Bog'liq O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: Talaba (yoki o’quvchi)lar bahs mavzusi bo’lishi kerak bo’lgan mavzu bilan uy (yoki oldin o’tkazilgan mashg’ulotlar)da tanishadilar. Bahs arafasida o’qituvchi bo’lajak mavzu to’grisida o’quvchilarga axborot berar jan, bahslar qay yo’sinda o’tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta, bahslar birinchi marta o’tkazilayotgan bo’lsa, juda muhimdir).
Rahbar guruh talaba (yoki o’quvchi)larini ikkiga ajratadi va ularni o’quv xonasining ikki tomoniga qator qo’yilgan stollar yoniga utkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi (masalan, 1-guruh - ijobiy holat joriy qilinishi tarafdorlari, 2-guruh - bunga qarshilari).
SHundan so’ng, rahbar talaba (yoki o’quvchi)larni juftlaydi, har bir juftda qarama - qarshi qarashlar tarafdorlari bo’lishi kerak. Juftlarni tartib raqami yoki alifbo harflari bilan belgilaymiz. Agar o’quv xonasida talaba (yoki o’quvchi)lar soni toq bo’lsa, o’qituvchi munozaraga stishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. O’qituvchi 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga (keltirilgan misolda — ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) har biri juft sanasi (ramzi) bilan bilgilangan katak qog’oz varaklarini tarqatadi.
Talaba (yoki o’quvchi)lar o’quv xonasining ikki tomonida o’tirib, juftma - juft yozma muloqotni boshlaydilar. 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga o’zlari ma’qullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog’oz varag’iga puxta tahrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtda 2-guruh talaba (yoki o’quvchi)lari o’zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bo’gan nuqtai nazarlarini isbotlashlari mumkin.
YOzilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatning joriy qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo’yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o’z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Dalillar almashishning bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, bunda har bir talaba (yoki o’quvchi) sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishi va o’zining aks dalilini keltirishi shart. Talaba (yoki o’quvchi)larning bilimlarini aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda talaba (yoki o’quvchi)larga yakuniy paragrafni yozish imkoni beriladi. SHundan so’ng, yozma ish yig’ib olinadi.
Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli - ikkala tomonga qaratilgan savoldir: «Qarshi tomonning eng yaxshi dalili - isbotlari qaysilar bo’ldi?»
8. O’qituvchi ishni yakkama-yakka yoki jufti bo’yicha baholashi mumkin. Agar o’qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo’lsa, u haqida talaba (yoki o’quvchi)larni darsning boshidayoq ogohlantirishi kerak.
Ta’lim muassasalarining mashg’ulotlarida yozma bahslar uslubini foydalanish mobaynida quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan tarqatma materialdan foydalanish mumkin: