11-bob. Jaҳon iqtisodiyotini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning roli
§ 11.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi Xalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy myexanizm sifatida bir tomondan bozorga xos о‘z-о‘zini boshqarish qobiliyatiga ega bо‘lsa (XIMning moddiy asosi ҳali ҳam jaҳon bozori ҳisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, aloҳida mamlakatlar va ҳududlar о‘rtasida о‘zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib о‘tish kyerakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jaҳon urushlari orasida xalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga kyelish jarayoni (shu davrd Xalqaro myeҳnat tashkiloti, о‘zining «Inkotyerms» kabi tijoriy ҳujjatlari bilan taniqli bо‘lgan Xalqaro savdo palatasi, Xalqaro ҳisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita tо‘qnashuvni boshidan kyechirgan davlatlar tarixidagi favqulotda ҳolatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kyelishining ikkinchi «tо‘lqini» va ҳarakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jaҳon urushidan sо‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi ҳamda 60-70 yillardagi iqtisodiy chayqalishlar bilan bog‘liqdir. Va niҳoyat, 80-yillarning boshlarida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini kо‘rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (cobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini kyeskin kuchayishi kabilarni kо‘rsatish mumkin. Jaҳonining kо‘plab mamlakatlarining ҳukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil ҳal eta olmadilar va natijada ular qayd etib о‘tilgan muammolarni ҳal etishda birgalashib ҳarakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar. Ҳozirgi kunda jaҳon iqtisodiyotida iqtisodiy gullab-yashnansh va jaҳon xalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan shug‘ullanvchi minglab xalqaro tashkilotlar ҳisobga olingan. Ekspyertlarning fikricha jaҳon iqtisodiyotiga syezilarli ta’sir о‘tkaza oladigan xalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muҳim о‘rin tutgan quyidagi omillarni kyeltirishimiz mumkin:
1. Insonlar ҳayotining bir biriga bog‘likligining yanada о‘sishi;
2. Sanoat ryevolyuцiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib turgan masofalarni qisqartirishi va xalqaro munosabat va ҳamkorlikni kyengaytirishi;
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy о‘sish;
4. Davlatlarning barcha soҳada bir – birlariga bog‘liqligining о‘sishi;
5. Duyodagi umumiy ryesurslardan oqilona foydalanishning zarurligini chuqurroq anglash.
Davlatning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bо‘lishi uning ҳar tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. CHunki xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bо‘lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ҳam kyeng ҳamkorlikni yо‘lga qо‘yishni ta’minlaydi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar topologiyasi ҳaqida gapirganda, ikkita myezondan (jug‘rofiy qamrovi kyengligi va faoliyat xususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kyelib chiqib, ikki tomonlama, ҳududiy va global tuzilmalar ajratib kо‘rsatiladi. Ikkinchi myezonni qо‘llagan ҳolda maxsuslashtirilgan (soҳalar bо‘yicha) va global tashkilotlarga ega bо‘lamiz. Bularning ichida ayniqsa 1945 yilning 24 oktyabrida tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tasarrufidagi iqtisodiy ҳamkorlik organlari aloҳida о‘ringa ega. BMT – ikkinchi jaҳon urushidan sо‘ng Antigitlyer koaliцiyasi a’zolari tomonidan tashkil etilgan eng univyersal, obrо‘-e’tiborli va son jiҳatdan eng yirik xalqaro tashkilot ҳisoblanadi.