7 - yonboshdagi turumchalarni ushlab turuvchi joylar;
8 - ikkita tekstil materialidan tayyorlangan tasmalar;
9 - plash yengini qisib turuvchi tasma;
10 - markaziy turumcha.
Havo o'tqazmaydigan matolardan tiqilgan alohidalovchi himoya kiyimlari zich (герметичные), butun tananing hamma qismlarini berkituvchi va zaharlovchi kimyoviy moddalarning tomchilaridan saqlovchi (kastumlar, kombinezonlar) hamda qisman yoki mutlaqo zich bo'lmaganlarga (негерметичные) (yaktaklar, yopinchoqlar (накидки), fartuklar va boshqalar) ajratiladi. Zich bo'lmaganlari yoki qisman zich bo'lganlari
tananing ochiq qismlarini tomchi-suyuq holatdagi zaharlovchi moddalardan himoyalovchi kiyimlarga umumqo'shin himoya majmuasi (ОЗК), yengil himoya kastumi (Л-1) himoya kombinezoni yoki kastyum kiradi.Umumqo'shin himoya to'plami (ОЗК) (43,44-rasmlar) himoya yaktagi (ОП-1) himoyalovchi qo'lqop va paypoqlardan tashkil topgan. Mo'ljal - maqsadga ko'ra majmua yopinchoq (qo'llarga kiydirilgan) yoki kombinezon ko'rinishida qo'llanishi mumkin. Majmua yopinchoq tarzida, dushman tomonidan to'satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar tashlanganda yoki radiofaol yog'inlar bo'lganda hamda texnika va transportni zararsizlantirish jarayonlarida ko`zatiladi. Zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joylarda bo'lganda va kimyoviy hamda bakteriologik omillar bilan zararlangan joylarda kuchli shamol turganida, kombinezon ko'rinishida foydalaniladi.
Odatda, maxsus himoya kiyimini zararlanmagan joyda (berkinchoqlar, xonalar va boshqalar) ish boshlashdan oldin kiyiladi. Mabodo, havo zararlangan bo'lsa, kiyimni havotozalagichni kiygandan so'ng kiyiladi. Himoya kiyimini zararlanmagan joyda yechiladi va havo kelayotgan tomonga yurib, havotozalagich boshdan olinadi. Buning uchun shlem tagiga, boshning orqa qismiga barmoq kirgiziladi.
Yengil himoya kostyumi (Л-1) (45-rasm) rezinkalangan kapyushonli kurtka, rezinkali kalishlar bilan biriktirilgan shim, rezinkalangan qo'lqoplardan iborat bo'ladi. Mazkur kastum kimyoviy xavfli korxonalarda, temir yo'l va avtotransportlarda, yadro reaktorlarida talafotlar ro'y berganida, urush davrida dushman tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar qo'llanilganda yoki radiofaol moddalar yog'Uganda radiofaol moddalar va bakterial vositalar bilan zararlangan joylarda harakat qilinganda hamda texnika va transportlarni zararsizlantirish jarayonlarida ishlatiladi.
T/r
|
Tashqi havo harorati, 'C
|
Odamlarning terini himoyalovchi kiyimlarda bo'lish vaqti, daqiqalarda
|
|
|
Ho'llanmagan, to'siqli kombinezon
|
Ho'llangan, to'siqli kombinezon
|
1
|
30 va yuqori
|
15-20
|
60-90
|
2
|
25-29
|
30 gacha
|
90-120
|
3
|
20-24
|
45 gacha
|
120-150
|
4
|
15-19
|
120 gacha
|
180 dan ziyod
|
5
|
15 dan past
|
180 dan ortiq
|
-
|
Bulutli va shamolli havo sharoitlarida hamda soya joylarda odamlarning terisini asrovchi Alohidalovchi himoya kiyimlarida bo'lish, odam tanasi uchun bezarar bo'lmaydi, chunki havo issiq kunlarda issiqlikni berish va issiqlik almashinuv jarayoni issiqlikni berish va issiqlik almashinuv jarayoni izdan chiqadi. Natijada, tananing keskin ravishda qizib ketishiga olib keladi. Oqibatda nafas olish va yurak faoliyati bo`ziladi. Og'ir holatlarda issiq urish dardi kelib chiqadi. Shu boisdan odamlarni alohidalovchi kiyimlarda bo'lish vaqti cheklanadi. Radiofaol changdan saqlanish maqsadida, alohida odatdagi kiyimni sharoitga moslashtirish mumkin. Ularning zichligini, tanaga yopishib turishi uchun ko'krak usti (нагрудники), kapyushon, shimlarning yon
tomondagi bog'lagichlarni tomondagi bog'lagichlarni qo'shimcha holda ishlatish kerak. Radiofaol moddalardan himoyalanish maqsadida qo'l ostidagi narsalardan (shaxsiy, maishiy, sport, ishchi va boshqa kiyimlar hamda poyabzaldan, zichlashtiruvchi tanaga yopishib turishi uchun ko'krak usti (нагрудники), kapyushon, shimlarning yon tomondagi bog'lagichlarni qo'shimcha holda ishlatish kerak. Radiofaol moddalardan himoyalanish maqsadida qo'l ostidagi narsalardan (shaxsiy, maishiy, sport, ishchi va boshqa kiyimlar hamda poyabzaldan, zichlashtiruvchi qo'shimcha narsalar bilan ham foydalansa bo`ladi.
Л-l yengil himoya kostyumini: / - kopyushonli ко`ylak; 2 - paypoqli shim; 3 - himoya qo`lqoplari; 4 - dubui'aosti; 5 - himoya majmuasining haltasi;
6 - butaro tasma; 7-yelka tasmalari,
Himoya kiyimlarida ishlash va bo'lish muddatlari vaqt jihatidan cheklangan.
SHAXSIY TIBBIY HIMOYA VOSITALARI
Shaxsiy tibbiy himoya vositalari odamlar ommaviy qirg'in qurollaridan zararlanganida muhofaza va tibbiy yordam ko'rsatishga mo'ljallangan. Ular yordamida odam hayotini saqlab qolish, yetkazilgan shikastlanish rivojlanishining oldini olish va ular darajasini kamaytirish, tananing chidamliligini ayrim zararlovchi omillarga nisbatan (ionlovchi nurlanish, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar) ko'tarishga erishish mumkin. Ularga radioproteklar (nurga qarshi vositalar, ionlashtiruvchi nurlanishga nisbatan tana chidamliligini oshiruvchi hamda radiatsiyaviy jarohatlanish va nur kasalligining oldini olish uchun ishlatiladigan dorilar - sistamin, xlorid, batilol, meksamin, merkamin gidroxlorid, kaliy yodid, liniment tezan linetol, dieton surtmasi, «Ликсазол» aerozoli, parmidin surtmasi. aloe linimenti, solkoseril, dimetpromid va boshqalar), antidotlar va bakteriyalarga qarshi vositalar, qisman sanitar ishlovini ta'minlovchi vositalar kiradi.
Antidotlar deganda turli-tuman moddalardan zaharlanganda ishlatiladigan moddalar tushuniladi. Bularga zaharlanishga qarshi moddalar: maxsus antidot, sorbentlar va kompleksonlar kiradi. Maxsus antidotlar unitol, natriy tiosulfatdan sorbentlar, faollashtirilgan ko'mir, faollashtirilgan ko'mir «KM» tabletkalari, faollashtirilgan CKH ko'miri, enterosorbent CKH, karbolong, polifepandan, kompleksonlar yoki xelatlar (majmualar vujudga keltiruvchi birikmalar) tatatsin kalsiy, pentatsin, ferrotsin, etilendiamintetrauksus kislotasining ikki natriyli to`zi, trimefatsindeleroksaminpenitsillaminlardan iborat.
Bakterial omillarga qarshi vositalarga, qisman sanitar ishlovi uchun qo'llaniladigan moddalar kiradi.
Radiofaol moddalar odam tanasiga qaysi yo'l bilan tushishiga qaramay, kompleksonlar, adsorbentlarni qabul qilish, ushbu moddalarning qonga so'rilishiga to'siq bo'lib, ularning odam tanasidan zudlik bilan chiqib ketishiga ko'maklashadi.
Antidotlar zaharlovchi moddalar ta'siri oldini olish yoki susaytirish xususiyatiga ega. Lckin, zaharlovchi moddalarga qarshi hammabop (universal) antidotlar, hozircha yo'q. Faqat, ayrim zaharlovchi moddalarga (nerv-shol xususiyatli), sinil (achchiq) bodom kislotasi va uning boshqa birikmalari, lyuizit va g'ashga teguvchi zaharlovchi moddalarga nisbatan qo'llaniladigan antidotlar mavjud. Masalan, fosfor organiq zaharlovchi moddalarga qarshi vositalarga amizilk, aprafen, arpenal, afin, atropin va prozerin, atropin va meteraminol, buaksil, benzatsin, benzogeksonniy, diprofen, metamizil, metatsin, pentatsin, taren, P-6 moddasi va boshqalar: bodom kislotasi birikmalari qarshisiga amilnitrat, propil nitrat. lyuizit va margimushi bor moddalarga qarshi unitol qo'llaniladi.
Yuqorida keltirilgan antidotlardan muhofaza va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida foydalanish mumkin.
BAKTERIYALARGA QARSHI VOSITALAR
Bunday vositalar 2 guruhga ajratiladi: 1) nomaxsus; 2) maxsus.
Nomaxsus bakterial muhofaza vositalariga antibiotiklar - bu guruhdagi moddalarning hozirgi paytda 70 dan ziyod vaqili ma'lum bo'lib, 10 guruhga ajratiladi: penitsillin guruhlilar, sefalosporinlar guruhiga oidlari, turli beta-laktamlilar, tetratsiklinlar, aminoglyukoidlar, linkomitsinlilar, levomitsetinlilar, makrolidlar va azalidlilar, turfa guruhlilar, zamburug'lilarga qarshi antibiotiklar, interferonlar (alfa interferon, interlok, reaferon, intron. betaferon) kiradi.
Maxsus muhofaza vositalariga zardoblar (qonning shaklli zarrachalari - elementlari cho'ktirilganidan keyin ajralib chiqadigan suyuq qismi), vaksinalar (emlanadigan moddalar: o'ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan mikroorganizmlar), anatoksinlar (zararli xususiyatlardan forig' bo'lgan toksinlar), bakteriofaglar (bakteriyalarga ta'sir etib, ularning yemirish, o'zidan fag (bakteriofaglarga tegishli) zarrachalarini chiqarish xususiyatiga esa virus) taalluqli bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan vositalarning ba'zi birlari shaxsiy doridon-2 (аптечка индивидуальная АИ-2) tarkibiga kiradi.
Ro'yxatdagi (tabel) tibbiy himoya vositalariga shaxsiy himoyaning tibbiy vositalari (МСИЗ-медицинские средства индивидуальной защиты): shaxsiy doridon -2 va kimyoviy moddalarga qarshi shaxsiy haltacha (ИПП-8 индивидуальный противохимический пакет) oid bo'ladi.
Shaxsiy doridon-2 ommaviy qirg'in qurollari ishlatilganida, atom elektr stansiyalarida talafot yo`z berganida hamda yuqumli kasalliklar oldini olish maqsadida shikastlanganlarning o'ziga o'zi va o'zgaga tibbiy yordam berish maqsadida tavsiya etiladi (46-rasm).
46-i asm. Shaxsiy doridon: Muhofazalanishning tibbiy vositalaridan iborat bo'lib, yaralar va kuyganda og'riqni olishda о'zigayordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Radioaktiv, zaharlovchi va kuchli ta 'sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM) bilan zararlanishlami aniqlab ogohlantirish yoki kuchsizlantirish hamda yuqumli kasalliklar bilan kasallanishlarni ogohlantirish.
Mazkur doridon ko'rinishidan kichik hajmli (bo'yi 10 sm, eni 9 sm va qalinligi 2 sm), zarg'aldoq rangdagi plastik xomashyodan ixcham qilib yasalgan quticha bo'lib, uning ichida plastmassadan ishlangan tyubikli-shpris va dorilar solingan tokchalari bo'ladi. Tokchalar 6 qavatli bo'lib, har bir tokchasi ma'Ium maqsadlarda qo'llash uchun tavsiya etilgan dori vositalari bilan jihozlangan. Uning tarkibida, odam tanasiga ionlovchi nurlanish, kimyoviy zaharli moddalar, bakterial vositalardan kelib chiqishi mumkin bo'lgan ta'sirlar oldini olish va susaytirish uchun dorilarning majmuasi mavjud.
Suyaklar singanida, jarohatlar kelib chiqqanida, keng ko'lamli kuyishlarda, og'riqli karaxt (shok) ning oldini olish maqsadida doridonning 1-tokchasiga joylashtirilgan, 1-2 %li promedol eritmasi mushaklar orasiga yuboriladi.
Tinchlik davrida promedol dorisi ta'sir jihatidan A guruhdagi kuchli ta'sir etuvchilarga taalluqli bo'lib, doridonga solinmay alohida qultlanadigan joyda saqlanadi.
Doridonning 2-tokchasida fosfororganiq zaharlovchi kimyoviy moddalarga qarshi taren dorisi solingan bo'lib, «kimyoviy» belgi (signaltzatsiya) berilishi zahotiyoq, uning 1 donasi (tugmacha shaklida) ichiladi. Mabodo, zaharlanish alomatlari kuchaya borsa, tarendan yana 1 donasi yutiladi.
Doridonning 3-tokchasida oq rangdagi, nisbatan o`zunchoq silindr ko'rinishidagi idishcha bo'lib, uning ichida bakterial vositalarga qarshi 2-tartib sonli (№ 2) sulfodimetoksin (15 dona) dorisi solinib, uni nurlanishdan so'ng paydo bo'ladigan me'da-ichak yo'lari faoliyatini izdan chiqqanida ichiladi.
Tana quvvatini ionlovchi nurlanish ta'siriga qarshilik ko'rsatish qobiliyatini ko'tarish maqsadida, 1-sonli radiohimoya vositasi (gistamin) qo'llaniladi. Sistamin moddasi 4-tokchada 2 ta pushti rangli yassi idishlarda (penal) joylashtiriladi. Har bir idish 6 donadan tugmacha ko'rinishli sistamin bilan ta'minlanadi. Yassi idishlardagi 6 dona sistamin tugmachasi nurlanish ta'siridan 30-40 daqiqa avval, nurlanish davom etayotgan sharoitlarda yana qolgan 6 dona sistamin 4-5 soatdan keyin suv bilan ichiladi. Sistaminning samarasi, 50 %ni tashkil qilishi mumkin.
5-tokchada 2 dona rangsiz (bo'yalmagan) yassi qutichalar joylashtirilgan. Har bir qutichaning ichiga bakteriyalarga qarshi 1-sonli (№1) vositalar (tetratsiklin-5 donadan 10 ta dona) solinadi. Mazkur vositalar bakteriologik xavf yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan holatlarda tavsiya etiladi (jarrohlik va kuyish mfeksiyalarini nomaxsus moddalar - vositalar ishlatib oldini olish).
6-tokchadagi 2-sonli radiohimoya vositasi (kaliy yodi) joylashgan bo'lib, uni radiofaol yog'inlar to'qilganida 1 donadan 10 kun rnobaynida tanaga radiofaol moddalar bilan zararlangan hududlarda o'tlab yurgan sigirlarning suti tarkibida radiofaol yod moddasining kirish xavfi tug'ilganida, qabul qilinadi.
Tananing nurianishga bo'ladigan dastlabki javobiga (reaksiyasi) (ko'ngil aynish va qusish) barham berish uchun etaperazin (faol neyroleptik - markaziy asab tizimi faoliyatini susaytiruvchi, ayni paytda odam ongiga ta'sir qilmay. psixozlarning (telbalik, ruhiy kasalliklar) alahsirash. vasvasa va tashqi ta'sirotsiz paydo bo'ladigan xayollar yoki xayoliy sezgilar singari alomatlarga barham beradigan dori vositalari) dorisi ishlatiladi. U aminazinga nisbatan qusishni t'aol ravishda to'xtatadi. Hiqichoqqa barham beradi; mushaklarni bo'shashtiradi, kataleptik (bemor qanday vaziyatda turg'izib qo'yilsa, shunday holatni saqlab turaveradi; ruhiy kasalliklarda ko`zatiladi) ta'sirini ko'rsatadi.
Etaperazin dorisi ko'k rangdagi idishchaga solinib, 7-tokchaga joylashtiriladi. Shaxsiy doridondagi vositalarning bir galgi qabul qilish miqdori: og'riqni qoldiruvchi va radiohimoya vositalariniki kattalar va bolalar uchun bir xil; qolgan moddalarniki (taren, sulfodimetoksin, sistamin, tetratsiklin) esa, bolalar uchun 8 yoshgacha 1/4, 8-15 yoshgacha esa, 1/2 miqdorda (kattalarga nisbatan) tavsiya etiladi.
ИПП-8
Do'stlaringiz bilan baham: |