Pragmatik tip - 19-30 ball: Siz tanlagan odamning pragmatikligi aniq. Butun dunyo va o`zi muloqot qiladigan hamma odamlarni u uchta rangga ajratgan. Yorqin rang - o`zi uchun eng kerakli insonlar, qora rang - uning baxti, tinchligi va omadiga taxdid soluvchi insonlar, betaraf rang - hayotidan o`rin ololmaganlar. Agar unga sayohatlar haqida gapirsangiz, bamaylixotir "busiz ham yashasa bo`ladi", deydi. Agar unga kechroq uchrashishni taklif qilsangiz, «judayam qorong`i, umuman odamlar yo`q joymi...» deya ensasini qotiradi. U bilan bir umr yashay olishingizga ko`zingiz yetmasa, tezroq bir qarorga keling.
Do'stlaringiz bilan baham: |