Pedagogika universiteti


-mavzu: Eftaliylar davlati (4 soat)



Download 434,34 Kb.
bet23/184
Sana29.07.2021
Hajmi434,34 Kb.
#132603
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
Bog'liq
O'zbekiston tarixi UMK

16-mavzu: Eftaliylar davlati (4 soat)

Reja:

  1. Ilk feodal davlatlar

  2. Eftaliylar xukmronligi davrida ijtimoiy va iqtisodiy hayot.

  3. Madaniy hayot.

III asrda tobora zaiflashib borayotgan Kang’ davlati tasarrufidan birinchilardan bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni maxalliy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshoxlar idora qila boshlaydi. O’z mustaqilligini tiklab olgan Xorazm davlatining poytaxti dastlab qoraqalpog’istonning xozirgi Ellikqal’a tumani xududida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shaxxar xarobasining o’rnida bo’lgan.

Mudofaa jihatidan poytaxt nihoyatda mustahkam qurilgan edi. U atrofi chuqur va keng xandaq bilan o’ralgan baland tagkursi ustiga to’rtburchak shaklida (500x350 m) xom g’ishtlardan bino qilingan. Balandligi qariyb 10 m, uning tashqi devori qator nishon tuynuklar va mulalar bilan mustaxkamlangan. SHaxarning janubida devorning qoq belida mustahkam labirintli darvozaxona bo’lgan. Darvoza qarshisida shahar markazidan kesib o’tkazilgan ko’chaning har ikki tomonlari bo’ylab shaharliklarning turar joylari qanot yozgan. SHaharlar markazidan yuqoriroqda ibodatxonalar majmui, uning shimoli-g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 m li uch minorali xorazmshoxlar qasri qad ko’targan. qacp imoratlari ikki qavatli shoxsaroyi va koshona turar joylarning devoru tokchalari, turli mazmundagi rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar xamda xaykallar bilan bezatilgan. SHaxarning umumiy maydoni 26 ga. Bu davrda Xorazmda atrofi mustaxkam devorlar bilan o’ralgan mana shunday shaxarlar, istexkomli qishloqlar juda ko’p bo’lgan.

Beruniyning yozishicha, 305 yilda xorazmshox Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shaxriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida shox o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtlardan boshlab Xorazmning Afrig’iy podshoxlari betiga shox va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar.

V asr o’rtalarida O’rta Osiyoga shimoli-sharqdan Yettisuv va SHarqiy Turkiston xududlaridan kelgan ko’chmanchi chorvador xion qabilalarining xujumi boshlanadi. Tarixda ular xioniylar nomi bilan shuhrat topadi. Xioniylar qadimgi turkiy xunnu qabilalariga qon-qarindosh bo’lib, shu boisdan g’arbiy muarrixlar ularni «oq xunlar» deb ataydilar,

Arman manbalarida ta’riflanishicha, o’sha paytlarda xioniylarning ruxsoriga endigina ajin oralagan o’rta yoshdagi Grumbat ismli podshoxi bo’lgan. Uni g’oyatda dono, bexisob g’alabalari bilan dong’i taralgan zabardast xukmdor bo’lgan. 353 yilda xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora zo’rayib, o’z tazyiqini O’rta Osiyoda muttassil kuchaytirib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadi. Ikki o’rtada bo’lib o’tgan dastlabki janglardayoq sosoniylar shoxi SHopur II (309—379 yillar) xioniylardan yengiladi. So’ng­ra o’zaro sulhga kelishilib, ular o’rtasida ittifoqchilik ipi bog’lanadi. SHunga muvofiq 359 yilda Grumbat va uning o’gli boshliq xioniylar Suriyaning Umda shaxrini qamalga olishda sosoniylar bilan bir safda turib qatnashadilar. Jangda xatto xioniylar shahzodasi xalok bo’ladi. Ammo ko’p vaqt o’tmay Grumbat bilan SHopur II o’rtasidagi munosabatlar yana keskinlashadi.

IV asrning 60- yillari oxiri va 70- yillari o’rtasida SHopur II boshliq sosoniylar Amudaryo xavzasiga ikki marta askar tortadilar. Har ikki safar ham ular katta talafot ko’rib xioniylardan yengiladilar. SHunday qilib, IV asrning 70- yillarida xioniylar O’rta Osiyoda uzil-kesil xukmronlikni o’rnatishga muvaffaq bo’ladilar. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo xavzasigacha cho’zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroqumr kechiradi.

V asrning 20-yillarida Xorazm hamda Amudaryo hav­zasiga SHarqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi chorvador aholi—toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismlli xukmdor ularga yo’lboshchi edi. SHu boisdan manbalarda ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va Janubiy So’g’d yerlarini ishg’ol qilib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o’z xukmronligini o’rnatadi. Amudaryoning so’l tomonida joylashgan Balx shah;ri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylanadi.

Aftidan, kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida h.arakat qilgan va o’z tajovuzkorliklarini Xuroson tomon kengaytirishga intilgan. V asrning 60-yillariga qadar ular sosoniylarning SHarqdagi asosiy dushmani bo’lib qolgan. Marv vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420—438 yillar) o’rtasida sodir bo’lgan jangda shoxning qo’li baland kelib, o’z dush­mani ustidan g’alaba qozonadi. Bu voqeadan so’ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar davlati o’rtasida chegara belgilanib Talikon yaqinida toshdan chegara minorasi o’rnatiladi. CHegarani nazorat ostiga olib, uni muttasil kuzatib turish maqsadida Varaxran V xatto Xuroson valiysi qarorgohini Balx shaxriga ko’chiradi. Biroq bu bilan chegara xavfi barxam topmaydi. SHimoli-sharqiy chegaralarni kidariylar xujumidan mudofaa qilish zaruriyati sosoniylarning yana bir shoxi Yazdijirdni (438 457 yillar) ham uzoq yillar davomida dushman bilan muttasil shiddatli jang qilishga majbur etadi. Kidariylar ustidan shox goh g’alaba qozonadi, goh mag’lubiyatga uchraydi. 456 yilda bo’lib o’tgan navbatdagi harbiy to’.qnashuvlardan birida katta talafot berib, sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o’zlarini qayta o’nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan O’rta Osiyo tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi eftaliylar bilan to’qnashadi. Natijada O’rta Osiyoda xukmronlik barqarorligini mustaxkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubga SHimoliy Xindistonga tomon chekinishga majbur bo’ladi. Ular Xindistondagi Gupta davlatini o’ziga bo’ysundirib, u yerda 75 yil xukmronlik kilishadi. SHimoliy xind yerlarini egallagach kidariylar 477 yilda hatto Ganxara viloyatidan Xitoyga o’z elchilarini ham yuborishadi.

V asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga shiddat bilan kiribkelgan ko’chmanchi aholi yozma manbalarda eftal, xeftal, xaytal, xetal, abtal, idal, tetal, i-da, ye-dien kabi qator jarangdor nomlar bilan tilga olinadi. Eftal degan nom ilk bor xetal shaklida V asrga oid arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida Eftalon deb yuritilgan qabila nomidan olingan. Vaxshunvor boshliq Eftaliylar davlati tashkil topgach, bu etnonim qabila nomidan davlat nomiga ko’chgan. CHunki shoxlik taxtiga mingan Vaxshunvar eftalon qabilasi zodagonlaridan biri edi.Stanford universiteti professori Paul Garrison 2007-yilda Afg’onistondan topilgan mis o’ramalrni o’qidi. Ushbu mis o’ramalar milodiy 492-493-yillarga oid deb topildi va ularning eftaliylar davriga oidligi tasdiqlandi. Undan ular buddaviylikka e’tiqod qilganligi va Eroniy nomlarni olganligini ko’ramiz. 52Professor Paul Harrison of Stanford University, who deciphered a copper scroll form Afghanistan in 2007 CE. The scroll is dated from 492-93 CE and is from the period of the Hephthalites. It apparently mentions that they were Buddhists and had Iranian names and includes about a dozen names including that of their overlord or King.

Eftaliylarning O’rta Osiyoga yurishi V asr o’rtalarida boshlanadi. Qisqa vaqt ichida CHag’oniyon, Toxariston va Badaxshon bo’ysundiriladi. Bir zarba bilan So’g’dda xioniylar xukmronligi barxam topadi. V asrning 50-yillarida Eftaliylar davlati nixoyatda kuchayadi. Ularning dastlabki elchisi 456 yilda Xitoyga yetib boradi.

Eftaliylarninr tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o’rtadagi jangu jadallar Peruz xukmronlik qilgan davrda (459—484 yillar) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shoxi eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dast­labki maxorabadayoq u mag’lubiyatga uchrab asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Peruz chegaradagi Talikon shaxrini eftaliylarga berish va bundan bo’yon Varaxron V tomonidan belgilangan chegara Toshminoradan o’tmaslik shartini o’z zimmasiga oladi. Ammo u bu shartlarni bajarmaydi. Bir oz vaqt o’tgach, ikkinchi marta eftaliylarga qarshi qo’shin tortadi. Peruzning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi Yevseviy ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish xam muvaffakqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Peruz 30 xachir dirxam o’lpon to’lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo’shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo’ladigan mablag’ topiladi, xolos. SHoxning Kubod ismli yosh o’g’li eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, Peruz tutqinlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida ef­taliylarga katta o’lpon to’lab turiladi. O’lponni shox, aholiga og’ir soliq solish yo’li bilan to’playdi. Yozma manbalar bu voqealar Peruz tomonidan Eronning ef­taliylarga sotilib oyoq osti qilingani va bunday mazlumlikdan abadul-abad oriyoniylar yurti xalos bo’la olmasligi alam bilan qayd etiladi.

Belgilangan o’lponni to’lab bo’lgach, Peruz eftaliylar bilan aloqani yaxshilashga xarakat qiladi. Ular bilan quda-andachilik ipini bog’lash maqsadida raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftaliylarning iltimosiga binoan 300 ta harbiy mutaxassislar yuboriladi. Ammo eftaliylar xokimi Kunxa Eron xarbiylarining bir kismini o’ldirishni, qolganlarini esa urib, mayib kilishni buyuradi. CHunki shox singlisi o’rniga cho’rilaridan birini yuborib, eftaliylar xukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday xiyla-nayrangi bilan uni nixoyatda ranjitgan edi. SHu boisdan Peruz 484 yilda eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shoxining xalokati bilan tugaydi. Marv ishg’ol qilinib, Eron ustiga juda og’ir o’lpon yuklanadi. Garchi Peruzning vorislari Kubod (488—531 yillar), Anushervon (531—579 yillar) xukmronlik qilgan davrlarda eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini oladi. Xatto ayrim vaqtlarda Vazantiyaga qarshi Eftaliylarning ittifoqdoshi sifatida xarakat qilingan bulsa-da, sosoniylar yil sayin kumush xisobida muayyan belgilangan bojni muttasil to’lab turadi. SHunday qilib, kibr-xavoli zabardast Vizantiya imperatorlarini bir necha bor tiz cho’ktirgan sosoniylar endilikda yarim ko’chmanchi Eftaliylarning daxshatidan vaximaga tushib, ularning bokiy o’lpondori bo’lib koladi. .

Kisqa muddat mobaynida eftaliylar Kobul va Panjob vodiylarini egallaydilar. So’ngra Urumchi, Korashar, Ku­cha, Xuton va Kashgar shaxarlari zabt etiladi. Natijada V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida O’rta Osiyo, SHarqiy Eron, SHimoliy Xindiston va SHarqiy Turkiston yerlarini yagona xududga birlashtirgan Eftaliylar davlati tashkil topadi. Garchi bu davlat siyosiy jixatdan Kushon podsholigiga nisbatan unchalik mustaxkam bo’lmasa-da, ammo maydoni jixatidan undan ulkanroq edi. Bu buyuk davlat SHark mamlakatlari, xususan O’rta Osiyo xalklari tarixida Ayniqsa muxim rol o’ynadi.


Manbalarda quyidagi eftaliy hukmdorlar nomi saqlanib qolgan:


  1. Download 434,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish