Darxonariq
— Mo`g`ulcha «darhon» so`zidan tarkib topgan bo`lib, ma`nosi
«majburiyatlardan to`la ozod qilingan» demakdir. Bunday nomlar ko`p uchraydi. Masalan,
Samarqand viloyatining Ishtixon rayonida Boshdarxon, Jo`raboydarxon, Ozoddarxon,
Naymandar-xon, Po`latdarxon, Qirqdarxon degan qishloqlar bor. Bu so`z o`zbek tilida «tarxon»
shaklida ishlatiladi. Tarxon — xohlagan narsasini qila oladigan; harbiy xizmatdan butunlay ozod
kishidir. Tarxonlar har qanday jinoyat qilsalar ham, to`qqiz nafargacha afv etilgan. Tarxonlik XV
asrda ayniqsa avj olgan va feodallarga keng imtiyoz berishning bir vositasi hisoblangan.
Temuriylar davlatida tarxonlar qo`lida yirik erlar va katta hokimiyat bo`lgan. Tarxonlik O`rta
Osiyoda xdm saqlanib qolgan. Ba`zan ayrim kishilargina emas, balki butun bir shaxdr aholisiga
tarxonlik huquqi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |