1.1-jadval
ShHTga a’zo davlat rahbarlarining sammiti ro‘yxati14
Davlat rahbarlari sammiti
|
Sana
|
Davlat
|
Joy
|
2001-yil 14-iyun
|
Xitoy
|
Shanxay
|
2002-yil 7-iyun
|
Rossiya
|
Sankt-peterburg
|
2003-yil 29-iyun
|
Rossiya
|
Moskva
|
2004-yil 17-iyun
|
O‘zbekiston
|
Toshkent
|
2005-yil 5-iyul
|
Qozog‘iston
|
Ostona
|
2006-yil 15-iyun
|
Xitoy
|
Shanxay
|
2007-yil 16-avgust
|
Qirg‘iziston
|
Bishkek
|
2008-yil 28-avgust
|
Tojikiston
|
Dushanbe
|
2009-yil 15-16-iyun
|
Rossiya
|
Yekaterinburg
|
2010-yil 10-11-iyun
|
O‘zbekiston
|
Toshkent
|
2011-yil 14-15-iyun
|
Qozog‘iston
|
Ostona
|
2012-yil 6-7-iyul
|
Xitoy
|
Pekin
|
2013-yil 13-sentabr
|
Qirg‘iziston
|
Bishkek
|
2015-yil 11-12-sentabr
|
Tojikiston
|
Dushanbe
|
2015-yil 9-10-iyul
|
Rossiya
|
Ufa
|
2016-yil 23-24-iyun
|
O‘zbekiston
|
Toshkent
|
2017-yil 8-9-iyun
|
Qozog‘iston
|
Ostona
|
2018-yil 9-10-iyun
|
Xitoy
|
Qingdao
|
2019-yil
|
-
|
-
|
2020-yil
|
Rossiya
|
Chelyabinsk
|
Ufa sammiti. Sammitning asosiy tadbirlari 2015-yil 10-iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti amaliy muloqot va mintaqaviy hamda global muammolarni samarali hal etish uchun qulay imkoniyat ekani ta’kidlandi. Keyinroq, ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari, muloqot bo‘yicha sheriklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Samarqand shahrida Islom Hamkorlik Tashkiloti ko‘magida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”15, dedi davlatimiz rahbari. O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Xitoyning “Bir makon - bir yo‘l” tashabbusi doirasida keng ko‘lamli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga biz alohida ahamiyat qaratamiz.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston o‘zaro manfaatli temir yo‘lining qurilishi mamlakatlarimizning jahon bozoriga qisqa yo‘llar orqali chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT davlatlari temir yo‘l sohasi rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi. ShHT markazlari – xalq diplomatiyasining doimiy faoliyat yurituvchi institutlarini ta’sis etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan edi. Ostona sammitida Hindiston va Pokiston tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. Hindiston va Pokistonning ShHT a’zosi maqomiga ega bo‘lishi Tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va dunyoda xavfsizlik, barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sammit ishtirokchilari ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatiga oid axborotlarni tinglab, ularning faoliyatini ijobiy baholadi. Ushbu tuzilmalarga tashkilot doirasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, xususan, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoat infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, ishbilarmon doiralar va moliyaviy tuzilmalar o‘rtasida bevosita aloqalarni kengaytirish orqali o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish tavsiya etildi16.
Sammit yakuni bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda sammit samarali o‘tgani, imzolangan hujjatlar ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘tgan Ufa, Toshkent va Ostona sammitlari Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muhim ahamiyatga ega voqealar hisoblanadi. Undagi asosiy voqea Toshkent sammitida Pokiston va Hindiston Respublikalarining tashkilotga a’zo sifatida qo’shilishi boshlangan bo‘lsa, Ostona sammitiga kelib ushbu ikki mamlakat tashkilotning to‘liq a’zosiga aylantirildi va bu to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, Ostona sammitining muhim voqealaridan yana biri Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomi berilganligi yanada mustahkamlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining oldiga qo‘yilgan ustuvor maqsadlar17. ShHTning asosiy hujjatlaridan biri 2002-yil 7-iyundagi Nizom bo‘lib, u ShHTning asosiy vazifalarini aks ettiradi va ular quyidagilardir18:
a'zo davlatlar o'rtasida o'zaro ishonchni, do'stlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash;
mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibni o'rnatish uchun ko'p sohaga mo'ljallangan hamkorlikni rivojlantirish;
terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish maqsadida qo'shma sa'y-harakatlarni olib borish, narkotrafik, qurol va boshqa transmilliy jinoiy faoliyat va noqonuniy migratsiyani bartaraf etishda birga harakat qilish;
siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquqni muhofaza qilish organlari, ekologik, madaniy, ilmiy, ma'rifiy, energetika, transport, kredit-moliya va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda samarali mintaqaviy hamkorlikni rag'batlantirish;
barqarorlikni yaxshilash va a'zo davlatlar xalqlari turmush sharoitlarini oshirish maqsadida teng sheriklik asosida qo'shma harakatlar orqali mintaqada keng qamrovli va muvozanatli iqtisodiy o'sishni, ijtimoiy va madaniy rivojlanishni osonlashtirish;
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish yondashuvlarini muvofiqlashtirish;
a'zo davlatlarning xalqaro majburiyatlariga va ularning milliy qonunchiligiga muvofiq inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilishni rag'batlantirish;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni saqlash va rivojlantirish;
xalqaro nizolarni oldini olish va ularni tinch yo'l bilan hal qilish bo'yicha hamkorlik qilish;
XXI asrda yuzaga keladigan muammolar yechimini birgalikda izlash.
Hamkorlik yo'nalishlari19.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning iqtisodiy munosabat-larida Xitoy alohida o'rin tutadi. U erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risidagi talab bilan mintaqadagi iqtisodiy vaziyatga har yili yanada jiddiyroq ta'sir o‘tkazib bormoqda va bu sohada ShHT davlatlari doirasida bir vaqtning o'zida savdo va investitsiyalar uchun infratuzilmani yaratishni talab qilib kelmoqda. Ularning iqtisodiy manfaatlari orbitadagi Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan bo‘lib, Xitoy o'z mahsulotlari uchun birinchi navbatda ishonchli bozor deb ushbu mintaqani hisoblaydi. Savdo hamkorliklarini kengaytirish nuqtai nazaridan, Xitoy Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarni Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishlarini qo'llab-quvvatlaydi. Ba'zi mutaxassislarning ta’kidlashlaricha ShHTga a’zo davlatlarning Xitoy tashqi savdosidagi ulushi 2 foizdan oshmaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |