Ishning maqsadi: don va meva-sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborxonalar, mahsulotni saqlash va iste’molga chiqarishdan oldin tovar ishlov berish uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan tanishish.
Don omborxonalarining tasnifi-Elevator sanoatining korxonalari donni saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Turlarga bo‘lishda donni saqlash davomiyligi ham hisobga olinadi. Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. Yumshoq idishlarda faqat urug‘lik donlar hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba‘zi o‘simliklarning donlari saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar — konteynerlardan foydalaniladi.
Donni uyum holida saqlash ikki turga bo‘linadi: yerda va siloslarda. Birinchi usulda uyumning balandligi 5—6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m gacha yetadi.
Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar to‘lganda kerak bo‘ladi.
Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab omborxonalar mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo‘lishi kerak. Ikkinchi turdagi omborxonalar o‘z-o‘zidan bo‘shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal polli omborxonalar pastki konveyerga o‘z oqimi bilan faqat qisman bo‘shatiladi. Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tannarxining pastligi (mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar), mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi yuqori bo‘lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi.
Elevatorlar — siloslarga ega hamda to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari bo‘lib, donni yaxshi saqlanuvchanligini ta‘minlaydi.
Elevatorlarning afzalliklariga don bilan bog‘liq jarayonlarning to‘liq mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta‘minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi foydalanish, donning kam yo‘qotilishi, donning tashqi muhitdan yaxshi ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan xarajatlar ishchi va bo‘shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temiryo‘l va avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan foydalanish xarajatlari esa katta bo‘ladi.
Don omborxonalarini qurishda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och va temir-betondan foydalaniladi. Yog‘och omborxonalar bir qator afzalliklarga (issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigrosko‘ikligi, ishlov berishning osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) ega bo‘lishiga qaramasdan yong‘in xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi.
Oddiy don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko‘rsatkichlari - Don omborxonasi — bu gorizontal yoki qiya polli inshoot bo‘lib, bu yerda don uyum holida saqlanadi.
Kam miqdorda sement va metall sarflab hamda mahalliy materiallardan foydalanib, elevatorlarga nisbatan omborxonalarni tezroq qurish mumkin. Foydalanishning dastlabki davrida oddiy harakatlanuvchi mashinalardan foydalaniladi. Biroq keyinchalik omborxonalar elevatorlarga qaraganda xarajat ko‘p talab qiladi, qo‘l mehnatidan ko‘proq foydalaniladi. Hudud maydoni, temiryo‘llar, avtomobil yo‘llarining uzunligi katta bo‘ladi. Don bilan amalga oshiriladigan jarayonlarni qisman avtomatlashtirish mumkin. Bundan tashqari, omborxonalarda 1 t sig‘imga 2,5...3 m3 xona, elevatorlarda esa 1,5...1,7 m3 xona to‘g‘ri keladi.
Don omborxonalari donni joylashtirish usuli, bo‘shatish — yuklash ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi, donning saqlanish muddati va qurilish materialining turiga qarab tavsiflanadi (1-rasm).
Don omborxonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda qurilish va loyihalashning ko‘p yillik tajribasi umumlashtirilgan. Tekis polli zamonaviy omborxonalarning sig‘imi 3200 va 5500 t, qiya polli omborxonalarniki 7500 t.
Qurilish vaqtida va foydalanishda kamxarajatli bo‘lishi omborxonalarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Omborxonalarning eng ko‘p tarqalgani to‘rtburchak shaklidir. Unda devor uchun mahalliy materiallar (gpisht, beton yoki shlakobloklar, chig‘anoq-tosh, yig‘ma temir- beton), tomning karkasi uchun esa yog‘och, yig‘ma temir-beton yoki po‘lat konstruktsiyalardan foydalaniladi. Tomning karkasi odatda yog‘ochdan yoki yig‘ma temir-betondan quriladi.
Omborxonalarning asosiy o‘lchamlari donning saqlanuvchanligini ta‘minlash uchun qurilish me‘yorlari va foydalanish sharoitlari talablarining bajarilishi hisoblashlaridan to‘iladi. O‘tga chidamsiz omborxonalarning maydoni 1200 m2 bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘tga chidamli omborxonalar maydoni o‘lchami har xil bo‘ladi. Birinchi omborxonalar 20 m uzunlikda quriladi.
Omborxonalar maydonida temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari ko‘payishi bilan birlashtiruvchi ayvonlarga ham ehtiyoj tug‘iladi.
Omborxonalardan foydalanishda uyumning balandligi donning sifatiga qarab, lekin hisoblashdagidan yuqori bo‘lmagan holda (devorlar yonida 2,5 m va o‘rtasida 5 m) qabul qilinadi. Brandmauer oldidagi don uyumining balandligi 2,5 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Buning uchun devorlarda uyumning balandligi qizil chiziq bilan belgilab qo‘yiladi.
2-rasm. Don omborxonalarining tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |