Nazorat savollari
Qishloq xo’jalik mahsulotini saqlashga ta‘sir etuvchi abiotik va biotik omillarga baho bering.
Mahsulotlarni saqlashning to’rt xil qonuniyati (bioz, anabioz, tsenoanabioz, abioz) to’g’risida ma‘lumot bering.
Saqlashning eubioz va gemibioz usullariga misol keltiring.
Psixroanabioz va krioanabioz usullarining bir-biridan farqi nimada?
Mexanik sterilizatsiya deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo’jalik mahsulotlariga saqlash ob‘ekti sifatida xarakteristika bering.
Osmoanabiozni tushuntiring.
Immunitet deganda nimani tushunasiz?
Meva va sabzavotlarning fizik xossalari deganda nimani tushunasiz?
Meva va sabzavotlarning o’z-o’zidan saralanishini tushuntiring.
37-amaliy mashg‘ulot: Go'sht va go'sht mahsulotlarini omborlarda saqlash texnologiyasi
Darsning maqsadi: Go‘sht va go‘sht mahsulotlarni sovutgichli saqlash omborlarida saqlash usullari va go‘shtlarni muzlatkichlari bilan tanishish.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarni sovutish uchun quruq havoli sovutgichlardan ko‘proq foydalaniladi.
1-rasmda go‘shtni sovutish uchun havo tarqatish quvurlari shiftga o‘rnatilgan kameraning sxemasi keltirilgan. Havo sovutgichda 1 sovutilgan havo kamera shifti bo‘lab joylashtirilgan havo kanallari bo‘ylab tarqatiladi. Havo kanaldagi tirqishlar 3 orqali bosim bilan chiqib kamera bo‘ylab tarqaladi va monorelslarga ilingan nimtalangan go‘sht bo‘laklarini sovutadi. Bunday tizim sovuq havoni kamera bo‘ylab bir me’yorda tarqalishini va go‘shtni tezroq sovushini ta’minlaydi. Go‘sht bo‘laklari oralig‘ida havoning tezligi 0,7...0,8 m/sek ga etadi.
1-rasm. Havoni shiftdan tarqatish tizimli go‘shtni sovutish kamerasi:
1 – havo sovutgich; 2 – ventilyator; 3 – havo oqimi uchun tirqishlar; 4 – go‘sht nimtalarini ilish uchun dastak
Havoli sovutgich bilan jihozlangan go‘shtni o‘ta tezlik bilan sovutadigan kameralar ham mavjud.
O‘ta past harorat va yuqori tezlikga ega bo‘lgan havoni tepadan pastga qarab ‘urkash orqali go‘sht nimtalarini havo oqimi bilan qamrab olish va uni tezlikda sovutish imkoni yaratiladi.
Bu usul bilan, ya’ni namlikga to‘yingan va yuqori aylanish tezligiga (30 m/sek.gacha) ega bo‘lgan havo bilan go‘shtni sovutish vazn yo‘qotishini va sovutish jarayoni davomiyligini kamaytiradi.
Nimtalangan go‘shtni quruq va nam havoni quvursiz tarqatish orqali tezlik bilan sovutishga boshqa kameralarga nisbatan tonnelli kameralarda erishiladi. 2-rasmda tonnelli sovutish kamerada go‘shtni sovutish sxemasi ko‘rsatilgan. Bu holatda sovutgichning havo oqimini quchaytirish moslamasi (nagnetatel) og‘ziga so‘lo o‘rnatiladi, va havo oqimi tezligini ventilyator yordamida so‘lodan chiqishda 20 m/sek.gacha, kamera ichida esa 4...5 m/sek.ga etishiga erishiladi.
2-rasm. Tonnelli sovutish kamerada go‘shtni sovutish sxemasi:
1 – havo sovutgich; 2 – soxta shift; 3 – kameralar
Tonnelli kamerada mahsulotni sovutish uzluksiz davom etishi mumkin. Bu holatda qoramolni so‘yish jarayonida go‘sht kameraga joylanadi va sovush jarayonida sekinlik bilan kamera bo‘ylab harakatlanadi. Tonelli kamerada sovutish jarayoni davriy ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun kamera go‘sht bilan to‘liq yuklanadi va sovutish jarayoni tugagandan so‘ng bo‘shatib olinadi.
Nazariy jihatdan sovutish uchun to‘liq sarflangan sovuqlik miqdori mahsulotdagi issiqlik miqdorini sovutishgacha va sovutishdan keyingi farqi o‘rtasidagi miqdoriga tengdir.
Davriy ishlovchi kameralarda sovuqlik sarfi sovutish jarayoni boshida yakunga nisbatan ko‘proq, bu mahsulot va sovituvchi muhit o‘rtasidagi harorat farqining uzluksiz pasayib borishi bilan izohlanadi.
Muzlatish. Go‘shtni asosan nimtalanmagan, yarim nimtalangan va nimtalangan holda muzlatiladi. Muzlatish qulayligi uchun tayyorlangan go‘sht, hamda turli yiriq baliqlar muzlatish kamerasiga ilingan holda joylashtiriladi. Ushbu maqsad uchun kamerali va tonnelli muzlatgichlardandan foydalaniladi.
Xususan go‘sht mahsulotlarini saqlash korxonalarida ko‘proq silliq quvurlardan tayyorlangan bug‘latgichli sovutish batareyalari devor yoki shiftga o‘rnatilgan muzlatish kameralardan foydalaniladi. Bunday kameralarda muzlatish so‘ngida –25°C haroratga erishish mumkin, bu kameraning afzalligi hisoblanadi. Biroq ushbu kameralarda bir meyordagi haroratni ta’minlab bo‘lmaydi, mahsulot sekinlik bilan muzlaydi (masalan –23°C havo haroratida go‘shtni muzlatish uchun ikki sutkadan kam bshlmagan vaqt zarur), bu kameraning kamchiligi hisoblanadi.
Muzlatish davomiyligini qisqartirish uchun havoni majburiy sirkulyasiyalaydigan muzlatish kameralari taklif etilgan. Bunga misol qilib ejektorli sovutish tizimli qurilmani keltirishimiz mumkin bo‘lib, muzlatish kamerasida sovutish batareyasidan tashqari kamera ichida havoni ejektorlar yordamida taqsimlovchi qovurg‘ali quvurdan tayyorlangan havo sovutgichi o‘rnatiladi.
Tabiiy sirkulyasiyali muzlatish kameralariga nisbatan majburiy sirkulyasiyali muzlatish kameralarda muzlatish davomiyligi 20...25% ga qisqaradi. Lekin ejektorli sovutish tizimli kameralarda sirkulyasiyalanayotgan havoning notekis tarqalishi kuzatiladi, bu o‘z navbatida kameraning turli joylaridagi go‘shtning turlicha muzlashiga olib kelabi. Bu holat ejektorli sovutish tizimining kamchiligi hisoblanadi.
3-rasm. N.G.Gerasimov konstruksiyasidagi gorizontal qovurg‘ali quvurlardan iborat bir qatorli sovutish batareyali va havo sovutgichli muzlatish kamerasi sxemasi.
Sovutish batareyasining konstruksiyasi va uni kamerada joylashtirish muzlatish kamerasi ishining etarli darajada jadalligini aniqlash imkonini beradi. Bu 3-rasmda keltirilgan N.G.Gerasimov konstruksiyasidagi muzlatish kamerasi sxemasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Muzlatgichda devorga o‘rnatilgan ikki qatorli va shiftga joylashtirilgan to‘rt qatorli batareyalar o‘rniga samaradorliroq bir qatorli batareyalar nafaqat devor va shiftga, balki ilingan go‘sht qatorlari orasida kameraning butun bo‘yi bo‘yicha joylashtiriladi. Shu bilan birgalikda muzlatilayotgan go‘sht sovutish bataraeyalariga yaqin bo‘lishi bilan birgalikda kuchli havossirkulyasiyasi oqimida bo‘ladi. Natijada konvektiv va ayniqsa nurli issiqlik almashinish hodisasi yaxshilanadi, kameradagi harorat rejimi barqarorlashadi.
Havo sovutgichlarni kamera bo‘ylab kolonnalar orasida joylashtirish sovutish batareyalari ishchi maydonini qisqartirish va ishini jadallashtirish imkonini berdi. Bunday kamerada ammiakning qaynash harorati –40°C da va yuqori zonalardagi havossirkulyasiyasi tezligi 2m/sek bo‘lganda go‘shtni muzlatish davomiyligi 20...25 soatni tashkil etadi.
Yarim nimtalangan va nimtalangan go‘shtni muzlatish uchun mo‘ljallangan yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan muzlatgichlar jadal havossirkulyasiyasiga ega bo‘lgan tonnelli muzlatgichlar bilan jihozlanadi. Bunday tonnelli muzlatgichning sxemasi 4-rasmda ko‘rsatilgan.
4-rasm. Tonnelli muzlatgich:
1 – ventilyator; 2 – sovutish batareyalari; 3 – go‘sht ilinadigan yo‘llar; 4...7 – tonnellar
Osma yo‘lli tonnellar muzlatish kamerasining 6x6 m2 o‘lchamli maydonida joylashtirilgan bo‘lib, ular havoni aylanishi uchun qilingan tirqishli to‘siqlar bilan ajratilgan.
Bir qatorli qovurg‘ali sovutish batareyalari tonnel bo‘ylab joylashtirilgan. Ventilyator yordamida haydaladigan havo tonnellar bo‘ylab 3,0...3,5 m/sek tezlikda o‘tadi. Go‘shtni muzlatish davomiyligi, uni Yuklash, tushirishga ketgan vaqtni inobatga olib –35°C havo haroratida 14 soatni tashkil etadi.
Tonnelli muzlatgichlarda go‘shtni Yuklash, tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir muzlatish bo‘limi alohida zanjirli Konveyer bilan jihozlangan bo‘lib, ular osma yo‘l bo‘ylab harakatlanib ilingan go‘shtni tonnel bo‘ylab olib ketadi. Loyiha bo‘yicha muzlatgichning ish unumdorligi 10 tonna/sutga bo‘lib, sekin muzlatuvchi kameralarning 1 m2 maydoniga nisbatan 2,8 marta ko‘p go‘shtni muzlatish imkoniyatiga ega.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari muzlatkichlarda va muzxonalarda yoki quruq, toza, sovuq va yaxshi shamollatiladigan qorong‘i binolarda saqlanadi. Saqlashda havoning namligi, harorat, shamollatish va binoning sanitariya holati go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binodagi havoning haddan tashqari quruq bo‘lishi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qurishiga sabab bo‘ladi va ularning tashqi ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning mog‘orlashi va chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va iliq binolarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniqsa, chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi.
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda harorat -1 dan -2°C gacha, havoning nisbiy namligi 75 - 85% bo‘lishi lozim. Muzlatilgan go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo korxonalarida toza yog‘och va ruxlangan stellajlarga zich qilib taxlanadi va usti brezent yoki boshqa material bilan yo‘iladi. Ular -2°C dan -6°C gacha haroratda va havoning namligi 85 - 90% qilib saqlanadi.
Yil fasli va joyiga qarab, go‘shtlarga tabiiy kamayish me’yori belgilangan. Masalan, sovitilgan qoramol va qo‘y go‘shtining kamayish me’yori 0,85 dan to 1,00% gacha; muzlatilgan qoramol va qo‘y go‘shtiniki - 0,55 dan to 0,90% gachadir. ‘arranda go‘shtlari magazinlarda 0 o dan past haroratda ko‘pi bilan 5 sutka, 0° dan to 6° gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi.
Nazorat savollari
Go‘shtni tez muzlatish uchun tunnelli muzlatgichning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring?
Go‘sht mahsulotlarini saqlashning asosiy rejimlari tavsifi
Sovuqlik agentlari va issiqlik tashuvchilarga tavsif bering.
38-amaliy mashg‘ulot Sut va sut mahsulotlarini omborlarda saqlash texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |