3 – MASHG`ULOT
MAVZU: ЭLEKTROKARDIOGRAFIYA USULI
Mustaqil tayorlanish uchun savollar: Yurak biotoklar hosil bo`lish mehanizmi va ularni qayd qilish (EKG). EKG tahlili (ritm, yurak sikli, yurak qisqarishlarini tezligi, tishchalarning davomiyligi va balandligi). Yurak siklining fazalari va ular jismoniy ish paytida davomiyligining o`zgarishi. FKG, BKG, VKG.
1 -ISh. Эlektrokardiografiya (EKG).
Ishning borishi: EKG - yurak faoliyati natijasida vujudga keluvchi bioelektrik hodisalarni yozib olish usulidir. U qo`zg`aluvchanlik prosesslarini, ularning kattaligi va yurak muskulaturasidagi o`tkazuvchi sistemadan qo`zg`alishni o`tkazilish tezliklarini ifoda qiladi. EKG klinikada yurak kasalliklarini diagnostika qilishda keng qo`llaniladi.
Ishlayotgan yurakning qo`zg`algan qismi qo`zg`almagan qismiga nisbatan elektromanfiy bo`lib qolishi sababli bir necha millivoltga teng potensiallar ayirmasi vujudga kelib harakat toki hosil bo`ladi. 1 marta yurakdagi harakat toki Eynthoven tomonidan yozib olingan. EKGni yozib olishda turli sistemadagi elektrokardiograflardan yoki ossillografdan foydalanish mumkin. EKG o`ziga hos egri chiziqdan iborat bo`lib, beshta tishi bor: P, Q, R, S, T. Bulardan 3 tasi P, R,T yuqoriga, 2 tasi Q, S pastga qaragandir. R tishi bo`lmachalardagi qo`zg`alish proseslarini ifodalab, bo`lmachalar kompleksi deb ataladi. Q, R, S,T - esa qorinchalardagi qo`zg`alish prosesslarini aks ettiradi va qorinchalar kompleksi deb ataladi. Normal yurak uchun EKG tishlarining quyidagichadir: R=0,15-0,3 mb, R=0,6-1,6 mb, T=0,25-0,5 mb.
Yurak 71 marta qisqarganda intervallar davomiyligi quyidagichadir: P-Q = 0,15 cek, Q-S=0,07 sek, S-T=0,35 sek, T-R=0,28 sek. Tishlarning voltaji yurakdagi qo`zg`alish prosesslarining qo`zg`alish vaqtini ifodalaydi.
EKG tahlili:
Tishchalar borligiga va amplitudasiga ( P,R,Tni amplitudasini o`lchash), orintatsiya, shakli va pozitsiyasiga ahamiyat berish .
PQ, QRST, QRS, RR intervallarning davomiyligi o`lchash.
Yurak urish chastotasini hisoblash
Natijalarni quyidagi jadvalga yozish.
II ulash usulida EKGning harakteristikasi
|
|
Tekshiriluvchida
|
Normada
|
Tishchalarning amplitudasi:
P
R
T
Interval vaqti: PQ
QS
QT
|
|
|
ChSS
|
|
|
RR davomiyligi bo`yicha yurak urush chastotasini (YuUCh) aniqlash
RR YuUCh
|
RR YuUCh
|
RR YuUCH
|
RR YuUCh
|
RR YuUCh
|
1,10 54
1,08 55
1,06 56
1,04 57
1,02 58
1 ,00 60
|
0,98 61
0,96 62
0,94 64
0,92 65
0,90 66
0,88 68
|
0,86 70
0,84 71
0,82 72
0,80 73
0,78 75
0,76 79
|
0,74 81
0,72 83
0,70 86
0,68 88
0,66 91
0,64 94
|
0,62 97
0,60 100
0,58 103
0,56 107
0,54 111
0,52 116
|
Natija va rasm.
Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |