§ 10.5. Amyerika qit’asida intyegraцiya jarayonlari rivojlanishining xususiyatlari
Jaҳon xо‘jaligida intyegraцiyaon markazlardan biri SHimoliy Amyerika ҳududi ҳisoblanadi. SHimoliy Amyerika Erkin savdo assoцiaцiyasi — NAFTA tashkil etilishi va uning faoliyat kо‘rsatishi rivojlanayotgan intyegraцiya jarayonlaridan biridir.
AQSHning Kanada bilan mavjud iqtisodiy intyegraцiyasi va ularning G‘arbiy YEvropadagi shyeriklar bilan ҳamkorligi AQSHni qoniqtirmay qо‘ydi. Natijada SHimoliy Amyerikadagi intyegraцiya jarayonlari davlatlar tashqarisiga chiqdi. SHimoliy Amyerika erkin savdo zonasi tо‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va u 1994 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. NAFTAga AQSH va Kanadadan tashkari Myeksika ҳam kiradi. Blokning xududi 370 mln. axolini о‘z ichiga oluvchi kyeng xududni tashkil etadi va u qudratli iqtisodiy saloҳiyatga ega. Ushbu mamlakatlar tomonidan yillik tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish 7 trillion dollarni tashkil etadi. Jaҳon savdosi butun ҳajmining qariyb yigirma foizi ular ulushiga tо‘g‘ri kyeladi.
11.5.1.-jadval
NAFTAga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rrivojlanish kо‘rsatkichlari 1992 y. (bitim tuzish vaqtida)
|
Aҳoli (mln.kishi
|
YAIM mlrd.doll
|
Aҳoli jon boshiga YAIM doll.
|
Eksport mlrd.doll.
|
Import mlrd.doll
|
Kanada
|
27,4
|
493,6
|
20710
|
150,5
|
153,7
|
Myeksika
|
89,5
|
329,0
|
3470
|
42,8
|
52,7
|
AQSH
|
255,0
|
5920,2
|
23240
|
640,5
|
670,1
|
Manba: Klein L ft, Salvatore D. Welfare effects of NAFTA G'G' Journal of policy modeling. New-York, 1995. Vol. 17. №2.
SHartnomaning asosiy qoidalari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
AQSH, Kanada, Myeksika о‘zaro savdo qiladigan tovarlarga bojxona poshlinalarini byekor qilish;
SHimoliy Amyerika bozorini о‘z tovarlarini Myeksika orqali AQSHga qayta eksport qilish yо‘li bilan Amyerika poshlinalaridan xalos bо‘lishga urinuvchi Osiyo-YEvropa kompaniyalarining ekspansiyasidan ҳimoya qilish;
Myeksikada bank va sug‘urta ishida Amyerika va Kanada
kompaniyalarining raqobatiga va kapital qо‘yishiga taqiqni
qilish;
atrof-muҳitni qо‘riqlash bilan bog‘liq muammolarni xal
qilish uchun uch tomonlama guruxlar tashkil etish.
Savdo bloki istye’molchilari tuzilgan bitimdan eng kо‘p foyda oldilar, chunki raqobatiing kuchayishi va tariflarning pasayishi natijasida kyeng doiradagi tovarlarning narxlari pasaydi. Amyerika sanoatchilari qulay mavqyeni egalladilar, chunki arzon ish kuchi oqimi о‘sdi. Amyerika iqtisodiyotining elyektronika, kompьyutyer ta’minoti, qurilish matyeriallari, avtomobil eҳtiyot qismlari ishlab chiqarishi singari syektor-larida daromadlarning kafolatli о‘sishi kutilmokda. Ayni vaqtda qand-shakar, цitrus myevalar, qishki sabzavotlar yetishtiruvchi Amyerika fyermyerlari zarar kо‘rmoqdalar. Myeksikaga kyelganda esa, u NAFTA yordamida о‘zining iqtisodiy rivojlanishi sur’atlarini yalpi ichki maxsulot о‘sishining taxminan 1,6-2,6 foizi mikdorida jadallashtirishni ryejalashtirmokda. Natijada Myeksika о‘z iqtisodiyotini isloҳ qilish davrini va rivojlangan mamlakatlar klubiga yaqinlashishni yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishga muvaffaq bо‘ladi.
Kanada NAFTAdan eng kam foyda kо‘rishi mumkin. Uning iqtisodiyoti AQSH bilan mustaҳkam aloqada, biroq Myeksika bilan uncha syezilarli aloqaga ega emas. Biroq NAFTA rivojlanishi davomida Kanada intyegraцiya jarayonlariga tobora kо‘proq tortiladi va kyengayayotgan bozordan dividyendlar oladi. NAFTA faoliyat kо‘rsatishining dastlabki ikki yilida eksport xajmlarini kо‘paytirish xisobiga qо‘shimcha ishchi о‘rinlari barpo etilishiga nisbatan ishonchini oqlamadi. Undan tashqari AQSHning Myeksika bilan savdosining ijobiy savdo salьdosi 1995 yilda о‘z о‘rnini taqchillikka bо‘shatib byerib qо‘ydi.
115.2.-jadval
NAFTAga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rrivojlanish kо‘rsatkichlari, 1999 yil
Kо‘rsatkichlar
|
AQSH
|
Kanada
|
Myeksika
|
NAFTA
|
Aҳoli (mln.kishi)
|
278,2
|
30,5
|
97,4
|
406,1
|
Maydoni (ming km.kv.)
|
9364
|
9971
|
1958
|
21293
|
YAIM (mlrd.doll.)
|
9152,1
|
634,9
|
483,7
|
10 270,7
|
YAIM aҳoli jon boshiga (AQSH doll.)
|
32 921
|
20 481
|
4966
|
25 291
|
Jaҳon eksportidagi ulushi (%da)
|
12,8
|
4,4
|
2,5
|
19,7
|
Manba: ereport.ru
Intyegraцiya jarayonlari Janubiy Amyerikada ҳam faollashmoqda. О‘z vaqtida (60-yillar boshida) Markaziy Amyerika umumiy bozori tashkil etilgan edi. Biroq, siyosiy va iqtisodiy tanglik Markaziy Amyerika umumiy bozori doirasida intyegraцiya ryejalarini amalga oshirish imkonini byermaydi. 90-yillar о‘rtasiga kyelib intyegraцiya jarayonlari 1991 yilda Argyentina, Braziliya, Urugvay, Paragvay о‘rtasida MYERKOSUR savdo pakti tuzilishi vositasida faollashdi. Janubiy konus mamlakatlarining umumiy bozori -MYERKOSUR о‘zi mavjud bо‘lgan yerlarda jaҳonning eng dinamik intyegraцiya guruҳlaridan biriga aylandi. 1998 yildayoq birlashmaning tо‘rt qatnashchisi о‘rtasidagi savdo xajmining dyeyarli 95 foiziga poshlina solinmadi.
Agar, 90-yillar о‘rtasida Lotin Amyerikasi mamlakatlari NAFTA blokiga intilmokdalar dyeb ҳisoblangan bо‘lsa, xozir vaziyat о‘zgardi. MYERKOSURga erkin savdo tо‘g‘risidagi bitim asosida CHili va Boliviya qо‘shildi (assoцiaцiyalangan a’zolar sifatida). MYERKOSUR bilan And guruxi о‘rtasidagi ҳamkorlik tо‘g‘isidagi muzokaralar olg‘a siljimokda. Unga Boliviyadan tashkari Vyenyesuela, Kolumbiya, Pyeru, Ekvador kiradi. MYERKOSUR yakin istiqbolda Panama kanalidan Magyellan bо‘g‘ozigacha bо‘lgan yerni qamrab oluvchi Janubiy Amyerika erkin savdo zonasi - SAFTAni tashkil etish ryejasiga ega.
MYERKOSURning barpo etilishi о‘zaro savdoning kyeskin kо‘payishiga, boshqa mintaqaviy savdo guruҳlari bilan savdo-iqtisodiy ҳamkorlikning kyengayishiga olib kyeldi. О‘zaro invyestiцiya faolligi syezilarli ravishda о‘sdi, chyet eldan kyeluvchi invyestiцiyalar о‘smokda. MYERKOSURning muvaffaqiyatli faoliyati mintaqada siyosiy barqarorlikka syezilarli ta’sir kо‘rsatmoqda G‘arbiy YEvropa intyegraцiyasidan farq qilgan xolda, ushbu Janubiy Amyerika birlashmasi о‘z darajasiga kо‘ra turlicha bо‘lgan davlatlar yagona tashkilotda mavjud bо‘lishidangina emas, balki muvaffaqiyatli ҳamkorlik qilishidan ҳam dalolat byeradi. Buning uchun bunday birlashmalarning barcha bо‘g‘inlarini puxta tayyorlash, ular faoliyatiga yuqori malaka bilan raxbarlik qilish, ushbu jarayonda ҳar bir mamlakat uchun uning о‘z о‘rnini topish uchun, qarama-qarshiliklarni yumshatish, murosaga borish istagi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |