning ajralmas qismiga aylanib borayotganini sababi sifatida
uning taʼlim oluvchida hayotiy malakalarni shakllantira olishi, talabaning kelgusida
ish bilan taʼminlanishida, taʼlim olishini oʼzi mustaqil va uzluksiz taʼminlay olishi
qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |