O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


F – fikringizni bayon eting. S –



Download 1,04 Mb.
bet124/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi misol, dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring

  1. Tinglovchilar bilan bahs mavzusini yoki muammoni belgilab oling.

  2. Kichik guruhlarga bo’ling va ularga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarni tarqating.

  3. Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan xolda 4 bosqich bo’yichayozishlarini taklif eting.

  4. Kichik guruhlarni yozgan fikrlarini o’qib himoya qilishlarini so’rang.

  5. Trener-o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha fikrlar umumlashtiriladi.

Bumerang” texnologiyasi. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma shakllarni qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; adabiyotlar va matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodda saqlab qolish, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Maqsad – trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallar (mavzuga oid eng ahamiyatli yoki qo’shimcha ma’lumotlar)ni ular tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda o’zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qaydarajada o’zlashtirilganini nazorat qilish, treningdavomida talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
Baho sistemasi – to’liq javob uchun – 5 baho, qo’shimcha uchun – 4 baho, luqma tashlansa – 3 baho, javob bermasa – 2 baho.
Sinkveyn” texnologiyasi (fr. “cinquains” – besh qator). Sinkveyn besh qatordan iborat umumlashgan ta’riflar majmuidir.
Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:

    1. Birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumiga oid so’z bilan).

    2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki so’z bilan).

    3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yichaxatti-harakatlar uch so’z bilan tavsif etiladi.

    4. To’rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko’rsatuvchi to’rt so’zdan iborat gap (ibora) yoziladi.

    5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so’zdan iborat sinonimdir

Amaliyotda sinkveyn:

  • Murakkab axborotni sintezlash quroli;

  • Talabalarning tushunchalari zahirasini baholash vositasi;

  • Ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir.

Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda qudratli qurol hisoblanadi. “Uch bosqichli intervyu” metodi. Guruh 3 ga bo’linadi: pedagog
– talaba – ekspert (shifokor-bemor-ekspert). Har bir guruh shu rollarni egallaydi. “Pedagog” guruhi mavzu bo’yichasavol va
topshiriqlar berishi, “talaba” guruhi javob berishi, “Ekspert” guruhi ularni baholashi zarur. Ekspert 3 bo’limga bo’lib baholaydi:
1. Nimalar to’g’ri qilindi?

  1. Nimalar noto’g’ri qilindi?

  2. Qanday qilish kerak edi?

Bu metod talabalarga so’rab-surishtirish, rolni aniq bajarish, pedagogik muloqot olib borish, bilim va malakalarni tekshirish va baxolashni o’rgatadi.
Galereyani aylanish” metodi. Bu metod “Pinbord” metodiga o’xshash tarzda o’tkaziladi. Kichik guruhlarga 1 ta muammo taklif etiladi. Har 1 guruh 10 min davomida o’z fikrlarini o’zining rangli markerida yozadi-da, javob yozilgan varaqlarni 2-guruh bilan almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob to’liq bo’lmasa, o’z javobi bilan to’ldirishi kerak. Javoblar yozib bo’lingach, flipchaterlar doskaga osib qo’yiladi va guruhlar bilan birgalikda muhokama qilinadi. Har bir talaba flipchaterlardagi javoblarni ko’rishi, o’rganishi va baholashi mumkin.
Qor bo’ron” metodi. Kichik guruh talabalari bir muammo yoki vaziyatni muhokama qilib eng ko’p miqdorda to’g’ri javoblar olishi ko’zda tutiladi. Har bir to’g’ri javob yumaloqlangan qor ko’rinishida o’sha guruhga ball tariqasida yozib qo’yiladi. Eng ko’p ball olgan guruh a’lo baholanadi.
Bu metodning ikkinchi ko’rinishi quyidagicha: yumaloqlangan qor ko’rishida yasalgan yumshoq predmet talabalarga uzatiladi. Kimga tushsa yoki kimga tegsa bu talabaga mavzu bo’yichasavol beriladi, to’g’ri-noto’g’ri javoblar baholanadi.
Akvarium” metodi. Guruhdan 5 kishi tanlab olinadi. Ular auditoriyaning o’rtasidan joy oladilar – ular “baliq”, qolganlar kuzatuvchi bo’lishadi. Kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi. Ular buni birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar ularning to’g’ri yoki noto’g’ri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliqlar” versiyasi beriladi, keyin kuzatuvchilar o’z versiyalarini taklif etadilar. Eng yaxshi versiya muallifi o’z versiyasini taklif etmagan talaba o’rniga kichik guruhga o’tadi. Buni “Nima? Qachon? Qayerda?”, “Intellektual ring” o’yinlari singari ham o’tkazish mumkin, o’qituvchi
oldindan tayyorlab qo’yilgan savollarni beradi, talabalar bularni 1 minut davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qoniqarli bo’lmasa, stolga boshqa talabalar o’tirishadi. Talabalarda munozara olib borish malakasi rivojlanadi.
Ikkinchi usuli: savollar yozilgan “baliqlar” solingan “akvarium” tayyorlanadi. Talabalar navbat bilan “baliq” ovlashadi va savollarga javob berishadi.
Qora quti” metodi. O’qituvchifanga yoki mavzuga oid holda tegishli predmet solingan qora quti tayyorlaydi. Bu predmetga tegishli ta’rif va uning vazifalari, funksiyalarini aytib o’tadi yoki savol beradi. Talabalar berilgan ta’rifga ko’ra bu predmetning nomini topishlari lozim. Birinchi ta’rifdan bu predmetni topgan talaba yuqori baholanadi, ta’riflar ko’paygan sari baho pasayadi.
Ikkinchi usuli: o’kituvchi topshiriq variantlari yozib kuyilgan kartochkalarni tayyorlaydi. Talabalar tavakkaliga kartochkalardan birini tanlaydi. Savollarga javoblar og’zaki yoki yozma shaklda beriladi.
Kubik” metodi. Kubik – ko’rilayotgan masalani turli tomondan, izma-iz, osondan qiyinga tomon yo’nalishda tasavvur etish imkoniyatini beruvchi usul.
Kubikning har bir tomoni uchun mavzu bo’yichatopshiriq berilib, 40-60 sekund vaqt ajratiladi.
Masalan: (Blum taksonomiyasi bo’yicha) 1) Bu nima? Uning rangi, o’lchamlari, shaklini tasavvur qiling va yozma ta’riflang.

  1. Assotsiatsiya: taassurotingizni izohlang? U sizni nima to’g’risida o’ylashga majbur qiladi?

  2. Qo’llang: bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo’llash mumkin?

  3. Tahlil qiling: u nimadan va qanday yasalgan? Qanday qismlardan tuzilgan va nimalardan tashkil topgan?

  4. Taqqoslang: u nimaga o’xshaydi va nimadan farq qiladi?

  5. “ha” va “yo’q” larni asoslang, unga ishonchli dalil va asoslovchi fikrlarni ayting.

T-sxema” metodi. Bu qiyosiy kattaliklar (ijobiy/salbiy, ha/ yo’k, roziman/qarshiman, afzalligi/kamchiligi, yuqori/past) universal grafik organayzer bo’lib, u biri-biridan keskin farq qiluvchi o’zaro qarama-qarshi va ba’zi mezonlar bilan farq qiluvchi tushunchalarni tasvirlashda qulaylik yaratadi.
Nilufar guli” texnologiyasi. Muammoni yechish maqsadida qo’llaniladigan grafik organayzer. O’zida nilufar guli obrazini namoyon qiladi. Uning asosini har biri 9 ta kvadratdan iborat yana 9 ta katta kvadrat tashkil etadi. Tizimli, ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantiradi va faollashtiradi.
Ish tartibi: Talabalar sxemani tuzish qoidalari bilan tanishtiriladilar. Individual yoki kichik guruh bilan sxema tuzadilar. Asosiy muammo (vazifa)ni markaziy kvadratga yozadilar. Uning hal qilinish choralari markaziy kvadratning atrofidagi 8 ta kvadratga yoziladi.
Ana shu 8 ta fikrning har birini katta 8 ta kvadratning markaziga olib o’tiladi, ya’ni fikrlarni nilufar gulidan uning yaproqlariga o’tkaziladi. Shunday qilib, ularning har biri o’z navbatida yana bir muammo sifatida ko’rib chiqiladi.








































Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish