2 -ISh. Qutblanish qonuni.
Ishning borishi: Nerv-muskul preparati tayyorlanadi. Preparat boldir suyagidan shtativga urnatiladi, nerv ostiga esa kutblanmaydigan elektrodlarga qo`yiladi va tez holda tajribani boshlaydilar, chunki doimiy tok ta'sirlash qonunlarini fakat yangi tayorlangan erv-muskul preparatida kuzatish mumkin.
Kalitni biriktirib va uzib nerv orqali tokni o`tkazishadi va oyoq muskullar qisqarishi fakat biriktirish va uzish vaqtida paydo bo`lishiga ishonch hosil qiladidar
Tokni yo`nalishini o`zgartirib, tajribani takrorlaydilar.
Qutblanmaydigan elektrodlar orasidan nervni ip bilan bog`laydilar.Agarda ko`zgalishni tarkalishi buzilsa a) pastka tushuvchi tok holatida (muskulga yakin joylashgan elektrod-katod) - biriktirish paytida b) tepaga chiquvchi tok holatida (muskulga yakin joylashgan elektrod-anod) - uzilish paytida muskulning qisqarishlari sodir bo`ladi.
Doimiy tok zanjirini biriktirish va uzish paytida ko`zgalishnihosil bo`ladigan joyi haqida xulosa chiqaradilar. Nervi katod ustida joylashgan muskullar biriktirish paytda qisqaradilar, nervi anod ustida joylashgan bo`lsa - uzish paytda.
Natija va rasm.
Xulosa.
3 -ISh. Muskul qisqarishlari amplitudasining ta'sirot kuchiga bog`liqligi
Ishning borishi: Bu ishda baqaning boldir muskuli ishlatiladi. Avvalgi ishdagidek muskulni pogona kuchi topiladi. So`ng tok kuchini sekin oshirib, muskulni ham qisqarish balandligi o`rta borayotganini ko`riladi. Lekin tok kuchi ortgan sari qisqarish balandligini ortishi doimiy bo`lmay, ma'lum bir kuchga etganda qisqarish balandligi bir hilda ketaveradi. Tajriba shu rda tuhtatiladi, chunki bundan keyin tok kuchini oshirish befoyda. Demak, ta'sirlash kuchi bilan qisqarish balandligi urtasidagi boglanish nisbiy ekan.
Natija va rasm.
Xulosa.
3 - MASHGULOT
MAVZU: MUSKUL HOSSALARINI O`RGANISH USULLARI
Mustaqil tayorlanish uchun savollar: Skelet mushaklarini tuzilishi va ularni innervatsiya qilinishi. Harakat birligi, mushaklarning fiziologik hossalari
Mushak va mushak tolalarining sinflanishi. Miofibrillalarning ul'tramikroskop tuzilishi. Mushakning qisqarish mehanizmi va qisqarishda HPning roli. Mushak qisqarishida Sa++ ionining roli. Sillik mushaklarning hususiyatlari. Latent (yashirinch) davrida mushaklarda sodir bo`laetgan jaraenlar. Mushakda ko`zgalish tsikli, qisqarishning uzaro munosabati va ularning bir-biriga boglikligi. Mushakning yakka qisqarish amplitudasiga ta'sir qiluvchi faktorlar. Qisqarishlar yigindisi, tetanus va uning turlari. Mushakning qontrakturasi. Mushakning qisqarish rejimlari. Mushak qisqarishining tezligi va davomiyligi, o`rtacha yo`q qonuni. Vedenskiy bo`yicha optimum va pessimum. Mushak ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |