O‘zbekistonda mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari



Download 307,2 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2022
Hajmi307,2 Kb.
#500190
  1   2   3   4
Bog'liq
Z Irmatova


O‘ZBEKISTONDA MEHNAT RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISh YO‘LLARI




Annotatsiya: Mazkur maqolada mehnat resurslari, ularning shakllanishi va iqtisodiy ahamiyati nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Shuningdek, mehnat resurslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zaro farqlanishi asoslab berilgan. O‘zbekistonda mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi holati tahlil qilingan va istiqbolda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Annotatsiya: V dannoy state teoreticheski issledovanы trudovыe resursы, ix formirovanie i ekonomicheskaya rol. A takje obosnovana raznitsa mejdu trudovыmi resursami, isxodya iz ix spesificheskix osobennostey. Analizirovano sovremennoe sostoyanie ispolzovaniya trudovыx resursov v Uzbekistane i razrabotanы ekonomicheski obosnovannыe predlojeniya i rekomendatsii po ix effektivnomu ispolzovaniyu v perspektive.

Abstract: In this article, labor resources, their formation and economic role are theoretically investigated. And also the difference between labor resources, based on their specific features, is justified. The current state of the use of labor resources in Uzbekistan is analyzed and economically justified proposals and recommendations are developed for their effective use in the future.

Kalit so‘zlar: mehnat resurslari, mehnat bozori, bandlik, iqtisodiy faol aholi, mehnat migratsiyasi, inson resurslari.


Kirish

O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari shakllanishi mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari rivojlanishi va mavqeini tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati turlicha bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu jarayonlar aholini ish bilan ta’minlash va bu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq.


Mustaqillik yillarida to‘plangan tajriba va oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida uning ob’ektiv qonuniyatlarini tadqiq qilish, shulardan kelib chiqqan holda aniq xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar belgilash mumkin. Vaholanki, barqaror rivojlanib boruvchi mehnat resurslaridan samarali foydalanish tom ma’noda o‘ziga xos tamoyillarga asoslangan mehnat resurslarini hududiy taqsimlash, tabiat bilan jamiyatning qonun va qonuniyatlarini anglash, ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga qo‘llashni nazarda tutadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonning maqsad-mohiyati ham mamlakatimiz mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlash, pirovardida aholi turmush tarzini yanada yaxshilashdan iborat.
Mazkur strategiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini beshta ustuvor yo‘nalish doirasida qamrab olganligi va “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash”ga qaratilganligi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda mehnat resurslari samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqaradi. Ilmiy manbalarda mehnat resurslari va ularni oqilona shakllantirish va samarali foydalanish yuzasidan turli ilmiy talqinlar va qarashlar mavjud.


Download 307,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish