II. TASHXIS KOMISSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI 8. Tibbiy ko`rik xulosalariga muvofiq jismoniy va aqliy jihatdan mutloq sog`lom deb topilgan olti yoshli bolalarni maktabda ta`lim olishga ijtimoiy-psixologik va ma`naviy – ahloqiy jihatdan tayyorgarlik darajasini o`rganish.
9. Joriy yilning 1 sentyabrgacha bo`lgan davrda olti yoshga to`ladigan, psixologik-pedagogik tashxis xulosasiga ko`ra maktabga tayyor deb topilgan bolalarga umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga tavsiya berish.
10. Tashxis natijalari asosida maktabda o`qishga tayyor emas deb topilgan olti yoshli bolalarning ota-onalariga ularni maktabga tayyorlash masalasida maslahat hamda korreksion-rivojlantiruvchi guruhlarida shug`ullanish yuzasidan tavsiyalar berish.
11. Tuman (shahar) hududidagi barcha maktabgacha ta`lim muassasalariga qatnaydigan va qatnamaydigan olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini maxsus psixologik tashxis metodikasi yordamida o`rganish.
12. Tashxis komissiyasi ish yakuni bo`yicha hisobotni XTMFMTvaTEB hamda viloyat xalq ta`limi boshqarmalariga taqdim etish.
III. TASHXIS KOMISSIYASINING TARKIBI VA ULARNING ISH TAQSIMOTI 13. Komissiya o`z ish faoliyatini XTMFMTvaTEB tomonidan o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan jadval hamda ish reja asosida amalga oshiradi.
Komissiya raisi komissiya a`zolarining ish tartibi, ish rejasi, tashxisning sifatini nazorat etish, hududdagi olti yoshli bolalarning to`liq tashxisdan o`tishini ta`minlaydi. Ota-onalarga tashxis komissiyasining maqsad va vazifalarini tushuntiradi.
Rais Tashxis komissiyasi faoliyatining yakuni haqida XTMFMTvaTEB bo`limlarining yig`ilishlarida hisobot beradi, komissiya ishi, a`zolari haqida o`z fikr va mulohazalarini yozma ravishda taqdim etadi.
Psixolog olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini psixologik tashxis metodikalari asosida o`rganadi. Barcha mezonlar bo`yicha talablarga javob bergan bolalarga maktabda o`qishga tavsiya beradi.
Maktabga tavsiya etilmagan bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalarida yoki uy sharoitida maktabga tayyorlash xususida ota-onalarga maslahatlar beradi.
Logoped bolaning tovush talaffuzi, fonema-fonematik eshituvi va grammatik qurilishini shakllanganlik holatini o`rganadi. bolaning og`zaki nutqini rivojlanish darajasini aniqlaydi. nutqning tempi, ravonligi va aniqlik holatini tekshiradi.
Shifokor psixologik-pedagogik tashxisdan o`tayotgan bolaning salomatlik holatini o`rganadi, uning tibbiy varaqasidagi barcha yozuvlar bilan tanishadi va tibbiy komissiya xulosasi bilan bolaning salomatligini taqqoslaydi. Olti yoshli bolalarni psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi tarkibida ishtirok etayotgan boshlang`ich sinf o`qituvchisi ham komissiya ishida faol ishtirok etadi, uning vazifalari komissiya raisi tomonidan belgilab beriladi.
Tashxis komissiyasi faoliyatiga yoki uning ayrim a`zolariga nisbatan bildirilgan shikoyatlar komissiya raisi, XTMFMTvaTEB vakillari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida hal etiladi.