ot+chi=ot anglatmishi bilan shug„ullanuvchi shaxs oti
qolipi
hosilasi. Ammo
ishchi
leksemasi bu qolipdan uzoqlashib, undagi
o‗zak va qo‗shimcha qotgan holga kelgan, ya‘ni bu leksema hozir yuz
berayotgan nutqiy jarayonda yasalmagan.
Kitobchi
so‗zi esa mazkur
qolip asosida nutq jarayonida hosil bo‗lgan nutqiy hosila. Demak,
ayrim yasama so‗z qolipdan chiqib, davr o‗tishi bilan leksemalashib,
tayyor holga kelib qoladi.
Leksemaning ongda paradigmatik va sintagmatik munosabat
asosida yashashi.
Til o‗ziga xos murakkab tizim ekanligini, uning
birliklari botartib tarzda ―yashashi‖ni yaxshi bilamiz. Avvalo,
muayyan til egalari ongida o‗sha tilga mansub leksemalar o‗zaro
paradigmatik (o‗xshashlik) hamda sintagmatik (qo‗shnichilik)
munosabatlarda mavjud bo‗ladi. Masalan,
o„g„il
leksemasi bir
90
tomondan
ota
,
ona
leksemalari bilan, ikkinchi tomondan
qiz
leksemasi
bilan paradigma hosil qilib yashaydi. Paradigmadagi bir a‘zoning
mohiyati unga paradigmadosh boshqa a‘zoning mohiyatiga qiyosan
olinadi, unga munosabatda bo‗ladi. Masalan,
aka
leksemasi
uka
,
singil
,
opa
leksemalari bilan paradigma hosil qilar ekan, bunda
ularning umumiy belgisi bu leksemalarni bir paradigmaga solsa, farqli
belgilari mustaqilliklarini ta‘minlaydi. Lisoniy birliklar orasidagi
bunday bir-biriga ishora qilib, eslatib turuvchi belgilar, munosabatlar
assotsiativ munosabat
ham deyiladi.
aka
leksemasining mohiyati
uka
leksemasining mohiyatiga qiyosan belgilanadi. Qiyos esa eslatish,
eslash, yonma-yon qo‗yish munosabatidir.
Leksemalar mohiyatida mujassam sintagmatik munosabat ham
ahamiyatli. Masalan,
daftar
leksemasi nutqda
yirtmoq
,
yozmoq,
saqlamoq, sotib olmoq
kabi o‗nlab, yuzlab leksemalar bilan bir
tomondan, morfologik shakl va so‗z yasovchi qo‗shimcha bilan
ikkinchi tomondan birikuv hosil qiladi. Bu voqelanish leksemada
imkoniyat sifatida mavjud. Aytilgan birlik bilan yuz bergan aloqa
leksema mohiyatida imkoniyat sifatida yashirin.
So‗zlovchi nutq jarayonida zarur bo‗lgan birlikni o‗xshash va
farqli belgilari asosida paradigmadan tanlab, sintagmatik imkoniyati
doirasida nutqda turli-tuman kombinatsiya hosil qiladi. Nutqda
leksemaning mohiyati hech qachon to‗la-to‗kis voqelanmaganligi kabi
sintagmatik imkoniyatning ham faqat zaruri voqelikka aylanadi. Zero,
dialektika uqtirganidek, mohiyat bir hodisada bus-butun yuzaga
chiqmaydi, imkoniyat to‗la voqelanmaydi. Nutqiy voqelanish uning
bir zarrasi, xolos.
Leksema so‗zdan boyroq va kengroq. Biroq so‗z nutqda turli
«begona» – bevosita leksemaga aloqador bo‗lgan lisoniy va aloqador
bo‗lmagan kontekstual hodisalar bilan «boyitilgan»,
nutqda
voqelanish uchun shakllantirilgan bo‗ladi. Leksemaning «boy»ligi
«o‗ziniki»dir. So‗z esa, aytilganidek, o‗z asosidagi leksemaga tegishli
bo‗lmagan boshqa nolug‗aviy omillar – fonetik, morfologik, sintaktik
uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy hodisa zarralarini biriktirib,
o‗ziga tegishli bo‗lmagan hodisalar hisobiga «boyiydi».
Aytilganlar asosida leksema va so‗zga shunday ta‘rif berish
mumkin.
Leksema – ma‟lum bir til jamiyati a‟zolari ongida tayyor,
barqaror, umumiy va majburiy, shakl va ma‟no birligidan iborat,
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor
91
kabilarni bildiruvchi tushunchalar va munosabatlarni ifodalaydigan,
nutqda so„zlarni va grammatik morfemalarni biriktiradigan lisoniy
birlik
.
Leksema va so„z yasash qoliplarining nutqda reallashgan aniq
shakl va ma‟noga ega bo„lgan muayyan ko„rinishi – so„z.
Do'stlaringiz bilan baham: |