«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


-bob  Konning ishlatish sistemasini tanlash



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

11-bob 
Konning ishlatish sistemasini tanlash
va loyihalash 
 
Sobiq Ittifoqda 1930-35 yillardan neft konlari yagona reja bo’yicha, oqilona
sistema asosida ishlatila boshlandi. 1925 yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq kengashida 
ma’ruza qilgan M.V. Abramovich neft uyumlarini maqsadga muvofiq ishlatish 
tamoyillarini dunyoda birinchi bo’lib yoritib bergan. SHuningdek, Novogroznen va 
Apsheron (Maykop) konlarini ishlatish bo’yicha 1930 yilda I.M. Gubkin raisligida 
tuzilgan komissiya neft konlarini oqilona ishlatish tamoyillarini sanoatga tadbiq etish 
borasida ancha ishlar qildi. 
Rus olimlari V.V. Bilibin (Buxta Ilicha konidagi X-qatlam uchun) va M.A. 
Jdanov (Apsheron konidagi S
2
davri qatlami uchun) 1934 yilda birinchi bo’lib 
geologik ma’lumotlarni statistik qayta ishlash asosida konlarni joylashtirishning turli 
variantlarini loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqdilar. 
Keyinroq yer osti gidravlikasi fanining rivojlanishi va gidrodinamik hisoblardan 
amaliyotda foydalanish neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning ilmiy asosini 
ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi va loyihalash metodikasini yuqori darajaga 
ko’tardi. yer osti gidravlikasi fanining rivojiga rus olimlari (L.S. Leybenzon va b.) 
o’z ilmiy izlanishlari bilan munosib hissa qo’shdilar. Ular gidromexanikaning yangi 
bo’limini

g’ovakli muhitda gaz va neft filtratsiyasi nazariyasiga bag’ishlangan 
bo’limni yaratishga muvaffaq bo’ldilar. 
Rus olimi V.N. SHelkachevning quduqlarni turli variantlarda joylashtirishda 
ularning o’zaro ta’siri, neft uyumining tipiga binoan quduqlarni joylashtirishning 
turli sxemalarini tadqiq qilish, shuningdek, neftlilik chegarasining bir tekisda 
tortilishi masalalariga bag’ishlangan ilmiy ishlari neft uyumlarini ishlatish bo’yicha 
bilimlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 
Moskvadagi I.M. Gubkin nomidagi neft institutida 1941 yilda A.P. Krilov 
rahbarligida neft va gaz konlarini ishlatish bo’yicha loyiha-tadqiqot byurosi tashkil 
etildi. Bu ilmiy jamoa neft konlarini ishlatish sohasida yangidan-yangi ilmiy fikrlarni 
o’rtaga tashladi. Keyinroq ko’pchilik olimlar va muxandislarning mehnatlari evaziga 
neft va gaz konlarini ishlatish sistemasi amaliyotda nazariy jihatdan asoslandi. Bu 
sistemalar amalda qo’llanilganda avvalgi ishlatish sistemalaridan afzalligi isbotlandi. 
Konni ishlatishning dastlabki bosqichida chegara ortiga suv haydash bilan bir vaqtda 
neftlilikning dastlabki chegarasiga quduqlarni batareya singari parallel qilib 
joylashtirish ko’plab mablag’larni tejash va quduqlarning yuqori samaradorligini 
ta’minlash imkonini berdi.
Yangi ochilgan har bir neft koni uchun ishlatishning majmuaviy loyihasini 
tuzganda zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlaridan (geologik, gidrodinamik va 
iqtisodiy ma’lumotlardan) samarali foydalanish neft qazib olish sanoatining 
afzalligini isbotladi. Avval tuzilgan asosiy rejalar bo’yicha neft konlarini 


274 
ishlatishning yangi metodlarining yaratilishi neft sanoatini jadal rivojlanishiga sabab 
bo’ldi. Ayni paytda sobiq Ittifoqdagi konlarning 85-90% idan neft qatlamga suv 
bostirish yo’li bilan olinmoqda. Bu metoddan horijda ham foydalanilmoqda. 
Uglevodorod konlarini ishlatish sistemasini tanlash asosida bajariladigan 
texnologik masalalarni geologik-konchilik nuqtai nazaridan asoslash zarur. Buning 
uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: 
1) ko’p qatlamli neft konida ishlatish ob’ektlarini to’g’ri ajratish; 
2) neft uyumiga suv bilan sun’iy ta’sir etish metodini qo’llash yoki ob’ektni 
qatlamning tabiiy energiyasidan foydalanib ishlatish; 
3) zarur bo’lganda qatlamga sun’iy ta’sir etish metodi turlaridan foydalanish; 
haydash va chiqarish quduqlarini neftli maydonda bir-biriga moslab joylashtirish; 
4) quduqlar to’ri zichligini aniqlash
5) ishlatish ob’ektida bosim gradientini aniqlash; 
6) ishlatish jarayonini nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha ko’riladigan 
tadbirlarni ishlab chiqish. 
Qayd etilgan har bir punkt bo’yicha qaror qabul qilinadi. Bular ishlatish 
ob’ektining geologik tuzilishini to’liq aks ettirishi shart. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish