7.11 rasm. Chuqurlik nam-
o’lshagish sxemasi:
1 kabel; 2
tashqariga shiqaradigan tuynuk;
3
o’zgartirgishning
ishki
elektrodi; 4 elektrod izolyat-
siyasi; 5 asbob qobig’i (tashqi
elektrod);
6
mustahkamlash
quvurlari birikmasi; 7 ishkariga
kiritadigan tuynuk; 8 paker
169
mo’ljallangan. U yer yuzasiga ko’tarilgandan so’ng qo’l nasosi yordamida
konteynerga yoki tadqiqot apparatiga o’tkaziladi.
Agar burg’ilash jarayonida qatlamlarni sinash zaruriyati tug’ilsa, u holda
ikkinchi turdagi namunaolgichdan foydalaniladi. Uning ochiq kamerali, bir
sektsiyali, bir sektsiyali to’plagichli va ko’p sektsiyali ochiq va yopiq kamerali turlari
mavjud. Bunday namunaolgichlar bosim 45 MPa va temperatura 150
S gacha
bo’lganda qo’llaniladi. Bir sektsiyali namunaolgich qatlamsinagich qurilmasi ostiga
o’rnatiladi. Ular gilza ko’rinishida ishlangan bo’lib, olinadigan va olinmaydigan
kamerali turlari ishlab chiqariladi.
7.12-rasm. Oshiq kamerali
Chuqurlik namunaolgishi:
1-
soatli uzatma; 2-mufta; 3-
tuynuk; 4-dastak; 5-yuqoridagi
klapan; 6-igna; 7-tyaga; 8-
pastki klapan; 9-filtr
7.13-rasm.
Yopiq
kamerali
Chuqurlik namunaolgishi:
1-ballastli
kamera;
2-qabul
qiluvshi
kamera;
3-ajratuvshi
porshen; 4-klapan; 5-forklapan;
6-porshen;
7-pezouzatma;
8-
kapillyar
7.2.4. Jinslardagi neft miqdori va bog’langan (qoldiq) suv
Odatda tog’ jinsidagi g’ovaklarning hammasi neftga to’lgan bo’lmaydi, ularning
bir qismi bog’liq suv bilan band. Shu sababli, neftni qatlamdagi miqdori neftga
to’yinish koeffisienti
yordamida aniqlanadi.
Neftga to’yinish koeffisienti
deb
qatlamdagi tog’ jinslarining neft bilan band bo’lgan ochiq g’ovaklari hajmining (V
n
),
neftli qatlam g’ovaklarining umumiy hajmiga (V
q
) bo’lgan nisbatiga aytiladi.
SHunga o’xshash jinsning gazga to’yinganligi deb erkin gaz bilan band bo’lgan
g’ovaklar hajmini gazli qatlamning umumiy hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
170
к
н
V
V
β
.
Umuman olganda neftga to’yinish koeffisienti tog’ jinslarining kollektorlik
xususiyati bo’lib, jins k
s
tarkibidagi neft miqdorini anglatadi. Suvga to’yinish
koeffisienti, ya’ni bog’langan suv hajmining g’ovaklar maydoni hajmiga nisbatini
bilgan holda neftga to’yinish koeffisienti qiymatini bevosita hisoblab chiqish
mumkin.
=1-k
s
.
Neftga to’yinish koeffisienti neft zaxiralarini baholashda aniqlanadi. U kon
qidirishning oxirgi bosqichi va undan foydalanish loyihasini tuzishda ishlatiladi.
Neftga to’yinish koeffisienti tajribalar asosida aniqlanadi. Quduqlarni burg’ilashda va
kernni yuqoriga ko’tarishda yuvuvchi suyuqlik zardobi (filtrat) g’ovaklar orqali
jinsga singiydi, natijada namunadagi neft va suvni siqib chiqaradi. SHu sababli
neftga to’yinish koeffisientini aniqlashda kerndan olingan jins namunalarini suvga
to’yinganligi to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda jins g’ovaklari faqat
suv va neft bilan to’yingan deb tasavvur qilinadi, shunga ko’ra
R
n
=1-R
s
,
bunda R
n
va R
s
o’rganilayotgan namunani neft va suvga to’yinganligi. Neft
konlarida R
n
=65-94%.
Neftli zonadagi gaz-neftli qatlamlarda bog’langan suvni mavjudligi birinchi bor
N.L.Lindtrop va V.M.Nikolaev (1929) tomonidan aniqlangan. Bog’langan suv ular
tomonidan SHubanin SHtolnyasi (Boku rayoni) va Argun g’oridan (Grozniy rayoni)
olingan tog’ jinsi namunalarini laboratoriyada tadqiq qilish natijasida topilgan.
Bog’langan suv
deganda tog’ jinsi zarrachalarining yupqa parda ko’rinishida
o’rab olgan suv (uning ichki qismi mustahkam bog’langan, tashqi qismi bo’sh
bog’langan suvlarni hosil qiladi) tushuniladi. Parda qalinligi suv molekulasi
diametridan bir necha yuz marotaba katta bo’ladi va minerallar yuzasiga molekulyar
tortish kuchi ta’sirida yopishib turadi.
Mustahkam bog’langan yoki adsorbtsion suv tog’ jinsi yoki tuproq
zarrachalariga havodagi suv bug’larining yutilishidan hosil bo’ladi. Ular jins
zarrachalariga katta kuch bilan (1000 MPa gacha)yopishadi: xossalariga ko’ra oddiy
suvlardan farqlanib, qattiq jinslarga yaqin turadi, zichligi o’rta hisobda 2 g/sm
3
ga
teng, yuqori qovushqoqlikka ega,
78
S temperaturada muzlaydi; zarralar burchagi
va qabariq joylarida qalin pardali, egilgan joylarida yupqa pardali suvlar hosil
bo’ladi. Jins zarralari qizdirilganda bog’langan suv oson ajralib chiqadi.
G’ovakligi 28,4-37,7% ga teng bo’lgan qumtosh namunalarida 10,6-18,2%
bog’langan suv borligi ma’lum. G’ovakligi 29,7% bo’lgan neftli qumtoshlarda (Los-
Andjeles, Kaliforniya) bog’langan suvning o’rtacha miqdori 37,9%ni tashkil etgan.
Zamonaviy tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, neftli qatlam jinslarida bog’langan
suvning miqdori 6% dan 70% gacha o’zgarar ekan. Ammo tog’ jinslarida bog’langan
suvning judayam kam miqdori (0,5-0,8%) Oklaxoma-Siti konidagi vilkoks qumlarida
aniqlangan, suvning haddan tashqari kam bo’lishi kollektor qattiq fazasining
ho’llanmas moddalardan tarkib topganidan bo’lsa kerak.
171
G’ovakli muhitning o’tkazuvchanligi va
g’ovak kanallarining o’lchami qanchalik kichik,
kanallar soni va jinslarning solishtirma yuzasi
ko’p, shuningdek, neft tarkibida yuza-faol
moddalar miqdori kam bo’lsa, qatlam jinslarida
bog’langan suvning miqdori shuncha ko’p
bo’ladi. V.F. Engelgardning ta’kidlashicha,
hattoki diametri etarlicha yirik bo’lgan sun’iy
hosil qilingan qatlamlarda ham suv halqasimon
tomchilar holida ishtirok etib, zarralarning
chekkalarini o’rab turadi. Bunday suv tomchilari
«pendulyar halqalar» deb yuritiladi (7.14-rasm).
Bundan tashqari V.F. Engelgard qum va
qumtoshlarda pardali suvning mavjudligini aniqlagan. Bunday suv jins tarkibini
tashkil etgan mineral zarralar yuzasini parda holida o’rab turadi. Bunday suvlarning
tabiati turlicha. SHishadan yasalgan zarralarda olib borilgan tajribalardan ma’lum
bo’lishicha bunday suvning miqdori fazalar oralig’idagi taranglikni, suvning
zichligini o’zgarib turishiga va ho’llanmaydigan fazalari oralig’idagi farq ta’siriga
bog’liq. Bunday omillar pardali suvga ta’sir etmaydi deb taxmin qilinadi.
Hamma kollektorlarda bog’langan suvning bor bo’lishiga qaramay bog’langan
suvning qatlamdagi miqdori va harakatlanishini tartibga solib turuvchi qonuniyatlar
kam o’rganilgan. Holbuki bu masalani mukammal o’rganishning neft zaxirasini
hisoblashda, konni ishlatishni loyihalashda va qatlamga ta’sir etish choralarini
amalga oshirishda ahamiyati juda katta. Odatda bog’langan suvning tarkibida dengiz
suvidagiga nisbatan tuzlar ko’p bo’ladi. Bunday suv erigan ionlar tabiatining har
xilligi va ularning miqdori bilan tavsiflanadi.
Yuqorida qayd etilganiga ko’ra, neftga to’lgan g’ovaklar hajmini aniqlash uchun
bog’langan suvning g’ovaklardagi miqdorini bilish zarur, ya’ni ularning suvga
to’yinganlik koeffisientini topish kerak.
Suvga to’yinganlik koeffisienti
deb
bog’langan (qoldiq) suv hajmining (V
S
) qatlamning neft-gazga to’yingan qismidagi
g’ovak-bo’shliqlar hajmiga (V
F
) bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni:
F
C
st
V
V
К
.
Jinslarning ho’llanuvchanligi ortishi va o’tkazuvchanlikning kamayishi bilan
suvga to’yinganlik koeffisienti yuksalib boradi. Neft-gazga to’yingan namunalarning
suvga to’yinganlik koeffisientini aniqlashda ishonchli natijaga erishish uchun
namunalar qatlamga kirmaydigan yuvuvchi suyuqlik yoki neft asosida tayyorlangan
suyuqlik bilan quduqni yuvish paytida olinishi kerak (masalan, ohak-bitum asosli).
Bog’langan suvning miqdori namunalarni turli usullarda (Dina va Starka yoki
S.L. Zoks asboblarida) yuvish orqali aniqlanadi. Har ikki usulda ham og’irligi tortib
olingan namuna idishga solinadi va neftni eritadigan qaynoq eritma bilan ishlanadi.
Qaynash paytida suv erituvchi bilan birga bug’lanib, muzlatgichga o’tadi va unda
kondensatsiyalanadi, tomchiga aylanadi. Suv ishlatilayotgan uglevodorodli
Do'stlaringiz bilan baham: |