O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet1/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


SH.S.SHOYIMOVA, M.K.XOSHIMOVA, SH.R.MIRZAYEVA, M.M.QO’ZIBOYEVA
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Bilim sohasi: Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot - 500000 Ta’lim sohasi: Sog’liqni saqlash - 510000


“Kasb ta’limi” – 5111000 “Tibbiy - biologik ish” - 5510900 ta’lim yo’nalishlari uchun darslik
Toshkent-2020
UO’K:
KBK:
U
Sh.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova, Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo’ziboyeva
Ta’lim texnologiyalari – Darslik. – T.: «IJOD-
PRINT», 2020.-310 bet.


Taqrizchilar:
Ro’ziyeva D.I. – TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.d, professor
Akramova L.Yu. – ToshDSI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n.

Mazkur darslikda ta’lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy-nazariy asoslari, tibbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar va noan’anaviy o’qitish metodlari, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish usullari, pedagogik maqsadlar taksonomiyasi, test topshiriqlari shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, masofaviy o’qitish texnologiyalari, ta’limda kredit texnologiyalari, mualliflik o’qitish texnologiyalari, muammoli o’qitishtexnologiyalari hamda hamkorlikda o’qitishni tashkil qilish usullari yoritilgan.


Darslik tibbiyot oliy o’quvyurtlari “Kasb ta’limi” va “Tibbiy biologik ish” yo’nalishlari talabalar uchun “Ta’lim texnologiyalari” fanidan tavsiya etiladi.

KIRISH


Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida katta e’tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi sifati har qanday davlatning zamon talablariga hamohang ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omil sanaladi. Fan, texnika va texnologiyaning tobora taraqqiy etib borayotgani ta’lim sohasidagi tegishli o’zgarishlarni taqozo etadi.


O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning
ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu esa o’z navbatida pedagog kasbining yanada murakkablashuvi, mas’uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy ta’limning bugungi sharoitida yangi raqamli avlod bilan ishlash, ularni rivojlantirish, jahon talablariga mos qilib kasbga tayyorlash zamonaviy o’qituvchidan yuksak texnologik bilim, salohiyat va mehnatni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yana bir muammoni hal etish o’ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsusbilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol
ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur”, – degan fikrlari katta ahamiyat kasb etadi1.
Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va shiddatli axborot oqimi davrida XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan “Ta’lim texnologiyalari” fani mazkur muammoni hal etadi. Ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim texnologiyalari – har bir bosqichi va har bir elementi jiddiy ishlab chiqilgan, asoslangan, loyihalashtirilgan, kafolatlanuvchi sifatli yakuniy natijaga mo’lljallangan pedagogik jarayonni tuzish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Ta’limning yangi modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan bog’liq. Shuning uchun ham Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” uning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan2.
Ta’lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch – bu o’zida didaktik masalalar va ta’lim texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik tizim hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasining muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga, ularni to’g’ri belgilash, tanlash va samarali qo’llay olishga bog’liqdir.
Barchaga ma’lumki, zamonaviy ta’lim talabalar uchun informativ, qiziqarli va maroqli bo’lsa, kutilayotgan o’qitish maqsadlariga erishish mumkin. Ta’lim oluvchilarni faqatgina davr talabiga javob bera oladigan faol o’qitishusullari, shakllari, vositalarini qo’llash, innovatsion yondashuv va hamkorlik orqali motivlashtirish mumkin. Shu sababli ham, ilg’or pedagog olimlar, novator professor-o’qituvchilar v a amaliyotchilar ilmiy asoslangan ta’lim texnologiyalarini o’z faoliyatlarida keng qo’llashga intilmoqdalar.





1 SH.M.Mirziyoyev “Таnqididy tаhlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. Тоshkent 2017, 45-bet.
2 O’zbekiston Respublikasi Каdrlar tayyorlash milliy dasturi/ Тоshkent; “Sharq”, 1997 yil
Mazkur darslikda “Ta’lim texnologiyalari” fanining tuzilmasi va mazmuni bayon etilgan, uning asosini O’zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda bajarilgan ishlanmalar tashkil etadi. Darslikning tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan stilistik uslub, yangidan kiritilgan ma’lumotlar uning talabalar tomonidan maqbul tarzda idrok etilishiga imkon beradi. Ushbu darslikni pedagog va talabalarga taqdim eta turib, kitob ma’lum darajada tibbiy ta’limda o’quvjarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Mualliflar guruhi kitobxonlar, talaba va magistrlar, professor- o’qituvchilar tomonidan bildiriladigan har qanday fikr va mulohazalarni qabul qiladi va keyingi nashrlarda, albatta, ularni inobatga oladi.


Mualliflar



  1. Download 1,04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish