O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
http://science.nuu.uz/uzmu.php 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5/1 2021 
- 152 -
barqarorlik, nutqning hissiy rangi, milliy rang va madaniyatni 
aks ettirish bilan tavsiflanadi. Har qanday tilni o'rganish 
jarayonini frazeologik birliklarni bilmasdan tasavvur qilish 
qiyin, chunki so'zma-so'z tarjima ularning aniq ma'nosini aks 
ettirmaydi. Bu, shuningdek, so’zlovchi va metodik soha 
vakilining va tinglovchi bilan muloqotga kirishish tezligi, 
bunday muloqotdagi o'zaro mutanosibligi, g'oyalar va takliflar 
almashish tezligi bilan ham bevosita bog’liqdir. Biror bir 
tilning frazeologiyasini bilish o’sha tilda yanada samarali 
muloqot qilish imkonini beradi, chunki frazeologiyani 
tushunish madaniyatni yaxshiroq bilishni anglatadi. Shu 
sababli, tillarni o’rganishda frazeologik birliklar juda 
muhumligini 
inobatga 
olinishi 
kerak. 
Zero 
bunday 
ifodalarning 
markazida 
muayyan 
vaziyatda 
muayyan 
tinglovchiga nisbatan gapiradigan fikr yotadi.
Frazeologik tahlil pragmatik yo'nalishni ko'zda tutadi, 
ya’ni bunda ma'ruzachi va tinglovchilarning niyatlari, ularning 
ijtimoiy roli va holati, aloqa harakatining joyi, vaqti va 
shartlari, shuningdek, suhbatdagi harakati yetakchi o’ringa 
chiqadi.
Bu omillar so`zlovchiga ta'sir ko'rsatadi, uning 
nutqidagi ravonlikni va rang baranglikni ta’minlaydi. Iboralar 
muayyan mazmunni ifodalashning nisbatan barqaror shakli 
sifatida takrorlanishi ham mumkin, chunki frazeologiyaning 
me’yoriy mezonlari ayrim holatlarda shuni talab etadi. 
Bugungi kunda dunyoda xalqlar o'rtasidagi o'zaro tushunish 
muammosi keskinligicha qolmoqda, shuning uchun turli xil 
xalqlarning tarixiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi natijasida 
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o'tishni o'rganish va 
o’rgatish juda muhimdir. Jumladan, xorijiy til sifatida fransuz 
tilini o'rganish mazmunini yangilashning asosiy tamoyillari 
ham ijtimoiy-madaniy komponentni kuchaytirish, fransuz 
tilini o'z mamlakati va fransuz tilida so'zlashadigan 
mamlakatlar haqidagi bilim manbai sifatida qabul qilish bilan 
belgilanadi. Bizningcha, har qanday chet tilini o'qitishning 
yangi sifatiga erishish uchun talabaning manfaatlarini, 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda, har birining shaxsiy 
qobiliyatlarini rivojlantiradigan, ma'naviy boy, bilimdon 
shaxsni shakllantiradigan, o'z xalqi va boshqa mamlakat 
xalqlarining an'analari va madaniyatini hurmat qiladigan, o'z-
o'zini 
tarbiyalash 
qobiliyatlarini 
shakllantiradigan 
va 
shaxsning o'zini o'zi anglashiga yordam beradigan shaxsiy 
yo'naltirilgan ta'lim jarayonini amalda qo’llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, ta`lim tizimida chet 
tillarni, xususan fransuz tilini o'qitishning ikkita ustuvor 
maqsadini shakllantirish kerak:
1) kognitiv-kommunikativ maqsad;
2) kognitiv-rivojlantiruvchi maqsad. 
Kommunikativ maqsadlar tinglab tushunish, o'qish, 
yozish, gapirish kabi tilga oid kompetentsiyalarni to’lig’icha 
qamrab olgan holda amalga oshiriladi.
Ikkinchi maqsad - kognitiv va rivojlantiruvchi 
maqsadning mohiyati shundaki, xorijiy til sifatida fransuz 
tilini o'qitish talabalarning umumiy tafakkuri va nutq 
qobiliyatini rivojlantiradi, ularning e'tiborini xorijiy va ona 
tillarida fikr bildirishning lingvistik shakllariga qaratadi, 
talabalarning lingvistik motivatsiyasini oshiradi. 
Bizning fikrimizcha, frazeologik birliklar yashirin 
ma'noga ega bo'lgan barqaror majoziy iboralardir. Ko`plab 
filologlar frazeologik birliklarning bu yashirin ma'nosiga 
unchalik ahamiyat berishmaydi va ular ko’pchilik uchun 
ko'pincha lingvistik sir bo'lib qoladi. Shuning uchun 
frazeologik birliklar chet tilini o'rganishda semantik jihatdan 
eng murakkab til birliklari sifatida qabul qilinadi. Shuning 
uchun badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop uslubdagi matnlarda 
hamda 
nutqiy 
faoliyatga 
kirishuvda 
qo’llaniladigan 
frazeologik birliklarni o’rganish qiyin kechadi. 
Ba'zan tarkibiga ko’ra yoki shakliga nisbatan 
frazeologik birliklar o’z ma'nosida qo’llaniluvchi so'zlarning 
oddiy kombinatsiyalariga o'xshaydi. Bunday holatda, faqat 
situativ kontekst, shuningdek, so'zlarning o’z ma'nosida 
sintaktik aloqalarga kirishuvi va frazeologik birliklarning 
yaxlit tarzda sintaktik aloqaga qo’shilishini bir-biridan farqlay 
bilish va bu so’z birikmalari va frazeologik birliklarni til 
o’rganuvchiga misollar yordamida tushuntirib berish katta 
samara berishi mumkin. Bu o’rinda ayniqsa ta’limda 
lingvokulturologik yo’sindagi frazeologiyalarga etimologik 
jihatdan yondasha bilish muhimdir. Misol uchun, talabalarga 
frantsuz tilidagi “Revenons à nos moutons” ( ma’nosi: 
mavzuga 
qaytaylik; 
so`zma-so`z 
tarjimasi: 
qo`ylarga 
qaytaylik) iborasini oddiy so’z birikmasi bilan bo’lgan 
bog`liqligini didaktik jihatdan tushuntirish jarayonida bu 
ifodaning etimologiyasiga, milliy-madaniy xususiyatlariga 
to’xtalib o’tish talab etiladi.
Agarda fransuz tili o’qituvchisi bu frazeologik birlik 
tarkibidagi so’z birikmasini to’g’ridan-tog’ri tarjima qilsa, u 
holda uni “qo`ylarga qaytmoq” deb tarjima qilishi kerak 
bo’ladi. Agarda o’qituvchi bu iborani anglatgan ma’nosiga 
ko’ra “mavzuga qaytmoq” deb talabalarga tushuntirsa, 
talabalarda “Mavzu bilan qo’yning o’rtasida qanday 
aloqadorlik bor?” degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Shu 
boisdan mazkur frazeologik birlik fransuz xalqining 
lingvomadaniy qadriyati orqali, ya’ni qadimda fransuzlar 
uchun qo’y boqish yashash uchun eng asosiy, eng zarur 
bo’lgan narsa ekanligini talabalarga tushuntirish bilan, 
“qo’ylari yoniga qaytish” tushunchasi vaqt o’tishi bilan 
kognitiv metafora shaklidagi “asosiy mavzuga qaytish” 
iborasini hosil qilganligi borasida aytib berish talabalar uchun 
ham qiziqarli, ham tushunarli bo’ladi deb hisoblaymiz. 
Shu bilan birga, frazeologik birliklarni so'zma-so'z 
tarjima qilish bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Bu 
o’rinda tegishli frazeologik birlikning tom ma’nosini faqat 
kontekstdan, shuningdek frazeologiyaning yashirin ma'nosini 
ifodalovchi maxsus frazeologik lug’at orqali bilib olish 
mumkin. 
Ikkinchi chet tili sifatida fransuz tilini o'qitishning 
dastur talablariga binoan, leksik materialni o'zlashtirish 
o'quvchilarining lingvistik, sotsiolingvistik va ijtimoiy-
madaniy kompetentsiyasini shakllantirishga yordam beradi. 
Ijtimoiy-madaniy kompetentsiyani shakllantirishda ona tilida 
mos kelmaydigan fon va muqobil bo'lmagan lugat bilan 
ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa xorijiy tillarni 
o’rganishda lingvistik va madaniy sharhlarga murojaatni, 
bilimlarni kengaytirish vositasi va qo'shimcha ravishda, so'z 
boyligining ushbu qismini o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar 
to'plamidan foydalanishni nazarda tutadi. 
Ma'lumki, 
mashqlar 
tizimi 
mashqlar 
guruhlari 
ierarxiyasidagi eng yuqori birlikdir va u nutqning barcha 
turlarida nutq malakalarini o'rgatish vositasi hisoblanadi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, frazeologik birliklarini xorijiy 
tilda o'rgatishda quyidagi mezonlarga javob beradigan 
mashqlar to'plamiga amal qilish kerak: 
majburiy mashqlar majmuasini belgilashda maqsadni 
hisobga olish mezoni; 
tegishli mashqlarni tanlashda va ularning ketma - 
ketligini aniqlashda ko'nikmalarni shakllantirish va malakasini 
oshirish bosqichlarini hisobga olish mezoni; 
har xil turdagi mashqlar nisbatini aniqlashda aniq 
o'quv shartlarini hisobga olish mezoni; 
materialni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarning asta-
sekin o'sishini hisobga olish mezoni.
Bizning fikrimizcha, frazeologiyalarni o’rgatishda 
mashqlar majmuasining asosiy mezonlarini aniqlab olish, 
ushbu mezonlarga asosan frazeologik birliklarni o’rgatishni 
tashkil etish kerak bo’ladi.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish