BAKTERIYALI VOSITALAR TAVSIFI VA ULARDAN SAQLANISH USULLARI
Bakteriyali vositalar tariqasida turli yuqumli kasalliklarning qo'zg'otuvchilari qo'llanilishi mumkin (o'lat, kuydirgi, oqsim, chechak. manqa, tulyaremiya, vabo, sariq va boshqa xildagi isitmalar, bahorgi-yozgi ensefalit (bosh miyaning yallig'lanishi), toshmali va qorin terlamalari, gripp, bezgak, ichburug', chin chechak va boshqalar).
Ulardan tashqari, botulizm qo'zg'otuvchisining zahari ham ishlatilishi mumkin, chunki uning ta'sirida zaharlangan odamlarda og'ir kechadigan klinik manzara namoyon bo'ladi. Ayni maqsadda stafilokokklar enterotoksini ham qo'llanilishi haqiqatdan xoli emas.
Hayvonot olamini shikastlash maqsadida kuydirgi va manqa kasalligi qo'zg'otuvchilari bilan birga (oqsim-yashur odamga ham yuqishi mumkin; klinik manzarasi: tana haroratining ko'tarilishi, zaharning qon oqimi bilan butun tana bo'ylab yoyilishi (intoksikatsiya), so'lak oqishi, og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida va barmoqlar terisida og'riydigan pufakchalar hamda yaralar paydo bo'lishi mumkin), qoramol va parrandlalar o'lati, cho'chqa vabosi va boshqalar; o'simlik dunyosi, asosan qishloq xo'jaligiga oid turlarini shikastlash uchun donli mahsulotlarning zanglash, kartoshkalarning fitoftoroz kasalliklarining qo'zg'otuvchilari va boshqalar qo'llaniladi.
Odamlar va hayvonlarning shikastlanishi. ifloslatlgan havodan nafas olinganda, mikrob va toksinlarni shilliq qavatlar hamda shikast topgan teriga tushishi, zararlangan oziq-ovqatlar va suv orqali og'izoshqozon-ichak yo'liga kirishi, zararlangan hasharotlar va kanalar chaqishi, ifloslangan jismlar bilan bcvosita muloqotda bo'lish, bakteriyali vositalarni nishonga eltuvchi snaryadlar, bombalar, raketalar parchalari ta'siridan jarohatlanish, bemorlar yoki kasal hayvonlar bilan uchrashish tufayli vujudga kelishi mumkin.
Ayrim kasalliklar bemorlardan sog'lom odamlarga tezlik bilan yuqishi kasallikning atrofga yoyilib ketishiga sabab bo'ladi (o'lat, vabo, terlama, gripp). Bunday kasalliklar orasida, hozirgi paytda parranda grippi alohida e'tiborni o'ziga tortmoqda. Bunga sabab shuki, JST ma'lumotlariga binoan 2002-yil noyabr oyida Xitoyning Guandun viloyatida ilk bor yangi virusli og'ir, o'tkir respirator kasalligi - g'ayri oddiy zotiljam (G'OZ) aniqlangan edi. Ushbu kasallik 2003-yilning oxirida Osiyoning Janubi-Sharqiy 10 ta mamlakatida ko`zatildi. Misol tariqasida Janubiy Koreyani keltirish mumkin. Bu mamlakatda 2003-yilning dekabr oyida parrandachilik fermalarida yuqori darajada salbiy ta'sir o'tqazuvchi parrandalar grippi ro'yxatga olindi. Keyinchalik jarayon Vyetnam, Yaponiya, Tailand, Kambodja, Xitoy, Laors va Indoneziyada (7 mamlakatda) aniqlangan. Odamlarning parranda grippi bilan kasallanishi xavfi, parrandalar bilan aloqada bo'lgan odamlarda 2004-yil yanvar oyining nihoyasida ro'yxatdan o'tqazildi. Davolash jarayoni, asosan samarasiz bo'lib, odamlar orasida nobud bo'lish yuqori darajada ekanligi e'tiborni o'ziga tortdi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining bergan ma'lumotlariga ko'ra, 2004-yilning 4-oktabrigacha 43 kishi kasallanib, ulardan 31 tasi (72 %i) olamdan o'tgan. Ammo, bu kasallikning odamdan odamga yuqishi tasdiqlanmaganligiga qaramay, shunday holat ma'lum sharoitlarda yo`zaga kelib chiqishi mumkin degan shubha mavjud. Mazkur shubhaning paydo bo'lishiga dastlabki tashxis taxminan parranda grippi bilan shifoxonaga joylashtirilgan 11 yasharli qiz bolaga parvarish qilib turgan 26 yoshli onasining o'limi sabab bo'ldi. Bemor qiz 2004-yil 8-sentabrda vafot etgan bo'lsa, uning onasi shu voqeadan 12 kun o'tgach (2004-yil 20-sentabr), olamdan o'tadi. Parranda grippi qo'zg'otuvchisining odamdan odamga o'tishi, uning mutatsiyasi (hayot sharoiti o'zgarishi natijasida tana bclgilarining to'satdan izdan chiqishi yoki yangi belgilar hosil bo'Iishi orqasida kasallikning odamdan odamga o'tish qobiliyatini kuchaytirgan degan taxminlar mavjud.
Bakteriyali qurollar ta'siridan aholini muhofaza qilishning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
vaksinalar - zardobli vositalar;
sulfanilamlidlar va dorivor moddalar; 3)antibiotiklar;
shaxsiy va jamoa himoya vositalari;
dezinfeksiyalovchi vositalar;
Bakteriyali qurol ishlatilganligi ma'lum bo'lganida, tezda havotozalagichlarni (respiratorlar, niqoblar) va terini himoyalovchi kiyimlarni kiyish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |