O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati
ISHDAN CHIQQAN HAVOTOZALAGICHLARDAN FOYDALANISH Havo zararlangan o'choqlarda, birdan havotozalagich ishdan chiqib qolgudek bo'lsa, boshqasiga erishguncha, ushbu havotozalagichdan ma'lum vaqt mobaynida foydalanishga to'g'ri keladi. Undan foydalanish quyidagicha bo'ladi: 1) niqob-shlem yoki niqobni tirkashlovchi tasmalardan birontasi zararlansa (yirtilsa, sitilsa), uni betga zich qilib bosiladi; 2) niqob-shlem kattaroq yirtilsa, oynaklar shikastlansa, nafas olish va nafas chiqarish qopqoqchalari ishdan chiqsa, nafas olish to'xtatiladi; 3) ko'zlar yumiladi; 4) niqob-shlem yechiladi; 5) so`zg'ich-yutish qutichasidan transportchi nay burab ajratiladi; 6) qutichani ushlab, bo'yinchasi (горловина) og'izga tiqiladi; 7) quticha orqali bevosita nafas olinadi (ko'zlar yumuq holatda). Mabodo, quticha teshilib qolsa, qilinadigan amallar: 1) teshik loy, tuproq, non mag'zi, jvachka (saqich) bilan berkitiladi. Umumqo'shin havotozalagichlarining transportchi nayi bo`zilsa (teshilib qolsa, yirtilsa) uni umuman olib tashlanadi va so`zg'ich-yutish qutichasi to'g'ridan-to'g'ri havotozalagichning yo`z qismidagi qopqoqchali qutichasiga burab ulanadi. Havotozalagichlardan tashqari, nafas a'zolarini radiofaol quruq-changdan asrash uchun respirator R-2 va oddiy himoya vositalari qo'llaniladi. HAVOTOZALAGICHLARNING SALBIY TA'SIRI
Yurak faoliyatining zo'riqishi, ko'rish maydonining deyarli 2 marta torayishi, yo`z va boshning qattiq qisilishi, ezilishi, qosh ustida, yonoqlarda, chakkalarda, quloqlarda, dahan sohasida og'riq va qizarishning paydo boiishi, eshitish darajasining pasayishi, albatta, tanadagi moddalar almashinuvi jarayonining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Sanab o'tilgan salbiy ta'sirlardan tashqari, havotozalagichlar boshqa o'zgarishlarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Bularga ko'z oldining qorong'ilashuvi, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, quloqlarning torn bitishi, ovozning pasayishi, darmonsizlik va h.k. kiradi. Havotozalagichlar ko'rsatishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlar oldini olish uchun ularning o'lchamlariga va ular orqali nafas olish qoidalariga e'tibor berish kerak. Ularning o'lchamlari odamning bosh o'lchamlariga mos kelishi, uni kiygach, shoshmasdan chuqur nafas olish lozim. Ayrim hollarda havotozalagichlardan foydalanish yo cheklanadi yoki ruxsat etilmaydi. Shunga ko'ra ularga nisbatan bo'ladigan monelik shartli ravishda 2 ga ajratiladi: 1) qisman yoki nisbatan moneliklar; 2) batamom yoki mutlaq moneliklar. Qisman moneliklarga yurak va qon tomirlarining faol kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali betobliklari, buyraklarning ham o'tkir, ham ayniqsa surunkali dardlari, kamqonlik va kislorod yetishmovchiligi bilan kechadigan xastaliklar kiradi. Batamom yoki mutlaq moneliklarga og'ir jarohatlar va umuman bemorlar hamda homilador ayollar taalluqlidir. RESPIRATORLAR Respiratorlar havotozalagichlar kabi odamning nafas yo'llari va a zolarini radiofaol yog'inidan, tuproq changidan va bakteriologik vositalardan asrash xususiyatiga ega. Ularga misol tariqasida R-2 (39-rasm) va ShB-1 «Лепесток» (bargcha) ko'rsatish mumkin. Ular39-rasm. R-2 respiratori: 1 - yarim niqob; 2 - nafasni chiqaruvchi klapan; 3 - burun qisqichi; 4 - rezinadan tayyor-langan egiluvchan tasma. ko'rinishidan havotozalagichlardan soddaroq bo'lib, niqobning yarmini eslatadi. Uni tayyorlash uchun 3-qavatli mato olinib, ustki qavati penopoliuretandan, ichki qavatiga esa, polietilen varag'i (plenka) joylashtiriladi. Uni odamning yo`z qismiga pishiqroq o'rnashtirish maqsadida, burun qisqichi bilan ta'minlanadi. U tushib ketmasligi uchun 2 ta rezinka bilan boshning orqa qismiga tortib qo'yiladi. Respirator-2 da kattalar 12 soat mobaynida ishlashlari, bolalar esa faqat 4 soat foydalanishlari ko'zda tutiladi. Bolalar uchun R-2B (bolalar-Д-детский). Respirator-2 ning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 1) nafas olingan havoni kislorod bilan boyitmaydi; 2) zaharlovchi kimyoviy moddalarning gazli va bug'li ko'rinishidan asramaydi. Respirator ShB-1 «JIenecroK»ning R-2 dan farqi unchalik katta bo'lmay yuqori darajadagi sorbsiyalash xususiyatlari bilan ajralib turadi. Undan tashqari, «Лепесток» ning ishlash muddati o`zoqroq. NAFAS A'ZOLARINI HIMOYALOVCHI ODDIY VOSITALAR Bunday vositalar aholi tomonidan xuddi respiratorlardan foydalangan kabi qo'llanilishi mumkin. Ularning tuzilishi sodda bo'lib, tayyorlash jarayoni ko'p vaqtni, maxsus ishlovdan o'tgan matolarni talab etmaydi, kam harajatlidir. Shu boisdan ham aholining ko'pchiligi uchun ayni oddiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday vositalarga oddiy dokadan tayyorlangan va doka-paxtali niqoblar kiradi. Oddiy dokali niqoblarni tayyorlash uchun toza doka olinib, 4-6 qavat qilib taxlanadi. Taxlam o'lchamlari shunday bo'lishi kerakki, u odamning burni va og'zini to'la-to'kis ravishda berkitishi zarur. Doka-paxtali niqobni yaratish uchun 1 metr o`zunlikda va eni 50 sin bo'lgan toza doka, ayniqsa mazkur maqsadda shasha doka as qotadi, chunki shasha dokaning teshiklari maydaroq bo'lib, o'zi esa ma'Ium darajada qalinroqligi bilan oddiy dokadan ajralib turadi. 50 sm enli doka 2 ga bo'linadi. Uning o'rta qismiga o'lchamlari: o`zunligi 30 sm, eni 20 sm, qalinligi 2 sm qilib paxta qatlami to'shaladi. Dokaning cheti paxta tomon qayriladi. Dokaning paxtadan tashqari (2-tomonda) qismi, 2 ga qirqiladi, go'yoki shimning oyoq qismi kabi. Shunda doka-paxtali niqobning 4 ta oyog'i paydo bo'ladi. Pastki oyoqlar bosh ustiga, yuqori oyoqlar esa, boshning orqa qismiga bog'lanadi. Bunday niqob og'iz va burun teshiklarini zich qilib berkitishi kerak (40-rasm).
40-rasm. Paxta-dokali niqob. Doka-paxtali niqoblar, odatda, 1 marta foydalanish uchun tavsiya etiladi. Ammo, unga yaxshilab ishlov berilsa (dezinfeksiya, degazatsiya), imqoniyat yo'q joylarda, qaytadan ishlatish mumkin. Respiratorlarning ishlash muddati tugagach, changi qoqilib, ichki tomoni sathi nam latta bilan artiladi. Ko'zni himoyalovchi maxsus ko'zoynaklar shaxsiy himoya vositalaridan biri bo'lib, ular ko'zlarni yorug'lik nurlanishidan saqlaydi. Ularning ishlash prinsiplarining asosi bo'lib, fotoxrom va infraqizil yorug'lik so`zg'ichlari xizmat qiladi. Bunday ko'zoynakdan foydalanish, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilgan o'choqlarda, ko'zoynaklardan foydalanib bo'lgach, ularga yaxshilab ishlov berilishi va g'ilofga solib qo'yish lozim (41-rasm). Aytilganlardan tashqari, nafas yo'llarini salbiy omilfardan himoyalash maqsadida, changga qarshi matoli niqoblardan (ChQMN) ham foydalanilsa bo'ladi. Ularga misol qilib, ChQMN-1 (PTM-1) ni keltirish mumkin. Bun41-rasm. Kuzni himoyalovchi markali vosita: OPF / - himoyalovchi ко zoynak; 2 - terlagan varaqalar; 3 - dastro 'molcha; 4- g'ilof. day niqob 2-4 qavatli matodan tayyorlanib, tiniq varaqlar qo'yilgan ko'z o'rinlari ochiladi. Uni boshga biriktirish uchun chetlariga mato tasmalari tiqiladi va ustiga bogianadi. Ushbu niqob boshga mahkam, zich tegib turishi uchun, tepa chokiga rezinka tasmalar, pastki chok qismi esa, tugun qilinib, 2 tepa burchaklariga rezinka tasma ulanadi. U orqali o'tadigan havo, niqobning barcha qismida chang zarrachalaridan forig' bo'ladi. Yuqorida keltirilgan nafas yo'llarini zararlangan havodan tozalash uchun tavsiya etilgan matoli niqoblar yumshoq niqoblar qatoriga kiradi. Qattiq niqoblarni esa, havotozalagichlar va respiratorlar misolida ko'rildi. Yumshoq niqoblarning birontasi ham bo'lmagan hollarda nafas yo'llarini zararlangan havodan himoyalash maqsadida, qo'l ostidagi narsalardan (sochiq, sharf, ro'molcha va boshqalar) samarali foydalansa bo'ladi. TERINI HIMOYALOVCHI VOSITALAR Terini himoyalash vositalari, tananing ochiq qismlari, kiyim-kechaklar, poyabzal va boshqa olingan narsalarni tomchi-suyuq holatdagi kimyoviy zaharlovchi moddalar, radiofaol changlardan, bakterial qurol vositalaridan va qisman yorug'lik nurlanishdan saqlash ilinjida, qo'llaniladi. Ularni maxsus va kundalik hayot jarayonlarida kiyiladigan kiyimlarga ajratiladi. Maxsus xiliga umumqo'shin himoya majmuasi (ОЗК-общевойсковой защитный костюм) va yengil himoya kastumi (Jl-l-легкий защитный костюм) kiradi; 2-xili esa turmushdagi kiyiladigan kiyim-kechaklardan iborat bo'ladi. Faoliyat ko'rsatish jihatidan maxsus tiqilgan shaxsiy himoya kiyimlari havo o'tqazmaydigan (so`zg'ich jihatli) va alohidalash xususiyatiga ega. Keyingisi o'zidan havoni o'tqazmaydi. So`zg'ich xususiyatli matolardan tiqilgan shaxsiy himoya kiyimlari vaqtincha yoki doimo kiyib yurishga mo'ljallangan bo'ladi. Uning asosini ip-gazlamali kiyim tashkil qilib, uni maxsus kimyoviy ishlovdan o'tqaziladi. Sanitariya-gigiyena jihatiga ko'ra bunday kiyimni doimo kiyib yursa bo'ladi. Terining so`zg'ichli himoya vositalariga so`zg'ichli kiyim ЗФО-58 kiradi (42-rasm). U dan qilingan maxsus bichilgan kombi-nezondan iborat bo'lib, maxsus so`zma (pasta) holidagi kimyoviy moddalarning eritmasi bilan ishlov berilgan bo'ladi. Ushbu kimyoviy moddalar zaharlovchi moddalarni (adsorbsiya xususiyati) ushlab qoladi yoki neytrallaydi. Kombinezondan tashqari, erkaklarning ichki kiyimlari (ko'ylak); o`zun ishton (калсоний); ip-gazlamali shlemosti avrasi va 2 juft paytavalar (ularning bir jufti kombinezonga shimdirilgan kimyoviy modda bilan ishlovdan o'tgan) ham kiradi. Ichki kiyimlar, shlemosti avrasi va ishlov berilmagan 1 juft paytavalar tana terisini kombinezon tomonidan shilinmasligi va ularni shimdirilgan kimyoviy maxsus, modda eritmasi ta'sirida qitiqlanmasligi uchun qo'llaniladi. So`zg'ich-himoya kiyim (ЗФО-58) tarkibiga qiruvchi kombinezon o'lchamlari 3 xil bo'ladi: 1-bo'yi 160 sm bo'lgan kishilar uchun; 2-bo'yi 160-170 smva3-bo'yi 170 sm dan baland bo'lgan odamlar uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Download 2,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |