O‘zbekiston respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Ta’lim muassasasini boshqarish



Download 95,06 Kb.
bet39/44
Sana01.02.2022
Hajmi95,06 Kb.
#424133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
466 карор

6-bob. Ta’lim muassasasini boshqarish
19. Texnikumni boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlar direktori rektor tavsiyasiga binoan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Texnikum direktori:
texnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va texnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘rinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, texnikumning tarkibiy bo‘linmasi rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;
texnikum faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, buyruqlari va ko‘rsatmalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga asosan texnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;
texnikum tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
texnikum o‘qituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
texnikum tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
texnikum pedagogik xodimlari va o‘quvchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
texnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
texnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo‘yicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
texnikumning shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
texnikum o‘qituvchilari va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, o‘rnak ko‘rsatgan texnikum xodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritadi.
texnikum direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 95,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish